Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
102
ERKIN SAMANDAR 
(1935) 
Sho‘ro davri o‘zbek adabiyotining kamol topishida iste’dodli yoshlarning o‘rni va roli 
benihoyadir. Ular orasida jurnalist va publitsist, shoir, va dramaturg, nosir Erkin 
Samandarning ham o‘z ovozi, o‘ziga xos sozi bor. Erkin Samandar 1935 yili Xorazm 
viloyatining Xonqa tumanidagi Navxos qishloshda oddiy oilada dunyoga kelgan. 
U o‘z tengdoshlari kabi o‘rta maktabni tugatgach, Xorazm Davlat pedagogika oliy 
bilimgohiga o‘qishga kirib, uni 1957 yilda tugatadi. So‘ngra O’zbekiston Fanlar 
akademiyasi qoshidagi A. S. Pushkin nomli (hozirgi Alisher Navoiy nomli Adabiyot 
ilmgohi) Til va adabiyot instituti aspiranturasida o‘qishni davom ettiradi. So‘ng Xorazm 
viloyatining nohiya ro‘znomalarida, «Xorazm haqiqati» ro‘znomasida hamda viloyat 
partiya va madaniy qurilish ignlarida mas’ul vazifalarni bajaradi. «Xorazm haqiqati» 
(1977) ro‘znomasida bosh muharrir bo‘lib ishladi. Shuningdek, «Yoshlik» hamda 
O’zbekiston radiotelevideniesi adabiy-dramatik ko‘rsatuvlari bo‘lim boshligi sifatida 
faoliyat ko‘rsatadi. Respublika Vazirlar mahkamasi raisnning o‘rinbosari ham bo‘ldi. 
Erkin Samandar ijodkor, adib sifatida 50-yillar o‘rtalari adabiyotimizning qutlug‘ 
dargohiga kirib kelgan. Uning birinchi she’riy to‘plami «Amu jilolari» nomi bilan 1966 
yilda chop etiladi. So‘ngra «Osmon to‘la nur» «Dunyoning yoshligi» (1970), «Vafo degan 
gavhar» (1975), «Sevgi fasllari» (1973), «Shedrost rassveta» (1973), «Mening yigit 
vaqtim» (1979), «Qabul soatlari» (1980), «Sohildagi bolalar» (1982), «Saylanma», 
«Yurakka yo‘l» kabi o‘ndan ortiq she’riy majmualari chop etildi. Mazkur to‘plamlarga 
kirgan deyarli barcha asarlarda yaxshi odamlar, go‘zal tabiat, insoniy muhabbat, sevgi 
va vafo, mehnat va hayot tashvishlari, armonlaru gumonlar, qisqasi chuqur ma’naviyat 
ildizlarini ochishga intilish seziladi. Ayniqsa, u yaratgan yuzdan ortiq qo‘shiqlar faqat 
magnit lentalari yoki plastinkalardagina emas, tinglovchilar qalbida ham muhrlanib 
qolgan. Uning «Fransiya daftari», «To‘qson daqiqa» (sakkizliklar), «Shom qo‘shiqlari» 
kabi turkum she’rlarida jahon ko‘rgan shoirning hayot va odamlar haqidagi falsafiy 
xulosalari o‘z badiiy in’ikosini topgan. 
Erkin Samandar shoir sifatida «Qabul soatlari», «Sevishganlar shahri», «Komissar», 
«Erk sadolari», «Ajdodlar qilichi» kabi o‘nga yaqin dostonlar ham yaratgan, eng so‘nggi 
she’riy asari «Bahor fasli, yor vasli» deb nomlangan bo‘lib, u to‘qsonta sakkizliklardan 
tarkib topgan alohida turkumdir. Shuningdek, dramaturg sifatida «Javohir», «Ajdodlar 
qilichi», «Olma pishganda keling» kabi sahna asarlari Ogahiy nomli teatrda ko‘p vaqtdan 
beri qo‘yilib keladi. 
Shuni ham alohida qayd etish kerakki, Erkin Samandar nosir sifatida ham ko‘plab 
publitsistik asarlar va ocherklar muallifidir. Ayniqsa, uning «Daryosini yo‘qotgan qirgoq» 
(1989) romani yetuk romannavis sifatida ham shakllanayotganidan darak beradi. Unda 
tabiat, Orol ekologiyasigina emas, eng muhimi, ma’naviyat ekologiyasi sohasida sodir 
bo‘layotgan qashshoqlik, fojea va ularning ildizlari, oqibatlarini ochish, muhabbat bilan 
qabohat o‘rtasidagi kurash hayotiy tarzda o‘z ifodasini topgan. Chin muhabbat, chin 
do‘stlik hamisha og‘ir bo‘lsa ham qabohat, xoinlik hiyonatdan ustun kelishi 
umumlashtirilgan. Unga «Lenin Xorazmda» va «Sevishganlar shahri» (1980) asarlari 
uchun respublika yoshlar mukofoti berilgan. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin