Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
115
SA’DULLA SIYOYEV 
(1939) 
Yozuvchi Sa’dulla Siyoyev 1939 yil 25 martda Qozog‘istoninng Turkiston shahri 
yaqinidagi Qarnoq qishlog’ida dehqon oilasida tug’ildi. 1946—1956 yillarda Qarnoqdagi 
o‘rta maktabda, 1957—1962 yillarda Toshkent Davlat dorilfununida o‘qidi. O’qishni 
muvaffaqiyatli tamomlagan S. Siyoyev dastlab Toshkent radiosida, keyinchalik 
respublika vaqtli matbuoti, «Mushtum» satirik oynomasida ishladi. Hozirgi kunda u 
O’zbekiston uyushmasi Adabiyot jamg’armasi boshqonidir. 
Sa’dulla Siyoyev ijodi she’r yozishdan boshlanadi. Uning dastlabki she’ri 1956 yilda 
«Qizil O’zbekiston» ro‘znomasida bosiladi. S.Siyoev she’rlar bilan bir qatorda «Qiz 
bolaning pandi» (1963), «Ming bir qiliq» (1964), «Charxpalak» (1965), «Uyimizga 
mehmon keldi» (1966) kabi hikoyalari ham e’lon qilindi. Shu hikoyalarida bugungi 
qishloqlarimiz hayoti, yoshlar sevgisi yaxshilik va muruvvat kabi insoniy tuyg’ular 
ulug’lanadi, Yozuvchining birinchi hikoyalar to‘plami — «Qasam ichmagan yigit» 1970 
yilda chop etildi. Bu to‘plamga uning lirik va hajviy-yumoristik hikoyalari kiritilgandir. 
Shundan so‘ng S. Siyoevning «Sadagang ketay» (1972), «To‘ylar muborak» (1975), 
«Oy borib, omon keeling” (1976), «Og’ir vaznli janjalkash», «Erkaklar uchun ertaklar» 
kabi hikoyalar to‘plamlari bosmadan chiqdi. Ularda yozuvchi zamondoshlarimizning 
mehnat faoliyatini, xarakteri va insoniy histuyg‘ularini ardoqlaydi. 
Keyingi yillarda uning qissa va hikoyalardan iborat «Yorug‘lik» (1986), «Beparvo 
bo‘lmoqchiman» (1990) kitoblari hamda «Avaz» (1987) romani o‘quvchilar hukmiga 
havola etildi. Uning eng so‘ngti «Majnuntolning novdasi» (1989) nomli hikoya va 
qissalari Hamza nomidagi mukofotga tavsiya etildi. Rus tilida ham uning «Sneg na 
golovu» (1988), «Skazki dlya mujchin» (1989) kabi to‘plamlari chop etildi. Hozirgi 
kunda adibning «Turkistonlik avliyo» nomli tarixiy romani chop etilmoqda. Unda ulkan 
bobokalonimiz Ahmad Yassaviy haqida hikoya qilinadi. 
S.Siyoyev hikoyalari rus, qozoq, qirg‘iz, tojik tillariga tarjima qilingandir. Ayni chog’da 
u Mixail Zoshchenko, Leonid Lench, Ark. Arkanov, G, Gorin kabi yozuvshlarning ko‘plab 
hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin