Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
108
BAROT BOYQOBILOV 
(1937) 
Talantli shoir Barot Boyqobilov Samarqand viloyati Urgut tumanida 1937 yili tug‘ildi. 
U avval o‘rta maktabda, so‘ngra Alisher Navoiy nomli Samarqand Davlat dorilfununida 
ta’lim oldi. Bir qator ro‘znoma va oynomalarda ishladi. Ko‘p yillar partiya rahbarlik 
organlarida ham faoliyat ko‘rsatdi. U «Muloqot» oynomasining tashkilotchisi, birinchi 
bosh muharriri hamdir. 
Barot Boyqobilov talabalik yillaridayoq she’rlar yoza boshladi. Uning hozirga qadar 
yigirmadan ortiq she’riy to‘plamlari, jumladan, «Samarqand satrlari» (1962), «Visol» 
(1965), «Seni izlayman» (1968), «Samarqand ushshog‘i» (1969), «Afrosiyob» (1970), 
«Sonetlar» (1971), «Samar va Qand» (1973), «Sevgi xiyoboni» (1973), «Sharqiy 
kamalak» (1975), «Meni kuting, yulduzlar» (1976), «Visol va hijron» (1977), «Taburruk 
zamin» (1982), «Sonetlar» (1982), «Vatan tuprog‘i» (1983), «O’zbekistonda kim sokin 
yashaydi» (1990) kabi kitoblari nashr etildi. 
Barot Boyqobilov o‘zbek she’riyatida sonet janrining rivojlanishiga salmoqli hissa 
qo‘shib kelmoqda. Shoir o‘zi sevgan va tinimsiz mashq qilib kelayotgan sonet janrida 
juda ko‘p she’rlar yaratgan va uning o‘zbek she’riyatidagi imkoniyatini ko‘rsatib berdi. 
1971 yilda nashr etilgan «Sonetlar» kitobi bu fikrning yaqqol dalilidir. 
Shoirning sonetlari sodda uslubda yaratilgan bo‘lsa-da, ularda muhim mavzular 
yoritilgan. Vatanga muhabbat, insonning ma’naviy dunyosi, burch, sevgi, vijdon — 
bularning barchasi shoirni ilhomlantirgan manbalardir. 
Barot Boyqobilov o‘nlab poemalar, shuningdek, «Kun va tun», «Shukuhli karvon», 
«Yulduzli osmon», «Notinch Xuroson» kabi she’riy qissalarning ham muallifidir. 
Barot Boyqobilov Sarvar Azimov ijodi haqida monografiya hamda «Ijodning yulduzli 
onlari» essesini yaratgan. 
U tarjima sohasida ham barakali ijod qilib jahon hamda rus klassiklarining nodir 
asarlarini, zamondosh adiblarning mashhur asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girib 
kelmoqda. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin