www.ziyouz.com кутубхонаси
87
TURG’UN PO’LAT
(1928-1974)
Yozuvchi Turg‘un Po‘lat 1928 yilda Namanganda tavallud topgan. U ko‘p vaqt jamoa,
davlat xo‘jaliklarida hisobchi, xo‘jalik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan.
Yozuvchi sifatida 50-yillarning boshlarida matbuotda ko‘rina boshlagan. Dastlab shoir
sifatida «Bizning bobo» (1951); «Buyuk savdo» (1952), «Mangu qo‘ldoshimsan» (1956),
«Festival qo‘shig‘i» (1959) kabi she’riy asarlari bilan tanildi. Ayni chog‘da «Ayollar
isyoni» (1967), «Jig‘ildon qori» (1970), «To‘ra hujjat» (1970) kabi hajviy hikoyalari
yaratildi. So‘pgra uning «Mirrixdan kelgan mehmon» (1973) hajviy hikoyalar to‘plami,
«Vodiylarni yayov kezganda» (1971) ocherklari, «Ichkuyov» (Qissa va hajviyalar» —
1979—1986 nashrlari) chop etildi. Shuningdek, Turg‘un Po‘lat publitsist va ocherknavis
sifatida ham o‘nlab asarlar yaratdi.
Uning «Tabarruk zaminda» (1970), «Xotinboz» (1972), «Yalovbardor» (1986) kabi
asarlari shu jihatdan muhim edi. Xullas, yozuvchi o‘zinnpg she’r va ocherklarida
bo‘ladimi, hikoya va qissalarida bo‘ladimi, hayotdagi, odamlardagi nuqsonlar ustidan
kulib, uni bartaraf etish yo‘lini izlaydi. Ayniqsa, uning «Ichkuyov» (1975) qissasi adibga
shu jihatdan sharaf keltirdi: shu nomdagi televizion badiiy filmi uchun unga 1979 yili
vafotidan so‘ng Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
88
AZIZ ABDURAZZOQ
(1928)
Aziz Abdurazzoq 1928 yili Toshkentda tavallud topgan. O’rta maktabdan so‘ng
madaniy-oqartuv bilim yurtida tahsil oladi. So‘ngra Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi
Adabiyot institutida o‘qiydi.
U ko‘p kasbdoshlari kabi jurnalist sifatida «Yosh leninchi» ro‘znomasi, «Sharq
yulduzi», «Guliston» kabi oynomalarda faoliyat ko‘rsatadi. Ayni chog‘da ko‘p yillar
O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida ishlaydi.
Shoirning ijodi 50-yillardan boshlangan bo‘lib, birinchi she’riy to‘ilami 1959 yili
«Do‘stlarimga» nomi bilan chop etiladi. Shundan so‘ng «Yapa bahor» (1961), «Mavj»
(1965), «Bodom gulladi» (1965), «Lirika» (1970), «Aziz odamlar» (1975), «Sho‘x
yomg‘ir» (1977), «Qalb nuri» (1978) kabi to‘plamlari nashr etildi. «Qalb nuri» to‘plamiga
kirgan ko‘pchilik she’rlar shoirning ellik yilligi yakuni sifatida saylanma tarzida e’lon
qilingan. U o‘zining «O’roq va xanjar» she’rida yozadi: «Yonmoqdamen, yonmoqdamep,
bu ayon dir, do‘stim bo‘lsang halal berma, sen ham yondir», — deya yaratishga,
bunyodkorlikka chorlaydi. Ha, O’zbekiston xalq shoiri Turob To‘la aytganidek, uning har
bir she’ridan, ya’ni «Aziz she’rlaridan non hidi keladi, o‘zl kezib o‘tgan bog‘lar, dala-
dashtlar hidi keladi».
Ayni chog‘da~uning bolalar uchun yozilgan «Oh, qanday shirin» (1977), «Qiz va lola»
(1979), «Tap-tap elak» (1981) kabi o‘nlab asarlari chop bo‘ldi. Ularda beg‘ubor yoshlik
tuyg‘ulari, sho‘x, kulgili, ba’zan hajviy, kinoya-li tarzda o‘z ifodasini topdi. Kattalar uchun
yozilgan asarlarida o‘z xalqi milliy xususiyatini ifodalovchi hazil-mutoyiba ba’zan achchiq
kinoya bilan almashib turadi. Kitobxonga katta zavq-shavq bag‘ishlashdan tashqari uni
hushyorlikka, shuurga, shijoatga yetaklaydi. So‘nggi yillarda uning «Yostiqdan chiqqan
ertaklar» (1988), «Bog‘da bitgan ertaklar» (1989), «To‘rt og‘ayni botirlar» to‘plamlari
(1989) nashr bo‘ldi.
U tarjimon sifatida M. Lermontov, T. Shevchenko hamda amerikalik mashhur shoir G.
Longfello asarlarini o‘zbekchalashtirgan. Uning asarlari o‘nlab o‘zga tillarga ham
o‘girilgan.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: |