Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
125
OYDIN HOJIYEVA 
(1942) 
O’zbekiston xalq shoirasi Oydin Hojiyeva 1942 yili Buxoro viloyatining Qiziltepa 
tumani Bo’ston qishlog’ida tug’ilgan. 1960 yili o‘rta maktabni kumush nishon, 1966 yili 
Toshkent Davlat dorilfununining filologiya kulliyotini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 
1905—1976 yillar «Sharq yulduzi» oynomasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, 1976—
1985 yillar «Saodat» oynomasida bo‘lim mudiri, tahririyat a’zosi, 1985 yildan to hozir 
gacha «Gulxan» bolalar oynomasi bosh muharriri, 1971 
yildan Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, 20 dan ortiq she’riy to‘plam muallifi. 
Oydin Hojieva ijodi garchi 60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lsada, uning 
birinchi she’riy to‘plami 1970 yilda «Shabnam» nomi bilan chop ettiriladi. So‘ngra 
«Manzillar» (1975), «Men sevgan qo‘shiq» (1972), «Zar kokil qiz va quyosh» (1972), 
«Utrennyaya rosa» (1973, rus tilida), «Orzu guli» (1975), «Navo» (1977), «Tarovat» 
(1978), «Buvisining o‘z qizi» (1979), «Dostonlar» (1980), «Xushxabar» (1983), 
«Mushfiq onajon» (1983), «Tamal toshi» (1989), «Saylanma» (1989), «Najot» (1991), 
«Olisdan kelgan ovoz» (1991) kabi ko‘plab she’riy guldastalari dunyo yuzini ko‘rdi. Ular 
orasida «Chashmalarni izlayman» (1987) kabi publitsistik asarlar majmuasi, bolalar 
uchun yozilgan ajoyib she’rlar ham bor. 
Uning deyarli barcha to‘plamlarida pokiza va mehribon, kechirimli va sadoqatli ona 
tuyg‘ulari, vafodor yor, didli, farosatli va nozik ta’b shoira qalbi jo‘sh uri turadi. Ayni 
chog‘da dunyo voqealariga hamdardlik, insonlar mushkulini yengillatish uchun kurash, 
o‘z ona xalqi, ona tuprogi, madaniy merosiga mehr alohida yangrab turadi. 
Shoiraning eng keyingi «Istiqlolga qasida» nomli she’rida shu ona zaminga, ona 
xalqqa va uning kelajagi taqdiriga jonfidolik alohida eshitilib turdi. U mohir shoiragina 
emas, ajoyib publntsist, tarjimon hamdir. Ayni chog‘da uning asarlari qator qardosh tillar 
va rus tiliga tarjima bo‘lgan. Ana shu faol va samarali ijodi unga O’zbekiston xalq 
shoirasi (1992) degan sharafni keltirdi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin