www.ziyouz.com кутубхонаси
130
TURSUNOY SODIQOVA (1944) Shoira Tursunoy Sodiqova nozik ta’b, o‘tkir didli, nafosatli adibalarimizdan biri. U
1944 yili Toshkentda tavallud tongan. Urush davri farzandi. Binobarin, hayotning
achchiq chuchuklaridan boxabar. Shuning uchun ham uning she’rlarida umid, e’tiqod,
yaxshi odamlar va yaxshi kunlarga ishonch bosh o‘rinda turadi.
U o‘rta maktabdan so‘ng 1961 — 1966 yillarda Toshkent Davlat dorilfununida tah'sil
olgan. Dastlabki mashqlari shu yerda paydo bo‘lgan. Bo‘lg‘usi shoira avval maktablarda,
so‘ngra yoshlar tashkilotlarida ishlagan. Hozirgi kunda esa Andijon Davlat Tillar
institutida talabalarga saboq bermoqda. Filologiya fanlari nomzodi. Uvali-juvali, viloyat
va respublikada yaxshi tanilgan, e’tiborli jamoatchi hamdir.
Uning birinchi she’ri 1961 yilda «Lenin uchquni» ro‘znomasida bosilgan. Hozirgacha
beshdan ortiq to‘plamlari chop etilgan. «Qizlar daftari» (1973) she’riy turkumining
tashkilotchilari va mualliflaridan biridir. Shoiraning birinchi she’riy guldastasi «Kuy» nomi
bilan 1978 yilda chop etilgan.
Ha, chindan ham yaxshi she’r — orombaxsh kuydek kishiga huzur bag‘ishlaydi.
Tuyg‘ularni qitiqlab, orzu-o‘ylarga, xayollarga yetaklaydi. Tursunoyning ushbu |«Kuy»ini
o‘qisang, tinglasang arziydigan kuy. Kuy bo‘lganda ham orombaxsh kuy. To‘plamdagi
she’rlar bir-biridagi fikr va g‘oyani to‘ldirib boradi. Eng muhimi yangi-yangi fikr bo‘lib
tug‘iladi, fikrlarga, tuyg‘ularga yetaklaydi. «Ko‘zlarim» she’riga quloq soling-a:
Qarashlarim humorida emish allakim, Kimlargadir orom bo‘lib qo‘nar ko‘zlarim. Allakimni tentiratar hasad tunida, Do‘st qalbida kunduz misol yonar ko‘zlarim,— desa, «O’quvchimga» she’rida eidi yuqoridagidek maftunkor va afsunkor, jozibali va
sadoqatli yor timsolida emas, balki mehribon murabbiy, kechirimli ona sifatida namoyon
bo‘ladi. To‘plamdagi ko‘pchilik she’rlar katta bir dard bilan, zo‘r zarb bilan yozilganligini
his etish qiyin emas. Ma’lumki, ona mavzui muhabbat mavzui kabi boqiydir. Shoira ona
haqida kuylar ekan, hech kimni, hatto o‘zini ham takrorlamaydi. Loaqal uning
«Armonlarim» she’ridagi so‘nggi: «Uchrashmagan uchrashuvlar qoldi yo‘llarda...»
misrasiga e’tibor bering-a?! Ha, bu misrada qancha armonlar, o‘ylar, tuyg‘ular bor?
Xullas, Tursunoy she’rlari goh o‘ynoqi, sho‘x, shalolalardek zavqli, qudratli, ba’zi
she’rlari og‘ir, vaznin, o‘y-xayolga toldiruvchi, inson, hayot, muhabbat va taqdir haqida
yana ham chuqurroq o‘ylashga da’vat etuvchidir. U «Firoq» degan bir she’rida daryoga
murojaat etib: «Betoqatsan, toshqin oqasan» degan edi. Shoiraning keyingi «Iqbol»
(1984), «Dil gavhari» (1985) she’riy to‘plamlaridagi ko‘pchilik asarlarida ham ana shu
holat ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Mazkur to‘plamlarning birinchisida agar insoniy his-
tuyg‘ular, g‘urur, inson ve ezgulik, oliyjanoblik va chin muhabbat kuylansa, keyingi
guldastasida lirik, falsafiy ohangdorlik yetakchilik qiladi. Biz bu borada unga omad
tilaymiz.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993