Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
134
ANVAR OBIDJON 
(1947) 
Hajviy adabiyot an’analarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirib kelayotgan iste’dodli 
adiblardan biri Anvar Obidjon shoir, nosir va dramaturg sifatida o‘nlab to‘plamlar, 
kitoblar nashr ettirib ulgurdi. 
Anvar Obidjoya Fargona viloyati Oltiariq tumani Poloson qishlogida 1947 yilning 25 
yanvarida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topgan. U odatdagidek, o‘z hamkasblari kabi 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijodga kirib kelmadi. 1964 yilda o‘rta maktabni tugatgach, Samarqand 
moliya texnikumida o‘qidi. Harbiy xizmatdan (1966—1969) qaytgach, 1969—1971 
yillarda jamoa xo‘jadigida hisobchi, klub mudiri, tuman ro‘znomasi, viloyat radiosida turli 
vazifalarni bajardi. Ayni choqda Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetini 
sirtdan tamomladi. 1981 yildan boshlab u Toshkentga kelib, «Yosh gvardiya» nashriyoti, 
«Yosh kuch», «Mushtum», oynomalarida faoliyat ko‘rsatdi. Shu kunlarda u «Cho‘lpon» 
nashriyotining bosh muharriridir. 
Anvar Obirjon ijodi garchi 60-yillardan boshlangan. Birinchi «Shkafcham» nomli she’ri 
«G’uncha» jurnalida chop etilgan bo‘lsa ham, uning birinchi kitobi 1974 yilda «Ona yer» 
nomi bilan «Yosh gvardiya» nashriyotida bosilib chiqadi. Shundan buyon qariyb 20 yil 
davomida «Bahromning hikoyalari» (1981), «Olovjon va uning do‘stlari», (1983), «Ey, 
yorug‘ dunyo» (1983), «Ketmagil» (1985), «Bezgakshamol» (1985), «Alamazon i yego 
pexota». «Masxaraboz bola» (1980), «Juda qiziq voqea» (1987), “Oltin yurakli 
avtobola» (1988), «Dahshatli Meshpolvon» (1990) kabi she’riy va nasriy kitoblari chop 
etildi. Ulardan tashqari, adibning «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi», «Pahlavonning o‘g’irlanishi» 
kabi p’esalari sahna yuzini ko‘rdi. Mazkur asarlarning deyarli ko‘pchiligida odamlardagi, 
hayotdagi nopok tomonlar, illatlar, nuqsonlar goh achchiq, goh istehzoli, goh mayin kulgi 
vositasida fosh etib beriladi. Anvar Obidjon ijodi avji kamolat bosqichida. U o‘z ustozlari 
Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Ne’mat Aminov kabi iste’dodlar safini to‘ldiradi, deb 
ishonsa bo‘ladi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin