www.ziyouz.com кутубхонаси
47
MIRTEMIR (1910-1972) O’zbekiston xalq shoiri Mirtemir Tursun o‘g‘li 1910 yili Qozog’iston respublikasi,
Turkiston shahrining Iqon qishlog’ida tug’ildi. U ibtidoiy eski maktabni bitirgach, 1921-
1923 yillarda Toshkentdagi «Almaiy» nomli bolalar namuna ish maktabida tarbiyalanadi.
Mirtemir 1925 yili o‘zbek Erlar bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 1929 yilda tamomlab,
O’zbekiston Davlat pedagogika akademiyasida o‘qiydi. Ayni vatstda u O’zbekiston
Markaziy Ijroiya qo‘mitasining raisi Yo‘ldosh Oxunboboevning shaxsiy kotibi bo‘lib
ishlaydi.
Mirtemir Samarqandda Hamid Olimjon, Uyg’un va boshqa shoirlar bilan yaqindan
tanishadi. Shoir A. Bezimenskiy, M. Svetlov kabi rus shoirlarining she’rlarini ona tiliga
tarjima qiladi. Mirtemir oz muddat oliy maktablarda ham dars beradi, muharririyatlarda
xodim, teatrlarda adabiy emakdosh, Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi,
nashriyotlarda muharrir bo‘lib ishladi.
Uning birinchi she’ri 1926 yilda «Tanburim ovozi» nomi bilan «Yosh leninchi»
ro‘znomasida bosiladi. Shoirning «Shu’lalar qo‘ynida» nomli birinchi kitobi esa 1928 yilda
chop etilgan. Unda Vatan madhi, mehnat gashti va yosh zamondoshlarning ma’naviy
dunyosi asosiy mavzu sifatida tarannum etiladi.
Shoir xalq poeziyasidan ilhomlanib, «Dilkusho», «Suv qizi», «Oysanamning to’yida»,
«Vladimir Ilich Lenin» kabi dostonlarni yaratdi. Bu asarlar 30-yillarning ikkinchi
yarmidagi o‘zbek lirikasining rivojlanishiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.
Uning Ulug’ Vatan urushi yillarida yaratilgan «Vabo», «O’ch», «Bu—mening
Vatanim», «Ona shahar», «Dengiz bo‘yida», «Mard yigit yoring bo‘lay», «Pilla»,
«Ko’zlarim yo‘lingda» kabi she’rlarida dushmanga nafrat hislari jangovar ruhda
ifodalangan.
Urushdan keyingi yillar Mirtemir ijodida zamon bilan hamnafaslik, davrning eng
muhim masalalarini zamondoshlarimizning barkamol obrazlarini yaratish keng o‘rin
tutadi.
Mirtemirning tarjimonlik san’ati ham tahsinga loyiqdir. U A.S.Pushkin she’rlarini,
N.A.Nekrasovning «Rusiyada kim yashaydi», Sh. Rustavelining «Yo’lbars terisini
yopingan pahlavon», Berdaq asarlari va qirg’iz xalq eposi «Manas»ni ham tarjima qilgan.
Mirtemirning “Qoraqalpoq daftari” turkumi o‘zbek poeziyasining 60-yillardagi
yutuqlaridandir. Shoirning «Surat» poemasi sho‘ro davri o‘zbek poemachiligjnjng eng
nodir namunalarjdan biridir. «Men seni...», «Chag’alay», «Qirg’iziston», «Mahtumquli
to‘yida», «Onaginam», «Qozog’im», «Qaydadir buloq» kabj she’rlarj xalqlar do‘stligini
kuylovchi eng yaxshi asarlardandir. 1979 yilda Mjrtemirga «Tog’day tayanchjm» she’riy
to‘plami uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan. U 1972 yilda vafot
etgan.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993