Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
122
MINHOJIDDIN HAYDAR 
(1941) 
Jurnalist va shoir Minhojiddin Haydar 1941 yilning 3 may kunida Andijon viloyati, 
Oltinko‘l tumani Maslahat (To‘n ko‘ygan) qishlog‘ida tavallud topgan. To‘liqsiz o‘rta 
maktabdan so‘ng Andijon meditsina bilim yurtida (1958—1960) o‘qiydi. 1963—1968 
yillarda esa Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakultetida tahsil ko‘radi. So‘ngra 
«O’zbekiston madaniyati» (hozirgi «O’zbekpston adabiyoti va san’ati») ro‘znomasida, 
«Yosh gvardiya» va G’afur G’ulom nashriyotida yetakchi muharrir bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi kunda esa u O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi qoshida «Minhoj» saxovat 
nashriyotini ochib, unga o‘zi rahbarlik qilib kelmoqda. Mazkur nashriyot esa xalqimizning 
boy tarixi, madaniy merosiga oid noyob asarlarni chop etish bilan katta xayrli ish 
qilmoqda. 
Uning birinchi she’riy to‘plami 1971 yilda «Inson yuragi» nomi bilan chop etiladi. 
So‘ngra uning «Nina ustida qasr» (1979), «O’chmas bo‘ron» (1979), «Tirik alanga» 
(1984), «Bulbulsiz» (1991) kabi bir qator she’riy to‘plamlari va 1992 yilda «Musallo» 
nomli publitsistik asarlari bosilib chiqadi.
U tarjimon va dramaturg sifatida ham sermahsul ijodkordir. Jumladan, «Onaizor» 
(1970), «Do‘zaxdagi shayton» (1976) kabi she’riy dramalari va pamfletlari kitobxon va 
tomoshabinda katta qiziqish uyg’otgan. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
123
MASHRAB BOBOYEV 
(1941) 
Adib Mashrab Boboev o‘z tengdoshlari orasida ko‘p qirrali ijod sohibi ekanligi bilan 
farqlanib turadi. U bir vaqtning o‘zida kattalar va bolalar uchun she’r yozadi — shoir. 
Ayni paytda hikoyalar, qissalar muallifi — nosir, Yana sahna asarlari yozadi — dramaturg 
ham.
U 1941 yili Samarqand viloyatishgag Poyariq tumanida oddiy dehqon, bog‘bon 
oilasida tavallud topgan. O’rta maktabni tugatgach, jamoa xo‘jaligida avval traktorchi, 
keyin esa kutubxonachi bo‘lib ishlaydi. 1958—1960 yillarda madaniy-oqartuv bilim 
yurtida, so‘ng Toshkent Teatr va rassomchilik instituti kechki bo‘limida tahsil ko‘radi. 
Institutni tugatgach, Samarqand viloyati xalq ijodiy uyiga rahbarlik qiladi. Tuman, 
viloyat, radio va ro‘znomalarda muxbir bo‘lib ham o‘z faoliyatini davom ettiradi. 
Toshkentga kelgach, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida, G’.G’ulom nomli Adabiyot 
va san’at nashriyotida, «Yosh gvardiya» nashriyotida muharrir, «Sharq yulduzi» 
oynomasida adabiy xodim bo‘lib ishlaydi. Hozirgi kunda shoir va dramaturg Mashrab 
Boboev Madaniyat ishlari vazirligida ishlamoqda. 
Mashrab Boboev shoir va adib sifatida 60-yillardan boshlab matbuotda ko‘rina 
boshladi. Uning «Onamga xat» nomli birinchi she’riy to‘plami 1971 yilda nashr etiladi. 
So‘ngra «Bahor kayfiyati» (1972), «So‘z» (1978), «Olisdagi chiroq (1981), «Bag‘ishlov» 
(1984), «Men bilgan sir» (1991) kabi bir qancha she’riy to‘plamlari bosiladi. To‘plamdan 
o‘rin olgan deyarli barcha she’rlarda shoir yaxshi odamlar, urf-odatlar, beg‘ubor sevgi-
muhabbat, kelajak orzular haqida to‘lib-toshib kuylaydi. 
Mashrab Boboev bolalar shoiri sifatida «Paxtam mening — baxtim mening» (1975) 
kabi qiziqarli she’riy majmua ham yaratgan. 
Adib yosh, iste’dodli dramaturg sifatida ham el-yurtga tanilgan adiblardan biri. U 
o‘ndan ortiq sahna asarlari yaratgan bo‘lib, bular orasida «O’ttiz yoshlilar» (1976), «Yer 
tomiri» (1979), «Gurung» (1979), «Onaizor» (1985), «Yashasin, afandi» (1985), 
«Mushkul savdo» (1989) kabi pesalari ko‘pchilikka manzur bo‘lgan. Dramaturg ushbu 
p’esalarni «Qani, mening yulduzim» (1987), «Nomsiz yulduzlar» (1991) nomi bilan 
to‘plam holida nashr ettirgan. Shular qatori «Iroda» (1986) nomli telespektakl, «Sevgi 
nidosi» (1991, «Sab’ai sayyor» asosida) telebaletining ham muallifidir. 
U mohir tarjimon, o‘tli publipist sifatida ham barakali ijod qilib kelmoqda. Xususan, u 
V.Katayevning «Xayol chechaklari» (1976), O. Chiladzening «Rangin dunyo» (1973), M. 
Bsisuning «Tashrif qog‘ozi” (1978) kabi asarlarini ham o‘z tiliga ag‘dargan. Mashrab 
Boboev ko‘p qirrali va sermahsul iste’dod egasi sifatida hozirgi adabiy jarayonda o‘z 
ovoziga ega adiblar sirasiga kiradi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin