www.ziyouz.com кутубхонаси
119
ABDULLA ORIPOV (1941) Abdulla Oripov Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko‘z qishlog‘ida dehqon
oilasida 1941 yili dunyoga keldi. Obidiyda qishloq sovetidagi o‘rta maktabni 1958 yili
oltin medal bilan tugatgach, O’rta Osiyo Davlat dorilfununi jurnalistika bo‘limiga kirib,
uni 1963 yili muvaffaqiyatli bitirib chiqdi.
1963 yildan buyon turli nashriyotlarda muharrirlik, Yozuvchilar uyushmasi kotibi,
mualliflar huquqini himoya qilish idorasining rahbari vazifalarida xizmat qili! kelmoqda.
A.Oripovning talabalik yillarida yaratilgan she’rlari respublika vaqtli matbuotida bosilib
chiqdi. 1965 yili birinchi she’rlar to‘plami «Mitti yulduz» chop etildi, shundan buyon
shoirning «Ko‘zlarim yo‘lingda» (1967), «Onajon» (1969), «Ruhim» (1971),
«O’zbekiston», «Qasida» (1972), «Xotirot» (1974), «Yurtim shamoli» (1974), «Hayrat»
(1979), «Hakim va ajal» (1980) «Najot qal’asi» (1981), «Yillar armoni» (1983) she’riy
to‘plamlari bosilib chiqdi. Mazkur to‘plamlarga kirgan she’rlarni ko‘zdan kechirar
ekanmiz, unda shoirning she’rdan she’rga, to‘plamdan to‘plamga, yildan yilga o‘sib,
ijodiy barkamollashib borganligiga guvoh bo‘lamiz.
Ayniqsa, 60-yillardan keyingi asarlarida hayot va odamlar haqidagi jamiyat va tabiat
haqidagi falsafiy mushohadalarning tobora chuqur tus olayotganligi seziladi. Kuchli
ehtirosli tuyg‘ular bilan badiiy talqin birbiriga uyg‘unlashib boradi. Bu, bora-bora teran
fikrlash bilan yuksak badiiylikning omuxtasiga aylanadi, shoirning kamolotidan darak
beradi. U ona obrazini chizadimi, birinchi muhabbatga sodiq lirik qahramon obrazini
yaratadimi, O’zbekiston haqida kuylaydimi, olam va odamlar haqida she’r to‘qiydimi,
hamma-hamma o‘rinda hayot haqiqati bilan badiiy haqiqatga sodiq qoladi. Hatto eng
qatag’onlik yillarida ham rostini, ha kuchi yetganicha, imkoni boricha va pardalarda
bo‘lsa ham rost so‘zladi, shoir. «Toqat» she’rida ham shu ruh sezilib turadi.
Bozordan tutoqib qaytar uyga chol, Go‘sht qayda? Yog‘ qani? Va’da so‘zdami? Kampiri xo‘rsinib yupatar darhol. — O’kinmang, taqchillik faqat bizdami?? Abdulla Oripov she’riyatining hozirgi bosqichi yana ham o‘zgacha, ma’naviy-badiiy
jihatdan yuksaklikka ko‘tarilmoqda. Uning «Haj daftari» (1992)ga kirgan «Hadis»lari
ham buni to‘la tasdiqlaydi. Hozirgacha u 50 ta hadis-she’r yaratgan bo‘lsa, kelgusida uni
yuzga yetkazmoqchi. U mustaqil O’zbekiston madhiyasining muallifi hamdir. Eng
muhimi, unda shoir Qur’oni karim va hadisi shariflardagi ma’naviyatni qayta, zamon
ruhida tiklash, yangi bosqichga ko‘tarishga intilyapti.
Abdulla Oripov iste’dodli shoir bo‘lganidek, iste’dodli tarjimon hamdir. U Dantening
«Ilohiy komediya» asarini o‘zbek tiliga yuksak mahorat bilan o‘girdi. Abdulla Oripov
Nekrasov, L.Ukrainka, Shevchenko asarlarsh ham ona tiliga tarjima qilgan.
Ijodkorning she’riy majmualari rus va boshqa qa dosh xalqlar tillariga tarjima qilingan
va alohida kitob holida nashr etilgan.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993