www.ziyouz.com кутубхонаси
11
HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY (1889-1929) Yangi davr o’zbek adabiyoti yalovbardorlaridan biri, yetuk shoir va bastakor,
dramaturg va rejissor, ma’rifatchi va matbaachi, publitsist va jamoat arbobi Hamza
Hakimzoda Niyoziy 1889 yil 7 martida Qo’qon shahrida tabib oilasida tug’ildi. Otasi Ibn
Yamin Xolboy o’g’li (1840—1922) Muqimiy, Furqat kabi allomalar bilan maslakdosh
bo’lgan zamonasining ilg’or ziyolilaridan edi. Onasi Jahonbibi Rabiboy qizi (1858—1903)
ham tabobatdan xabardor savodli ayol bo’lgan.
Hamza avval eski maktab va madrasalarda o’qib arab, fors, turk tillarini mukammal
bilgan. Rus-tuzem maktablarida esa rus tilini o’rganishga muvaffaq bo’lgan. Mana shu
ijodiy muhit uni erta ijodga yetaklagan. U 1902 yildagi Andijon zilzilasi haqida:
Yomonlar pul tufayli e’tibor oldi diyor ichra, Faqir bechoralar qoldi fig’onu ohu-zor ichra,— deya davr zulmi, fojeasidan zorlangan edi, Hamza 1903—1904 yillar orasida 197 ta
she’r yaratib, uni «Devoni Nihoniy» nomi bilan chop ettiradi. Undagi she’rlarda ham o’z
xalqining himoyachisi, zulmga qarshi isyon ko’targan yosh adib sifatida namoyon bo’ladi.
U: - Boshida posboni yo’q deb, yetim ahlini qaqshatma, — deya xitob qiladi. Shunday
qilib, u demokratik adabiyotning yosh bir vakili sifatida ko’zga tashlanadi.
1910-1916 yillarda u Behbudiy, A. Avloniy, A. Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat va Mirmuhsin
Fikriy kabi ma’rifatparvar adib sifatida namoyon bo’ladi. Bu uch yo’l bilan amalga
oshiriladi. Avvalo, yetimlar maktabini ochib, muallimlik qiladi. Qolaversa, mazkur
maktablar uchun «Yengil adabiyot», «O’qish kitobi», «Qiroat kitobi» kabi darsliklar ham
yaratadi. Va, nihoyat, o’zining she’r va dramalarida, publitsistik maqolalarida o’z xalqini
ma’rifatga chorlaydi. Shu maqsadda uning 1914 yilda «Sadoi Turkiston», «Sadoi
Farg’ona» kabi ro’znomalarda, «Oina» jaridasida ma’rifatga chorlovchi ocherk va
publitsistik maqolalari chiqadi. Uning «Bid’atmi, ma’jusiyatmi?» (1914) ocherki shular
jumlasidan edi. 1915—1916 yillarda nashr etilgan «Milliy ashulalar», «Oqgul», «Qizil
gul», «Pushti gul», «Sariq gul» kabi she’riy to’plamlarida va «Yangi saodat»,
«Uchrashuv» kabi romanlarida ana shu ma’rifatga chorlov asos bo’lgan. Shuningdek,
uning «Ilm hidoyati», «Normuhammad domlaning kufr xatosi», «O’ch» va «Zaharli
hayot» (1916) kabi ilk dramalarida ham zulm va xurofot avj olgan davrda o’z xalqining
ilmga-ma’rifatga intilishini ulug’laydi. Ayni chog’da xotin-qizlar ozodligini kuylaydi.
Hamza ijodida 1916 yilgi mardikorlikka olish tarixi ham o’z izini qoldirdi. Uning
«Safsar gul» (1917) she’riy to’plami va «Loshman fojeasi» (1916-1918) trilogiyasi shu
jihatdan muhimdir. Shu tufayli ta’qibga uchrab, adib 1917 yillar boshidan oxirigacha
Turkiston va Toshkentda yashaydi. Bu davrda uning «Toshkentga sayohat» (1917)
komediyasi yuzaga keladi. Nihoyat uning «Boy ila xizmatchi» dramasi (1917) yaratilib,
unda inqilobiy g’oyalar ilgari suriladi. 1917 yilda chiqa boshlagan «Kengash»
oynomasida ham faollik ko’rsatadi. U ta’qidlangach, «Hurriyat» oynomasini chiqara
boshladi.
Ma’lumki, 1917 yil 25 aprelda «Ulug’ Turkiston» ro’znomasida Hamzaning «Turkiston
muxtoriyatina» nomli she’ri bosiladi. Unda «To’rt yuz yillik Romanovlar» sulolasining
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993