Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
96
HUSNIDDIN SHARIPOV 
(1933) 
Taniqli shoir Husniddin Sharipov 1933 yili Namanganda tug’ildi. U o‘rta ma’lumotga 
ega bo‘lgach, Toshkent qishloq xo‘jaligi institutining o‘rmonchilik 
fakultetida 
(1949—-1954) tahsil oldi. So‘ngra u o‘rmon xo‘jaligi idorasida injener (1954—1956), 
«Namangan haqiqati» ro‘znomasida mas’ul kotib (1956—1960), «O’zbekiston 
madaniyati»da adabiy xodim, (1960—1962) «Sharq yulduzi» oynomasi (1962—1969) 
muharririyatida bo‘lim mudiri lavozimlarida xizmat qildi. 
Husniddin Sharipovning birinchi she’riy kitobi «Nihol» 1956 yili nashr etildi. Shoirning 
«Ko‘ngil buyurgani» (1961), «Quyoshga oshiqman» (1962), «Yerning qalbi» (1962), 
«Tuproqqa qasida» (1965), «Men sizga aytsam» (1968), «Chavandoz», (1974), 
«Xirmon» (1985), «Yana visol» (1987) she’riy kitoblari, «Bir savol» (1973) she’riy 
romani kitobxonlar mehrini qozondi. 
Shoir keyingi yillarda «Sotvoldidan salom» «Tanovar», «Birinchi dovon», «Adolat 
zamini» kabi qator asarlarini o‘quvchilar hukmiga havola etdi. 
Husniddin Sharipov «Seni sevaman» (1958), «Ota o‘g‘li» (1965), «Afsona» (1974) 
pesalarining ham muallifidir. 
Shoir o‘z asarlarida davrining eng muhim masalalarini, xalqimizning fidokorona 
mehnatini, xalq va Vatan baxt-saodatini kuylab kelmoqda. Unga «O’zbekistonda xizmat 
ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoni berilgan. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
97
O’LMAS UMARBEKOV 
(1934) 
Shunday iste’dod egalari borki, tengdoshlari va zamondoshlarining hurmat-e’tiborini 
qozonish baxtiga muyassar bo‘ladilar. Buning ustiga o‘z zamondosh ustozlari e’zozidan , 
bahra topadilar. Ijoddagi bunday holat faqat o‘sha iste’dodning baxtigina bo‘lib qolmay, 
balki u mansub bo‘lgan adabiyotning ham omadi, ravnaqidan bir dalolatdir. Bizning 
adabiyotimiz baxtiga bunday chinakam iste’dod sohiblari anchagina. 
O’lmas Umarbekov ham ana shunday iste’dodlar orasidan o‘ziga munosib o‘rin egallab 
kelayotgan sermahsul, hozirjavob adiblar sirasiga kiradi. Uning tarjimai holi ham o‘z 
tengdoshlariniki kabi oddiy. U 1934 yili Toshkentda tug‘ilgan. O’rta maktabni 
muvaffaqiyatli tugatgach, Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakultetiga kirib, 
1956 yilda uni a’lo baholarga bitirdi. «Men ham yoshligimda ko‘p narsaga qiziqqanman, 
— deb hikoya qiladi yozuvchi.—Keyinchalik, uchuvchilikni orzu qilgan edim, bog‘bon ham 
bo‘lmoqchi bo‘lganman. Ammo adabiyot hamma orzularimdan kuchlilik qildi. Shuning 
uchun bo‘lsa kerak, o‘rta maktabni tugatganimda hech ikkilanmasdan Toshkent 
dorilfununining filologiya fakultetiga kirdim. Nazarimda, adashmagan ekanman. Endi 
bo‘lsa, adabiyotsiz, badiiy ijodsiz hayotimni tasavvur qilolmayman».
Mana, shunga ham qariyb o‘ttiz besh yil bo‘ldiki, u tinimsiz izlanish, ijod bilan band. 
Shu kungacha uning o‘nlab hikoyalari, qissalari, «Odam bo‘lish qiiyin» romani, «Qiyomat 
qarz», «Shoshma quyosh», «Oqar suv», «Sud», «Komissiya», «Kuzning birinchi kuni», 
«Arizasiga ko‘ra», «Kurort», «Yer yonganda» kabi o‘nlab dramatik asarlari yaratildi. 
Shuningdek, «Ikki soldat haqida qissa», «Radi drugix», «Vstrecha u visokix snegov» 
kabi kinofilmlar uchun ssenariylar yozdi. «Odam bo‘lish qiyin» romani (1971) respublika 
komsomol mukofotiga, «Ikki soldat haqida qissa» (1977) Hamza nomidagi Respublika 
Davlat sovriniga, «Damir Usmonovning ikki bahori» qissasi esa (1984) N. Ostrovskiy 
nomidagi Butunittifoq adabiy mukofotiga sazovor bo‘ldi. Uning tug’ilganiga 50 yil to‘lishi 
munosabati bilan O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi faxriy unvoni berildi. Va 
nihoyat, 1992 yilda «O’zbekiston xalq yozuvchisi” degan yuksak sharafga ega bo‘ldi.
Oddiy jurialistlikdan ish boshlagan O’lmas Umarbekov bu yillar davomida respublika 
radiosida muharrir, bosh muharrir bo‘lib ishladi. 1971-1974 yillarda esa Uzkompartiya 
Markazqo‘mida avval madaniyat bo‘limida instruktor, so‘ng radio, televidenie sektorining 
mudiri bo‘lib xizmat qildi. Qariyb o‘n yilga yaqin «O’zbekfilm»ga boshchilik qildi. 1982 
yilga kelib, O’zbekiston madaniyat vazirining o‘rinbosari, keyinroq vazir bo‘lib faoliyat 
ko‘rsatdi. Ko‘p o‘tmay u O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasiga rais (1985) etib saylandi. 
Ayni chog‘da Osiyo va Afrika yozuvchilarining birdamlik qo‘mitasining raisi, O’zbekiston 
respublikasi Oliy Kengashi noibi etib saylandi. Nihoyat, 1989—1991 yillarda u Respublika 
Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishladi.
U qaysi jabhada, nima ishda ishlamasin, ijodning qaysi turida, qaysi mavzuida asar 
yaratmasin, hamisha o‘z eli, yurti g‘ami bilan yashadi. Ular yelkasidagi turmush yukini 
yengillashtirishga intildi. Ayniqsa, badiiy asarlarida xoh u hikoya, xoh qissa yoki roman 
bo‘ladimi, xoh sahna asari bo‘ladimi, hamma-hammasida insonlardagi ma’naviy-axloqiy 
fazilatlarni ardoqlashga, ulug‘lashga intilib keldi, xalq yozuvchisi darajasiga ko‘tarildi. Bu 
har bir ijodkor uchun katta baxt, hayot va ijod oldidagi maqsada hamdir. O’lmas 
Umarbekov ham shunday baxt qushi qo‘nganlardan biridir. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin