www.ziyouz.com кутубхонаси
118
OMON MUXTOR (1941) Ham shoir, ham nosir, ham dramaturg Omon Muxtor 1941 yili Buxoroda tavallud
topgan. O’rta maktabni tugatgach, bir necha vaqt nashriyotlarda adabiy xodim,
O’zbekiston radio, televidenie Davlat Komiteti, «O’zbekfilm» hamda G’afur G’ulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir bo‘lib ishlaydi. Hozirgi kunda esa
«Sharq yulduzi» oynomasida bosh muharrir o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Uning ijodi garchi 50-yillarning oxirlaridan boshlangan bo‘lsa ham, birinchi «Chorlar
quyoshli yo‘llar» she’riy to‘plami 1965 yilda chop etiladi. Shundan so‘ng u hikoyanavis,
qissanavis, romannavis, shoir va dramaturg sifatida yigirmadan ortiq kitob nashr
ettiradi. Jumladan, «Nigoh» (1968), «Qushlar va tushlar» (1971), «Shaharlik kelinchak»
(1973), «Hayot darvozasi» (1978), «Buxorolik donishmand» (1982), «Volshebnik»
(1986), «Bolalikka sayohat» (1984) kabi hikoyalar to‘plami, pguningdek, «Uchqur
poezdlar» (1981), «Vazifa» (1988) kabi hikoyalar, qissalar majmuasini chop ettirdi. U
ayni chog‘da romannavis sifatida ham o‘zining «Yillar shamoli» (1976), «Egilgan bosh»
(1989), «Ming bir qiyofa» (1992) kabi epik asarlarini yaratdi. Shuningdek, «Ohang»
(1974), «Yog‘du» (1979), «Marvarid» (1985), «Shiddat» (1990) kabi she’riy to‘plamlar
O.Muxtor qalamiga mansub.
Ayni chog‘da u bolalar uchun «Buvim ertak aytadi” (1971), «Kunlardan bir kun»
(1985), «Ming yilda] so‘ng» (1991) kabi she’r, ertak va hikoyalar to‘plamlari ni sovg‘a
etgan. «Egilgan bosh» romani uchun 1990 yili Yozuvchilar uyushmasining adabiy
mukofotiga sazovor bo‘ldi. Adib tavalludining ellik yilligida (1991) unga O’zbekistonda
xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi faxriy unvoni berildi. Asarlari rus va qardosh tillarga tar
jima ham etilgan.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993