Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
112
GULCHEHRA NURULLAYEVA 
(1938) 
O’zbek milliy adabiyotining hozirgi taraqqiyotini bir qadar iste’dodli adiba va 
shoiralarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bular orasida ona shoira Zulfiyadan tortib, Halima 
Xudoyberdieva, Oydin Hojiyevalar ijodi o‘zga bir olam. Gulchehra Nurullayeva ham ana 
shu zabardast bir she’riy guldastaga fayz kiritib turganlardan. U 1938 yilda Toshkent 
viloyatining Choshtepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi chor-nochor ro‘zg‘or tebratgan. Onasi 
esa uy yumushi bilan band bo‘lgan. 
Gulchehra Nurullayeva 1946—1956 yillarda o‘rta maktabda o‘qib, uni oltin medal 
bilan tugatgan. 1956-1961 yillarda esa Toshkent dorilfununining jurnalistika bo‘limini 
a’lo baholarda bitirgan. So‘ngra «O’zbekiston xotin-qizlari» (hozirgi «Saodat», 1961— 
1967) oynomasida o‘z faoliyatini boshlaydi. 1967—1969 yillarda Moskvadagi ikki yillik 
oliy adabiyot kursida tahsil oladi. 1967 yildan buyon Yozuvchilar uyushmasining a’zosi. 
Uning ijodi asosan 60-yillardan boshlangan bo‘lib, birinchi she’riy to‘plami «Quyosh 
tabassumi» (1965) nomi bilan chop etiladi. Shu kungacha o‘ndan ortiq to‘plamlar nashr 
ettirdi. 
«Ularga bu kunning nazari bilan qarab, — deb yozadi shoira o‘z tarjimai holida, — 
juda ko‘p she’rlarimdan voz kechib turibman. Umuman, O’zbekistonning mustamlaka, 
o‘zimning qul bo‘lib yashaganimni uzoq yillar bilmagan ekanman. Biz tashqi dunyodan, 
o‘tmishdan butunlay uzilgandik, imperiya mafkurasi ongimizga har tomonlama 
singdirilgandi. Shu tufayli hamma qatori pioner, komsomol, komfirqa a’zosi bo‘lganman. 
Xalqimiz Parkentda Komfirqa boshchiligida otilganining ertasigayoq partiya biletini 
tashladim. Yozuvchilarning 1991 yil oktyabr oyida bo‘lgan Qurultoyida menga berilgan 
Lenin komsomoli mukofoti va «Hurmat belgisi» ordenidan voz kechib, uni qaytarib 
berdim». Ha, shunday! 
Shoira ana shu shijoat, isyonkorlik, adolat uchun jonfidolilik o‘zi aytganidek, avvalgi 
ko‘p she’rlaridan ham voz kechishga olib keldi. Biroq, shoira nimadan, qaysi she’rlaridan 
voz kechmasin, eng muhimi o‘z xalqi uchun, uning porloq kelajagi, baxt-saodati uchun 
she’r yozishdan bir zum ham kecholmadi. 
Gulchehra Nurullayevaning «Orzularim qoqadi qanot» (1969), «Tashnaman» (1972), 
«Ikkinchi bahor» (1973), «Lirika» (1975), «Leti, moya mechta» (1972, rus tilida), 
«Bag‘ishlov» (1977), «Paxta hidi» (1981), «Nurli nuqtalar» (1986), «Muhabbatning 
suvrati» (1988) kabi to‘plamlariga kirgan o‘nlab, yuzlab she’rlari o‘zining otash nafasi, 
da’vatkorligi, samimiy va isyonkor ruhi bilan o‘z xalqi yuragidan chuqur joy olgan. Shoira 
uchun bundan ortiq baxt bormi?! U oilali. Turmush o‘rtog‘i — yo‘l injeneri, qizi dorilfunun 
talabasi, o‘g‘li esa rassom bo‘lmoqchi, talaba u. Shoira deydi: 
Kimga gul, kim uchun balki tikanman, 
Yurtim, xizmatingga yararmikinman?! 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin