O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
129
ZOHIR A’LAM
(1943)
Yozuvchi Zohir A’lam urush davri farzandi, u 1943 yili Toshkentda tug’ilgan. O’rta
maktabni
tugatgach, kunduzlari Toshkent traktor zavodida ishlab, kechqurunlari esa
Toshkent Davlat dorilfununida tahsil oladi. Oliy o‘quv
yurtini tugatgach, sobiq Sovet
Armiyasi saflarida xizmat qiladi. So‘ngra Buxoro-Ural gaz o‘tkazgich magistralida
ishlaydi. «O’zbekiston»
nashriyotida, «Sharq yulduzi» oynomalarida faoliyat ko‘rsatdi.
Zohir A’lamning ijodi, aniqroga birinchi kitobi «Baxtli bilet» nomi bilan 1972 yilda
nashrdan chiqqan. Undagi ko‘pgina hikoya adib ko‘rgan, bilgan hayot va zamondoshlari
obrazini chizishga qaratilgan. So‘ngra 1978 yili «BAM ufqlari» (1978)
nomli ocherk va
hikoyalar majmuasini chop ettiradi. 1978 yilga kelib, uning «Muqaddima» qissasi
yaratiladi. 1981 yilda «Kiyik ko‘zi» nomi bilan hikoyalar to‘plami bosidadi. Va nihoyat,
1987 yilda «Afandining qirq bir pashshasi» nomli qissasi nashr bo‘ldi.
Mazkur hikoya,
qissalarida muallif hayot va odamlar, tabiat va jamiyat muammolari haqida,
imon va
diyonat, jaholat va pastkashliklar haqida hikoya qiladi. Yaxshilardan, yaxshi narsadardan
o‘rnak olishga, uning uchun kurashga da’vat etadi.
U tarjimon sifatida ham ancha asarlarni o‘zbek tiliga o‘girgan.
Bular orasida
S.Zaliginning «Komissiya» romani ajralib turadi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: