www.ziyouz.com кутубхонаси
19
ELBEK (1898-1938) Qatag’onlik davri o’zbek adabiyotining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri Elbek —
Mashriq Yusupovdir. U 1898 yilda Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanining Xumson
qishlog’da tavallud topgan.
«Men — deydi shoir, o’z tarjimai holida, — 1905 yilda eski qishloq maktabiga kirib
o’qidim. Bu maktabda to’rt yil o’qib, o’quv yozuvni o’rgandim... 1910-1911 yillarda juda
qiynaldik va shuning natijasida boshqa aka-ukalarim kabi men ham uyni tashlashga
majbur bo’ldim».
Nihoyat, o’sha 1911 yili u Toshkentga kelib bir boyga qarol bo’lib yollanadi. Ayni
paytda Toshkentning Eski shahar mavzeidagi Devonbegi mahallasidagi «Hokiy»
maktabida o’qishni davom ettiradi. 1914 yilga kelib, Shayxovandtohur mahallasidagi
«Namuna» nomli maktabga kiradi. Bir vaqtda bosmaxonalarda ishlaydi ro’znomalar
sotish bilan kun ko’radi. Oktyabr to’ntarishidan so’ng (1919) sakkiz oylik muallimlik
kursini bitirib, o’qituvchilik qiladi, til-imlo muammolari bilan shug’ullanadi. 1921 yildan
boshlab Turkiston xalqi maorifi komissarligi qoshidagi ilmiy muassasalarda faoliyat
ko’rsatadi. O’sha davrda nashr etiladigan «Maorif va o’qitguvchi», «Inqilob», «Bilim
o’chog’i» kabi oynomalar bilan hamkorlik, tahrir xay’atida faoliyat qiladi.
Uning ijodining boshlanishi Oktyabr to’ntarishi yillariga to’g’ri keladi. Shoirning
dastlabki she’rlari «El bayrog’i», «Turon», «Turk so’zi», «Ulug’ Turkiston!» kabi
ro’znomalarda bosilib chiqadi. 1922 yilga kelib uning «Bir so’roq», «O’ksizning o’limi»,
«Qarg’a», «Bibixonim madrasasi», «Turkiston» kabi she’rlari «O’zbek yosh shoirlari»
degan to’plamga kiritiladi. Shuni qayd etish kerakki, hali bu she’rlarda shoir maqsadi
mavhum edi.
Shoirning 1921 yilda chop etilgan «Armug’on» to’plamida esa asosan uning masallari
o’rin olgan edi. Undagi «Qaysi biri bo’ri» nomli masalida ham xuddi shunday mavhumlik
mavjud bo’lib, unda olg’ir odamning bo’ridan ham vahshiyligini ko’rsatadi. Ammo,
adibning «Kuchsizlar dunyosi» masali niyat, maqsad yorqin ko’zga tashlanishi bilan
farqlanib turadi. Unda endi azob chekkan yosh qonxo’rlardan o’ch olish uchun kurashga
kirishadi. Shunday qilib, shoir bosqichma-bosqich mahorat sari ko’tarila boradi. Ayniqsa,
uning «Mening hikoyam» nomli she’rida muallifning o’zi buni qayd etadi. «She’r yozish
menga ermak ish emas» deb biladi. «Men hali bitta ham she’r aytmadim, faqat she’r
yo’lidan qaytmadim» degan xulosani beradi:
Shoirlikdan maqsad, so’z ko’chirishmas She’rda ham maqsad o’y o’chirishmas, Shoirlnk — ma’noni tiza bilishdir, Mazmunni rassomdek chiza bilishdir. Elbekning keyinchalik yaratgan «Mehnat kuylari», «G’unchalar», «Chirchiq bo’ylarida»
(1935), «Ashulalar to’plami», «Bolalar qo’shigi», «She’rlar to’plami» (1936) kabi
kitoblaridagi she’rlarida shoir dunyoqarashidagi, badiiy mahoratidagi takomil manaman
deb turardi. Ayniqsa, shoirning «Lena qurbonlari», «Ozodlik qurbonlariga», «Proletar
marshi» hamda «Sezgilar» to’plamiga kirgan bir qator she’rlar o’zining da’vatkorligi bilan
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993