www.ziyouz.com кутубхонаси
93
OQILJON HUSANOV (1932) Yozuvchi Oqiljon Husanov 1932 yilnint aprelida Jizzax tumanining Ravotlik qishlog‘ida
dehqon oilasida tug‘ilgan. O’rta maktabni bitirgach (1940—1949)', Samarqand
dorulfununida (1949—1954) ta’lim oladi. So‘ngra Samarqand viloyat gazetasi «Lenin
yo‘lida» musahhihlikdan mas’ul kotib darajasigacha bo‘lgan lavozimga ko‘tariladi. 1960
yilda Toshkentga kelgach, «Mushtum» oynomasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, mas’ul
kotib sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 1967 yildan «Sharq yulduzi» oynomasiga o‘tadi va u
yerda to 1979 yilgacha avval bo‘lim mudiri, so‘ng esa mas’ul kotib bo‘lib xizmat etadi.
1980 yildan to shu kungacha u «Guliston» oynomasida turli lavozimlardan bosh muharrir
o‘rinbosari darajasigacha ishni davom ettirib keladi.
Oqiljon Husanov ijodi talabalik davrlaridayoq boshlangan bo‘lib, shu kungacha uning
ko‘plab she’riy, nasriy asarlari, qissa va romanlari chop etildi. Ular orasida
«Qo‘shiqchining taqdiri» (1963), «Samarqand bulbuli», «Mehri daryolar» (1971),
«Bo‘lmagapga bo‘lishma» (1973), «Qashqar go‘zali» (1976), «Tog‘da o‘sgan bola»
(1975), «Tog‘da o‘sgan bola yohud jiyapning yangi sarguzashtlari» (1980), «Sirli odam»
(1980), «Bulbulning go‘shti» (1977), «Taqilmagan uzuk» (1983), «Baxt qaerda» (1987),
«Qishloqqa sayohat» (1988), «Ucholsa ham ucholmagan turna» (1990), «Ustaning
muhabbati» (1991) kabi kitoblari hamda «Go‘ro‘g‘li qissasi» kabi asarlari mavjud.
Yozuvchi mazkur asarlarida pokiza va beg‘ubor yoshlik kechinmalaridan, ularning
yechilgan yoxud yechilmay qolgan orzu-armonlaridan, muhabbat sarguzashtlaridan
hikoya qiladi. Uning ko‘p asarlari rus va qardosh xalqlar tillarida ham chop etilgan
.
Yozuvchi 1982 yilda O’zbekistopda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy
unvoniga sazovor bo‘lgan.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993