www.ziyouz.com кутубхонаси
120
Abdulla Oripov — noyob iste’dod egasi. Chuqur falsafiyliklik, milliy g‘urur, isyonkor
ruh, diniy-axloqiy teranlik shoir she’riyati asoslarini tashkil etadi. O’zbek xalqining milliy
uyg‘onishi, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurash yo‘lida Abdulla Oripov shaxsi va o‘tkir
shetzriyati misli ko‘rilmagan o‘rin tutganini qavd etib o‘tish joiz. Uning asarlari o‘zbek
she’riyatini hamon boyitmoqda.
O’zbekiston xalq shoiri (1989) Abdulla Oripov munosib taqdirlangan. U Hamza
nomidagi Respublika Davlat mukofotining laureatidir.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
121
O’TKIR HOSHIMOV
(1941)
Talantli yozuvchi O’tkir Hoshimov 1941 yili Toshkentda ishchi oilasida tugildi. U o‘rta
maktabni bitirgach, 1959—1964 yillar Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakulteti
jurnalistika bo‘limida ta’lim oldi. Utkir Hoshimov «Toshkent haqiqati», «Srvet
O’zbekistoni», 1966 yildan «Toshkent oqshomi» ro‘znomasi muharririyatida bo‘lim
mudiri, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida bosh muharrir
o‘rinbosari vazifalarida ishladi. Hozirgi kunda «Sharq yulduzi» oynomasining bosh
muharriridir.
O’tkir Hoshimov o‘z ijodini she’r va ocherklar yozishdan boshladi. Uning birinchi
ocherklar to‘plami 1962 yilda «Po‘lat chavandoz» nomi bilan nashr etildi. So‘ngra «Cho‘l
havosi» (1963), «Odamlar nima derkin...», «Shamol esaveradi», «Bahor qaytmaydi»
(1970), «Qalbingga quloq sol» (1973), «Uzun kechalar» (1975), «Nimadir bo‘ldi»
(1976), «Quyosh tarozisi» (1980), «Dunyoning ishlari» (1982) hikoya va qissalar
to‘plamlari hamda «Nur borki, soya bor» (1979), «Ikki eshik orasi» (1986) romanlari
bosilib chiqdi. Hozirgi kunda uning «Uyqudagi tushlar» romani «Sharq yulduzi»
oynomasida bosilmoqda. Unda shaxsga sig‘inish va qatag‘onlik davri illatlari haqida
hikoya qilinadi. 1974 yili esa «Birovning tashvishi» nomly psixologik dramasi
sahnalashtirildi.
Bundan tashqari, O’tkir Hoshimov O’rta Osiyo respublikalarining qator teatrlarida
namoyish qilingan «To‘ylar muborak», «Sizdan ugina, bizdan bugina» kabi p’esalarning
muallifidir.
O’tkir Hoshimov E. Xeminguey, K. Simonov, A. Kuprin, O.Bergolts singari yozuvchilar
asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Asarlari qardosh xalqlar va xorijiy tillarga tarjima
qilingan.
Ijodkor 80-yillar publitsistikasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan adiblardan biridir.
Uning odob-axloq, ma’naviy olam, milliy qadriyatlar, sho‘ro davri adolatsizliklarini dadil
yoritgan ocherk va teleko‘rsatuvlari bu davrning barkamol mevalaridir.
O’zbekiston xalq yozuvchisi (1991) O’tkir Hoshimov «Dunyoning ishlari» qissasi
uchun Oybek nomidagi (1982) hamda «Ikki eshik orasi» romani uchun Hamza nomidagi
Respublika Davlat mukofotiga (1986) sazovor bo‘lgan.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: |