Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
109
O’KTAM USMONOV 
(1938—1990) 
Iste’dodli nosir, jamoatchi, jurnalist O’ktam Usmonov qisqa umr ko‘rsada ammo tarix 
o‘z muhriga oladigan hikoya, qissa va «Girdob» kabi ajoyib . roman qoldirib ketgan 
adibdir. U 1938 yilda Toshkent viloyatining Qibray tumani, Baytqo‘rg‘on qishlog‘ida 
dehqon-bog‘bon oilasida tug‘ildi. O’rta maktabdan so‘ng Toshkent pedagogika institutiga 
kirib o‘qidi. Uni muvaffaqiyatli tugatgach, avval «Lenin uchquni» (1960— 1965), so‘ng 
«Sovet O’zbekistoni» (1965—1972) ro‘znomalarida bo‘lim boshlig’i bo‘lib ishladi. 1972—
1982) yillarda qariyb o‘n yil mobaynida Respublika partiya Markaziy qo‘mitasida, so‘ng 
O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida kotib xamda umrining oxirigacha «Sovet 
O’zbekistoni» ro‘znomasida bosh muharrir vazifalarida ish olib bordi.
Adib ijodining boshlanishi asosan 50-yillarning so‘nggi, 60-yillarning boshlariga to‘g‘ri 
keladi. U avval hikoyanavis, so‘ng qissanavis va pirovard romannavis sifatida el-yurtga 
tanildi. Uning birinchi hikoyalar to‘plami 1964 yilda «Guldasta» va 1965 yilda «Bas 
boylashgan bola» nomlarida nashr etiladi. 1970 yilga kelib, «Bahor chaqmoqlari» nomi 
bilan mazkur asar va bir qator hikoyalar jamlanib to‘plam holida nashr bo‘ladi. So‘ngra, 
adibning «Notinch kecha» (1976), «Sirli sohil» (1981) kabi ikkita hikoyalar to‘plami 
o‘quvchiga taqdim etildi. Ushbu hikoyalarda adibning ma’naviyat, odamiylik va insoniylik 
haqidagi xulosalari rang-barang obrazlar timsolida, hayotiy detallarda umumlashtiriladi. 
U qissanavis sifatida «Bahor chaqmoqlari» (1970) dan so‘ng «Kishan», «Qismat» kabi 
bir qator jiddiy asarlar ham yaratdi. Har ikki asar ham kitobxon va adabiy tanqid 
tomonidan yaxshi baholandi. Shuni aytish kerakki, adib O’ktam Usmonov ijodi 
jarayonida «Girdob» (1979) romani alohida rol o‘ynaydi. Unda bir qator olimlar 
xarakterini yaratish misolida adolat bilan nohaqlik, sadoqat bilan xiyonat o‘rtasidagi 
kurash jarayoni zamonaviy ruhda mahorat bilan umumlashtirilib beriladi. Shuning uchun 
ham mazkur roman 1980 yilgi Oybek mukofotiga sazovor bo‘ladi. 
Yozuvchining bir qator asarlari, jumladan, «Chest» (1977), «Rasskazi (1983), 
«Nayedine» (1982) «Ojidanie” (1986) kabi hikoya va qissalari, romanlari rus va qardosh 
tillarda chop etilgan. Adib 1990 yil 3 yanvarda hayotdan ko‘z yumdi. U qoldirgan 
madaniy meros esa undan yodgorlik bo‘lib qoldi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin