Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
91
JUMANIYOZ JABBOROV 
(1930) 
Ham jurnalist, ham shoir, ham dramaturg, ham nosir Jumaniyoz Jabborov 
Qashqadaryo viloyati, Koson nohiyasidagi Po‘loti qishlog‘ida 1930 yili dunyoga kelgan. 
O’rta maktabni tugatib, Toshkent Davlat dorilfununida tahsil ko‘rgan. 1952—1953 
yillarda Moskvadagi Adabiyot oliy kursida o‘qigan. Shundan so‘ng «Sharq yulduzi» 
oynomasida (1953— 1962) avval bo‘lim boshlig’i, so‘ng mas’ul kotiblik qilgan, 1962—
1964 yillarda «Gulxan» oynomasiga muharrir bo‘lgan. 1964—1976 yillarda «Sovet 
O’zbekistoni» («O’zbekiston ovozi») ro‘znomasida bo‘lim boshlig’i, bosh muharrir 
o‘rinbosari vazifalarida ishlaydi. 1976—1981 yillar mobaynida Respublika partiya 
Markaziy qo‘mitasida sho‘ba mudiri, 1981—1985 yillarda G’afur G’ulom nashriyotida 
direktor, 1985—1990 yillarda esa O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi qoshidagi tarjima 
ishlari bo‘limi maslahatchisi, 1990 yildan to hozirgi kungacha O’zbekiston Davlat 
mukofotlar qo‘mitasi bo‘yicha mas’ul kotib bo‘lib ishlab kelmoqda. 
Jumaniyoz Jabborovning adabiy faoliyati 50-yillardan boshlangan. Hozirgacha 
yigirmadan ortiq she’riy, nasriy to‘plamlar, o‘nlab dostonlar va dramalar yaratgan. Ashsh 
chog‘da bolalar shoiri sifatida «Tog’dagi uchrashuv» (1986), «Guljahon va Hasanjon» 
(1968) to‘plamlarini yaratgan. Uning birinchi she’riy to‘plami esa 1953 yilda «Vatanimni 
uylayman» nomi bilan chop etilgan. Shundan so‘ng «Bahor nafasi» (1956), «Maqsad 
yo‘lida» (1958), «Tog’lar sadosi» (1961), «Ona yer qo‘shig‘i» (1962), «Subhidam 
xayollari» (1964), «She’rlar» (1966), «Sahro sanami» (1967), «Lirika» (1970), «Ilhom 
daqiqalari» (1971), «E’tiqod» (1978), ikki jildlik «Saylanma» (1980—1981), «Xayolimda 
o‘zing» (1985), «Ko‘pglim go‘zali» (1991) kabi she’r va dostonlar to‘plamlari, 
«Dostonlar» (1974), «Quyosh yurti» (1983) kabi yirik poemalar majmuasi, «20 kun 
daftari» (1967), «Sohillar hikoyasi» (1978) kabi nasriy asarlar yig‘indisi nashr bo‘lgan. 
Shuningdek, «Gulshan» (1957), «Tog‘lar sadosi» (1959), «Ona yer qo‘shig‘i» (1961), 
«Sahro sanami» (1966), «Yo‘ldagi o‘ylar» (1968), «Dishloq-dagi haykal» (1970), 
«Muhabbat naqqoshi» (1980) kabi dostonlar yaratilgan.
U mohir shoir, hikoyanavis, ocherknavisgina emas, taniqli dramaturg sifatida ham 
barakali ijod qilib keladi. Ayniqsa, u yaratgan «O’jarlar» (1971), «Yillar o‘tib» (1975), 
«To‘ydan oldin tomosha» (1979), «Mening oppoq kabutarim» kabi dramalari 
Toshkentda, qator viloyat teatrlarida, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston respublikalari 
sahnalarida qo‘yilib keladi. 
Jumaniyoz Jabborov mohir va sermahsul tarjimon sifatida Lermontov, Bayron va 
Firdavsiylar asarlarini o‘z ona tilida so‘zlatgan. 
Shoir, nosir, dramaturg va jurnalist Jumaniyoz Jabborov adabiyot va xalq oldidagi ana 
shu xizmatlari uchun qo‘sha-qo‘sha orden va medallar, faxriy yorliqdar bilan 
taqdirlangan. 1980 yilda esa unga O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi unvoni 
berilgan. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin