www.ziyouz.com кутубхонаси
12
taxtdan ag’darilishi va rus-burjua demokratik inqilobining g’alabasidan mamnunlik
seziladi. «...1917 yilning 28 mayida Qalandarxonada to’rt yuzga yaqin rabochiylarni
to’plab, zo’r namoyish»ga boshchilik qiladi. O’sha yiliing oktyabr oylarida esa butkul
inqilobiy kurashga o’tadi. Shu davrda uning «Shundoq qolurmu, qolurmu?», «Muxtoriyat
va avtonomiya» kabi asarlarida shu hol ko’zga tashlanar edi.
Hamza Hakimzoda 1918-1923 yillar mobaynida jumhuriyatning deyarli barcha
viloyatlarida maktab-maorif va madaniy qurilish ishlari bilan band bo’ldi. Qizil Armiya
frontida (1920) targ’ibot-tashviqot ishlarini olib bordi. Xuddi shu davrda u inqilobiy shoir,
dramaturg sifatida keng tanildi. «Yasha, Sho’ro!», «Hoy, ishchilar!» kabi she’rlari, «Kim
to’g’ri» (1918), «Tuhmatchilar jazosi» (1918), «G’olibiyat» (1923-1924), «Saylov
oldida», «Burungi saylovlar» (1926), «Maysaraning ishi» (1926), «Paranji sirlari»
(1922), «Jahon sarmoyasining oxirgi kunlari» (1927) kabi qator dramatik asarlar
yaratdi.
Hamza 1928 yil avgust oyida Shohimardonga yuboriladi. U yerda maktab, maorif
ishlari, xotin-qizlar ozodligi masalalari bilan shug’ullandi. 1929 yil 18 martda reaksion
to’da shoirni toshbo’ron qnlib o’ldiradi. 1926 yil 27 fevralida unga «O’zbekiston xalq
yozuvchisi» unvoni berilgan. Xamza asarlari jahon xalqlari tillariga tarjima bo’lgan va
nashr etilgan. Hamza Hakimzoda Niyoziy nomida shahar, tuman, maktab, ko’cha, teatr,
jamoa va kutubxonalar, metro bekati bor.
Hamza hayoti va ijodi haqida hozirgi adabiyotshunoslikda turlicha qarashlar mavjud.
Keyingi yillar hamzashunosligida Hamza tarjimai holining ilgarigi an’anaviy tadqiqiga
qarama-qarshi fikrlar ilgari surilmoqda. Vaqt eng yaxshi sinov. Hamza sinovdan o’ta
oladi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993