www.ziyouz.com кутубхонаси
90
NOSIR FOZILOV (1929) Yozuvchi Nosir Fozilov 1929 yili Qozog‘istonning Chimkent viloyatiga qarashli
Turkiston tumanining Qorachiq qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keldi. U Turkistonda
o‘rta maktabni tugatgach, 1949—1954 yillar davomida O’rta Osiyo dorilfununining
filologiya fakultetida ta’lim oldi.
Dorilfununni tugatgandan so‘ng, 1955 yildan boshlab «Gulxan» oynomasida adabiy
xodim, mas’ul kotib, «Yosh gvardiya» nashriyotida bo‘lim mudiri (1960—1963), 1963
yildan esa «Sharq yulduzi» oypomasida adabiy xodim, so‘ngra proza bo‘limiiing mudiri,
mas’ul kotib (1970—1972) sifatida faollik ko‘rsatdi. Yozuvchi va noshir Nosir Fozilov
1972—1980 va 1984— 1986 ypllar davomida G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyotida katta muharrir va proza bo‘limining mudiri sifatida ishlab keldi. 1986 yildan
buyon «Sharq yulduzi» oynomasining mas’ul kotibidir.
1985 yilda uning «Shum bolaning nabiralari» kitobi uchun G’afur G’ulom nomidagi
mukofot berildi. 1986 yilda esa qozoq yozuvchilarishgag asarlarini o‘zbek tiliga tarjimasi
borasidagi faolligi uchun Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi Beyimbet Maylin nomidagi
mukofotga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, unga 1990 yilda O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan
san’at arbobi unvoni hamda 1991 yilda «Ustozlar davrasida» asari uchun Hamza
nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan.
Adibning «Oqsoy», «Saraton» qissalari 70-yillar o‘zbek adabiyoti, xususan, bolalar
nasrida katta voqea bo‘ldi.
Adibning birinchi hikoyasi 1953 yili «Lenin uchquni»da bosilgan. Shundan so‘ng uning
«Irmoq», «Qoraxat», «Ko‘klam qissalari», «Saraton», «Shum bolaning nabiralari»,
«Ustozlar davrasida», «Bolaligim - podsholigim» kabi qator kitoblari o‘quvchilarga
taqdim etildi. Adibning yana bir qator asarlari qozoq, turkman, rus va boshqa tillarga
o‘girilgan.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993