www.ziyouz.com кутубхонаси
140
MIRPO’LAT MIRZO (1949) Shoir Mirpo‘lat Mirzo 1949 yil 20 avgustda Chimkent viloyatining Sayram qishlog’ida
oddiy dehqon oilasida tug’ildi. O’rta maktabni tutatgach, o‘z tengdogdlari kabi Toshkent
dorilfununining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirdi va uni 1971 yilda tugatdi. Uning
mehnat faoliyati «Yosh gvardiya» (1971) nashriyotidan boshlandi. U O’zbekiston
Yozuvchilari uyushmasida adabiy maslahatchi, «Yozuvchi» nashriyotida bosh muharrir
bo‘lib ishladi, Hozirgi kunda Yozuvchilar uyushmasining kotibi vazifalarida ishlab
kelmoqda.
Mirpo‘lat Mirzoning ijodi dorilfunundagi talabalik yillaridayoq boshlangan edi. Uning
dastlabki she’riy turkumi 1971 yilda «Guliston» oynomasida shoir Abdulla Oripovning
fotihasi bilan nashr etildi. Ilk she’riy to‘plami 1975 yillarda nashr etilgan bo‘lib, so‘ng
«Ishq fasli» (1978), «Yaxshi kunlar» (1981), «Sunbula» (1985), «Moviy daryo» (1988),
«Atirgul va yulduzlar» (1990) kabi bir qator to‘plamlari chop etildi. Mazkur she’riy
to‘plamlarida muallif o‘z xalqi, ona-Vatan dardi va kelajagini, g’alayonli davr kishilarining
murakkab ichki olami, his-tuyg‘ularini, ozod o‘lkasida, xalqi ruhiyatida shakllanayotgan
istiqlol iftixorini kuylashga intiladi.
Kurash ummonining bir mavjiman — men, Mavjlarning balandi, baravjiman — men, Tagor she’ri, Iqbol sadosi — menman, Erk uchun yonganning nidosi — menman!. Yangi zamon keldi! Keldi yangi zamona! Ha, shoir davr ovozi, istiqlol da’vatkori, nurli kelajak oshig‘idir.
Shoir publitsist va dramaturg sifatida ham qalam tebratmoqda. Mirpo‘lat Mirzo
tarjimon hamdir. U A.S. Pushkin, B.Pasternak, A. Tvardovskiy, Ye.Yevtushenko, U.
Sulaymon, A. Vozpesenskiy kabi iste’dodli shoirlarning asarlarini o‘z ona tiliga mahorat
bilan tarjima qilgan. Shoir Mirpo‘lat Mirzo O’zbekiston Resiubdikasi madhiyasini yozgan
sovrindorlardan biri hamdir. U hamisha izlanishda. O’zi aytganday:
Ona yurtim, sening baxting deb, Men qo‘limga olganman qalam, Koshki o‘tli satrlar bitib, Aritolsam ko‘ksingdan alam.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993