Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
131
HOJIAKBAR SHAYXOV 
(1945) 
Hojiakbar Shayxov fantast yozuvchi, sehrli adabiy janr ijodkori. U Xitoy Xalq 
Respublikasining Chuguchak shahrida 1945 yilning 25 martida tugilgan. O’rta maktabni 
bitirgach, 1964—1967 yillarda sobiq Sovet Armiyasi saflarida xizmat qilgan. 1967—1971 
yillarda Toshkent politexnika oliy bilimgohida tahsil ko‘rgan. So‘ngra, 1971—1978 yillar 
mobaynida elektr tarmoqlari idoralarida, O’zbekiston Fanlar akademiyasining Elektronika 
institutida ishlagan. 1978 yilda «Yosh gvardiya» nashriyotida bo‘lim boshlig’i, 
O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi birinchi kotibining ijodiy ishlar bo‘yicha muovini 
bo‘lib xizmat qilgan. Hozirgi kunda u «Sirli olam» oynomasi va uniig ilovasi bo‘lmish 
«Qalb ko‘zi» ro‘znomasining bosh muharriri, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi taftish 
hay’atining a’zosi. 
U yozuvchi sifatida 70-yillar boshida adabiyotga kirib kelgan. Shu vaqtgacha uning 
o‘ttizga yaqii kitoblari chop etilgan. Jumladan, «7-SER»—ilmiy-fantastik hikoya va 
qissalari (1972, hamkorlikda yozilgan), «Rene jumbog’i — ko‘lanka» (1980), «Olmos 
jilosi» (1983), «Telba dunyo» — roman (1990), «Ko‘z» — qissa (1986) kabi asarlari 
kitobxonlarning sevimli asarlariga aylanib qolgan. Shuningdek, u «Umid sayyorasi», 
«Uyg’ongan vijdon», «Olis sayyorada», «Nishon», «Olovdan chiqqan odam», «Darxon 
qo‘shig’i» kabi o‘nlab hikoyalar muallifi hamdir. 
Hojiakbar Shayxov mohir tarjimon sifatida o‘nlab qardosh va chet el adiblari asarlarini 
o‘zbek tiliga o‘girgan. Ayni chog‘da u munaqqid, olim va adabiyotshunos sifatida 20 dan 
ortiq maqolalar yaratgan. Ular orasida fantastika, folklorshunoslik va mifologiyaga oid 
maqolalari e’tiborlidir. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
132

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin