www.ziyouz.com кутубхонаси
89
JONRID ABDULLAXONOV (1929) Adabiyotimizga 50-yillarda bir guruh iste’dodli yosh ijodkorlar kirib keldi. Ular orasida
bo‘lg‘usi adib Jonrid Abdullaxonov ham bor edi. U 1929 yilda Namanganda oddiy
mehnatkash oilasida dunyoga keldi. Beshafqat urush uning murg‘ak taqdiriga ham o‘z
changalini soldi. Avvaliga onasi Shahribonu hamshira sifatida frontga ketib, yil o‘tmay
qoraxat keldi. Ko‘p o‘tmay otasi Muhiddin Abdullaxonov jangga ketib qaytmadi.
Bor-yo‘g‘i 14 yoshga kirgan Jonrid taqdir so‘qmoqlaridai cho‘chimay Namangandan
Toshkentga piyoda yo‘l oldi. Safar taassurotlari, odamlar bilan uchrashuv oz bo‘lsa ham
uning dardiga malham bo‘ldi. Eng muhimi yo‘l-yo‘lakay M. Gorkiyning «Odamlar
orasida» asarini dilida instsenirovka qilib, «Aleksey Peshkov» nomi bilan radioga keladi.
Jonrid ijodi xuddi shu asar bilan boshlandi. Bosh rolni ham Jonrid — adib, Jonrid —
aktyor bo‘lib ijro etdi. Ayni chog‘da o‘qish, bilimini oshirish yo‘lidan bordi. Avval
Toshkent Davlat dorilfununiiipg jurnalistika fakultetini, so‘ng Moskvada Oliy adabiyot
kursini tugatdi. Bir tomondan Oydin, Said Ahmad, Hamid G’ulom, Hakim Nazir, Turob
To‘la, qolaversa, Konstantin Paustovskiy, Stepan Zlobin kabi adiblar unga ustozlik
qildilar. Radio, televidenieda ham O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasidagi ijodiy mehnati
uning ijodkor bo‘lib shakllanuvida mahorat maktabi rolini bajardi.
Asta-sekin uning she’riy asarlari, hikoyalari matbuotda ko‘rina boshladi. Ko‘p o‘tmay
uning «Maktabdoshlarim» (1952) nomli birinchi she’riy to‘plami, «Hikoyalar» (1956),
«To‘yga kelinglar» (1960), «Chudesniye minuti» (1960), «Tong yorishgan sohilda»
(1962) kabi hikoyalar to‘plamlari nashr etiladi. Ularning deyarli hammasida yoshlarning,
tengdoshlarning hayoti, intilishi, muhabbati va tashvishlari o‘z ifodasini topadi. Uning
«Gulchehra» (1962) qissasi yo‘l haqida, qurilish, bunyodkorlik haqida edi. Adibning
birinchi yirik epik asari — «Yo‘l» (1964) romani ham xuddi shu yo‘l haqida hikoya qilardi.
Shundan so‘ng muallifning ketma-ket «Borsa kelmas» (1—11 kitob, 1978—1980),
«Xonadon», «Suiqasd» (1991) kabi romanlari chop etildi.
«To‘fon» ishchilar sinfi hayotidan hikoya qilsa, «Borsa kelmas» romanida Orol
muammosi, ona tabiat muhofazasi masalalari o‘z ifodasiii topgan edi. So‘pggi «Suiqasd»
romanida mehnatkash haqiga xiyonat qilgan. jamiyatni ma’naviy-iqtisodiy inqirozga olib
kelgan yulg‘ich, poraxo‘r va ko‘zbo‘yamachilarning aft-basharasi fosh etiladi.
Yozuvchi Jonrid Abdullaxonov hamon mas’ul va qutlug‘ yo‘lda, ijodiy izlanishda.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993