Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
106
MIRAZIZ A’ZAM 
(1936) 
Miraziz A’zam ham bolalar, ham kattalar shoiri, ayni chog’da o‘tkir publitsist, yetuk 
tarjimon hamdir. U 1936 yili Toshkentda tavallud topgan. Toshkent Davlat dorilfununini 
tugatgach, Toshkent telestudiyasida, «G’uncha» bolalar oynomasida, so‘ngra «Yosh 
gvardiya», G’afur G’ulom nashriyotlarida muharrir bo‘lib ishlagan. Ko‘p yillar O’zbekiston 
Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi, sarkotib yordamchisi bo‘lib ishlagan.
Uning ijodi talabalik yillaridayoq boshlangan. Uning birinchi she’ri 1960 yilda «G’alati 
tush» nomi bilan chop bo‘lgan. Keyinchalik u 1972 yilda alohida kitob holida bolalarga 
sovg‘a qilingan. Uning birinchi she’riy to‘plami «Metallurg» (1964) nomi bilan chop 
bo‘lgan. Shundan so‘ng bolalar uchun «Aqlli bolalar» (1969, doston), «Senga nima 
bo‘ldi» (1970), «Yer aylanadi» (1973), «Yerga dovruq solamiz» (1970), «Bir cho‘ntak 
yong‘oq» (1990, saylanma) kabi bir qator ajoyib she’riy to‘plamlari bosilib chiqdi. Ularda 
bolalarning qalbi va tuyg‘ulari orqali olamni, odamni bilishga, yaxshilik bilan yomonlikni 
farqlashga, halol va pokiza mehnatni ulug’lashga intiladi. 
Adib kattalar uchun ham bir qator salmoqli she’riy guldastalar yaratgan. Jumladan, 
«Sevaman» 1977), «Tuyg‘ular» (1980), «Sabot» (1983) kabi to‘plamlaridagi ko‘pchilik 
she’rlar o‘zining hayotiy va jozibaliligi bilan o‘quvchi qalbini zabt etadi. Shoir ana shu 
she’riy to‘plamlaridagi eng yaxshi she’rlarini va yangi yozilgan asarlari sarasini o‘zining 
«Haqiqatning ko‘zlari» (1988) saylanmasiga jamlab, talabchan o‘quvchisiga havola etdi. 
Miraziz A’zam haroratli, shijoatli publitsist hamdir. Uning madaniy-adabiy merosni 
ko‘z qorachig‘idek asrashga da’vat etuvchi bir qator tarixiy-adabiy maqolalari shular 
jumlasidandir. 
Adib mohir tarjimon, adabiyot va madaniyatning hormas targibotchisi ham. Uning 
turk, rus, nemis adiblaridan qilgan tarjimalari, ayniqsa, islom madaniyatiga oid 
tarjimalari qo‘pchilik mutaxassis va oddiy o‘quvchi ixlosini orttirdi. 
Miraziz A’zam ijodi gullagan, sermahsul, serfayz bo‘lishiga ishonsa bo‘ladi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin