www.ziyouz.com кутубхонаси
135
HALIMA XUDOYBERDIYEVA
(1948)
Ehtirosli shoira, jurnalist, mushohadanavis, faol jamoatchi, O’zbekiston Respublikasi
xalq noibi, Respublika Prezidentlik Kengashining a’zosi, «Saodat» oynomasining bosh
muharriri, Respublika xotin-qizlar Kengashining raisi Halima Xudoyberdiyeva 1948 yili
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida oddiy dehqod oilasida tavallud topgan. O’rta
maktabni tugatib, 1968—1972 yillar mobaynida Toshkeit Davlat dorplfununida ta’lim
olgan. So‘ngra «Saodat» oynomasida bo‘lim boshlig‘i, muharrir o‘rinbosari vazifalarida
ishlagan. 1975—1977 yillarda esa Moskvadagi Oliy Adabiyot kursida o‘qigan. O’qishdan
qaytgach, 1978—1982 yillarda «Yosh gvardiya» nashriyotida bo‘lim boshlig‘i sifatida
faoliyat ko‘rsatgan.
Uning ijodi 60-yildardan boshlangan bo‘lib, hozirgacha yigirmaga yaqin she’riy,
publitsistik asarlar to‘plami nashr etilgan. Uning birinchi she’riy to‘plami «Ilk muhabbat»
1969 yilda nashr etildi. Shundan so‘ng «Oq olmalar» (1973), «Chaman» (1974),
«Suyanch tog’larim» (1976), «Gordost» (1976), «Bobo quyosh» (1977), «Issiq qor»
(1979), «Beliye yabloki» (1980), «Sadoqat» (1983), «Muqaddas ayol» (1988),
«Yuragimning og‘riq nuqtalari» (1991) kabi she’riy, publitsistik asarlar to‘plami chop
etildi.
Shoira Halima Xudoyberdiyeva she’riyatinnng mavzu va ma’no ko‘lami nihoyatda
keng va chuqurdir. Uning she’rlarida go‘dak, ayol, ota-ona, yer-suv, tabiat va tog‘u tosh
va qushlar taqdiri, ularning yashash tarzi, tabiati, holati ifodalanadi desa bo‘ladi. Yaxlit
holda inson, tabiat va janiyat muammolarining deyarli barcha ko‘rinishlari shoirani
hayajonga soladi. Tuproq, ona yer va inson taqdiri bir butunlikni tashkil etadi. Shu
boisdan ham u bir she’rida «Men shu tuproq kuychisiman» deb g’ururlapadi. Eng
muhimi, shoir nima haqida, kim to‘grisida yozmasin, ko‘pincha ichki yoki tashqi, ruhiy
holatlarni chizishdan ko‘ra, o‘y-mushohadalar ziddiyatlarini chizishga ishtiyoq kuchli. Shu
boisdan bo‘lsa kerak, shoirani mushohadanavis adiba ham deyishadi. Mana shu holat va
she’riyatidagi soddalik, samimiylik kitobxonni ham o‘ziga jalb etadi:
O’quvchim, to‘kildi og’u bilan bol,
Men she’r deb atadim uning otini.
Hayajonli kunlar mevasini ol.
Ol, uyqusiz tunlar mukofotini.
Ha, shoiraning barcha she’rlari, to‘plamlari ana shu dardli, hayajonli kunlar va tunlar
mevasidir.
Halima faqat shoiragina emas, otashnafas publitsist hamdir. Ayniqsa, uning
«Yuragimning og’riq nuqtalari» to‘plamiga kirgan barcha asarlarida zamonamizning eng
dolzarb muammolari haqida mushohada yuritiladi. Ularda Ona, Ayol, Ezgulik, Bolalik va
Kelajak bosh qahramon sifatida namoyon bo‘ladi.
Halima Xudoyberdieva faqat otashnafas shoira, publitsistgina emas, mohir tarjimon
sifatida ham barakali ijod qilmoqda. Xususan, uning Fazu Alieva, Silva Kaputikyan,
Ibrohim Yusupovlardai qilgan tarjimalari e’tiborlidir. Atoqli adiba Zulfiya so‘zlari bilan
aytganda, Halima «Tuyg’u, o‘ylar, toshqin hislar» bilan to‘la she’riyat ijodkoridir. Unga
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
136
«Muqaddas ayol» she’riy to‘plami uchun 1990 yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat
mukofoti berildi. 1992 yilda esa O’zbekiston Respublikasi xalq shoirasi degan yuksak
unvonga sazovor bo‘ldi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: |