www.ziyouz.com кутубхонаси
113
ABDUQAHHOR IBROHIMOV
(1938)
Ham jurnalist, ham yozuvchi Abduqahhor Ibrohimov 1938 yili Toshkentda tavallud
topdi. U avval Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika bo‘limini (1962), so‘ng 1975-
1977 yillarda Moskvadagi Oliy Adabiyot kursini tugatdi.
1962—1972 yillar mobaynida «O’zbekiston madaniyati» keyin esa «O’zbekiston
adabiyoti va san’ati»_ haftaligida, «Guliston» oynomalarida mas’ul lavozimlarda ishladi.
Shundan so‘ng uning «So‘nggi nur», «Osmon yaqin, yer yumshoq» kabi ocherk va
hikoyalar to‘plamlari yaratildi. Shuningdek, uning «Birinchi bo‘sa» (1978), «Meni aytdi
demang» (1982) kabi sahna asarlari Moskvada rus tilida nashr etildi. Shu damdan
boshlab faqat publitsist, hikoyanavisgina emas, sermahsul va iste’dodli dramaturg
sifatida ham elga tanila bordi.
Uning «Bu zamon o‘g‘loni» (1982), «Zo‘ldir» (1983), «Tusmol», «Puch», «Senga bir
gap aytaman», «Chakana savdo» kabi bir qator pesalari yaratildi. Ularning ko‘plari
Hamza va Muqimiy teatri sahnalarida muvaffaqiyat bilan qo‘yildi.
Ayni chog’da uning shu yillarda «Chillaki», «Tong edi», «Har tomchining sababi bor»
kabi ajoyib hikoyalari o‘z o‘quvchisiga taqdim etildi.
Shuni ham alohida qayd etish kerakki, yozuvchi Abduqahhor Ibrohimov so‘nggi
yillarda otashin publitsist sifatida samarali ijod qilib kelmoqda. Ayniqsa, ma’naviy mnlliy
meros, tabiat muhofazasiga oid chiqishlari keng jamoatchilik e’tiborini o‘ziga qaratdi.
U adabiyot va madaniyat, teatr san’ati oldidagi ana shu samarali mehnati uchun 1990
yilda O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi degan faxriy nomga savovor bo‘ldi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
114
TEMUR PO’LATOV
(1939)
Yozuzchi Temur Po‘latov o‘zining o‘nlab qissa va romanlari bilan o‘zbek adabiyoti
taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan adiblar sirasiga kiradi.
U 1939 yilda Buxoroda tug‘ilib, erta mehnat faoliyatnni boshladi. So‘ngra Buxoro
Davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Uni 1963 yilda tugatib, 1967 yilda Moskvadagi
kinostsenariy oliy kursiga kirib o‘qidi.
Uning ijodi jurnalist sifatida boshlangan bo‘lib, xabar va ocherklari talabank
yillaridayoq mahalliy matbuot sahifalarida paydo bo‘ladi. Uning dastlabki qissasi («Ne
xodi po obochine») 1964 yilda «Zvezda Vostoka» jurnalida chop etiladi. Shundan so‘ng u
yaratgan qissa va romanlar Toshkentda, Moskvada rus va o‘zbek tillarida nashr etila
boradi. Shuni ham alohida qayd etish kerakki, Temur Po‘lat rus ilida yozadigan o‘zbek
yozuvchilaridan bo‘lganligidan uning asarlari tezroq tarqaladi, Ittifoq nashrlarida tez-tez
chop etiladi.
Adibning «Bo‘lak manzilgohlar», «Bolalar xori», “Dushan qaysarning ko‘rgan-
kechirganlari» 70—80-yillar adabiyotida sarguzasht janri taraqqiyotiga hissa bo‘iib
qo‘shildi. Shuningdek uning «Buxoro xonadonining kechmishlari», «Mulk», «Kunda-
shunda», «G’oyibning ikkinchi safari», «Yetti huzur-halovat va qirq qayg’u alam»,
«G’oyibning qaytishi», «Taroziy toshbaqasi» kabi o‘nlab yirik epik polotnolari kitobxon
tomonidan iliq qarshi olingan.
Temur Po‘lat publitsist va munaqqid sifatida ham o‘zining o‘nlab maqolalari bilan
«Sharq yulduzi», «Zvezda Vostoka», «Literaturnoe obozrenie», «Drujba narodov» kabi
oynomalarda tez-tez chiqib turadi. Ayniqsa, uning tabiat muhofazasiga, xususan Orolga
oid o‘tkir chiqishlari alohida e’tirofga loyiqdir. U ayni chogda o‘zbek adiblari asarlarini rus
tiliga, rus tilidagi adabiyotlarni o‘z ona tiliga tarjima qilishda ham mahorat ko‘rsatadi.
Temur Po‘latov 1986 yilda o‘zining «Mulk», «G’oyibning ikkinchi safari», «Kunda-
shunda» qissalari va «Buxoro xonadonining kechmishlari» romani uchun Hamza
nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1989 yilda esa unga O’zbekiston xalq
yozuvchisi faxriy unvoni berilgan.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: |