Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
92
FARHOD MUSAJONOV 
(1932) 
Farhod Musajonov ko‘p qirrali ijodkor. U avvalo adib, nosir, dramaturg va 
kinossenarist hamdir. U 1932 yili Toshkentda tavallud topgan. 1956 yilga kelib, 
Toshkent Davlat dorilfununining sharq fakultetini muvaffaqiyatli tugatadi. Respublika 
radiosi, televideniyesi hamda «O’zbekiston madaniyati» ro‘znomasi, «G’uncha» va 
«Sharq yulduzi» oynomalarida faoliyatda bo‘ladi. Hozirgi kunda esa «O’zbekfilm» 
studiyasida ishlaydi.
Uning adabiy ijodining boshlanishi 50-yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Hozirgacha 
uning hikoya va qissalardan iborat 30 ga yaqin to‘plami nashr etilgan. Shulardan 10 ga 
yaqini hikoyalar, to‘rtta qissasi mavjud. Bulardan tashqari, u dramaturg sifatida oltita 
p’esa, beshta kinossenariy muallifi hamdir. Yana qanchadan-qancha hajviy hikoya, 
intermediya, bolalar uchun rang-barang janrda asarlar ham yaratgan. Jumladan, 
«Oftobni quvalab», «Bo‘sh kelma, Aliqulov!», «Bir qultum buloq suvi» kabi kitoblarini 
eslash kifoya. Shuningdek, yaratilgan yuzdan ortiq hikoyalarining yarmidan ko‘pi hajviy 
asarlar sirasiga kiradi. Uning «Dushanba, nonushtadan so‘ng» (1974), «Bog‘ ko‘chamni 
qo‘msayman» (1977), «Qilich va shamshir», «Ko‘rgulik» kabi qissalari ham o‘z 
o‘quvchisiga ega. 
U dramaturg sifatida «Oq kabutar», «Najot istab» (Hamza teatrida qo‘yilgan), 
«Olifta», «Xizmatingga hozirman», «Talvasa» (Muqimiy teatrida sahialashtirilgan) kabi 
dramalar ham yaratgan. Ayni chog‘da «Jazirama oftob ostidagi uy», «Birovning boshi», 
«Minoralar» ostidagi sirk» «Ko‘zlarim yo‘lingda», «Huvaydo» (Ikki seriyali) kabi 
ssenariylar muallifi hamdir. Shuningdek, adibning «Hamlet» (1984), «Bog‘ ko‘cha» 
(1987) kabi qissa va hikoyalardan iborat to‘plamlari «Tekin tomosha» (1989) kabi 
bolalar uchun hikoyalar majmuasi hamda «Glotok rodnikovoy vodi» (1987, rus tilida) 
singari kitoblari chop etildi. Iste’dodli va sermahsul hikoyanavis, qissanavis bo‘lishi bilan 
birga, hajviy janr ustasi, bolalar adibi, dramaturg, kinossenarist va kinopublitsist sifatida 
kitobxon va tomoshabinga yaqindir. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin