Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
104
Kaputikyan kabi iste’dodli shoirlarning she’rlarini o‘z ona tilida so‘zlata oldi. Uning 
tarjima sohasidagi mahorati buyuk nemis shoiri Gyotening «Faust» asari tarjimasida 
(1974) yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. Adabiyot oldidagi ana shu xizmatlari uchun u 
O’zbekiston Respublikasi xalq shoiri, Hamza mukofoti sovrindori bo‘ldi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
105
RAZZOQ ABDURASHID 
(1936) 
Razzoq Abdurashid toshkentlik. U 1936 yili tavallud topgan. O’rta maktabni 
tugatgandan so‘ng, 1953—1958 yillarda Toshkent Davlat dorilfununi filologiya 
fakultetining jurnalistika bo‘limida tahsil ko‘rgan. So‘ngra, 1958—1964 yillarda «Gulxan» 
oynomasida, 1964—1966 yillarda esa «Lenin uchquni» ro‘znomasida, 1961—1969 
yillarda «Yosh gvardiya» nashriyotida ishlagan. 1969—1971 yillarda Moskvadagi Oliy 
adabiyot kursida o‘qigan. Shundan so‘ng O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida 
maslahatchi, Respublika Radiosida muharrir, 1979 yildan to shu kungacha G’afur G’ulom 
nashriyotida yetakchi muharrirdir. Uning birinchi she’rlar to‘plami 1962 yilda «Yo‘l 
boshida» nomi bilan chop etilgan. Shundan buyon o‘ndan ortiq she’riy to‘plamlar, 
ko‘plab dostonlar hamda bolalar uchun she’riy asarlar yaratgan,
Uning «Kaftimda olam» (1969), «Qalbim qo‘lingda” (1970), «Yulduzlar hayoli» 
(1975), «Sukunat», «Yoruglik” (1983), «Otalar chirog‘i» (1986), «Yo‘l o‘rtasida» (1988) 
kabi to‘plamlari chop etilgan. Shuningdek, shoirning «Yulduzlar xayoli», «Toshfaryod», 
«Umrdan lavhalar» kabi bir qator dostonlari ham mavjud. 
Bolalar uchun esa «Buvimning ertaklari» (rus tilida), «Quyonpolvonning ertaklari» 
kabi kitoblari ham; yaratilgan. Shuningdek, shoirning «Pritok» (1979) to‘plami rus tilida 
Moskvada chop bo‘lgan. U tarjimon sifatida S. Vurg‘un, M. Jalil va Ye. Isayev asarlarini 
o‘zbek tiliga o‘girgan. Shoir barcha asarlarida Ona Vatan madhi, mehri, yor vasli va 
soginchi, go‘zal tabiat manzaralarini kuylaydi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin