Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
103
ERKIN VOHIDOV 
(1936) 
Hozirgi davr o‘zbek she’riyatining porloq yulduzlaridan biri iste’dodli shoir Erkin 
Vohidovdir. U 1936 yilning 28 dekabrida Fargona viloyati Oltiariq tumanida o‘qituvchi 
oilasida dunyoga kelgan. Erkin Vohidovlar oilasi 1945 yilda Toshkentga ko‘chib kelgach, 
bo‘lgusi shoir shu yerda o‘rta ma’lumot oladi.
1960 yilga kelib, u Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakultetini tugatadi
so‘ngra turli nashriyotlarda muharrirlik qiladi. Avval «Yosh gvardiya» nashriyotida 
(1960—1963, 1975—1982), so‘ng G’afur G’ulom nashriyotida (1963—1970) bosh 
muharrir, direktor bo‘lib ishlaydi. Ayni chog’da «Yoshlik» oynomasiga boshchilik ham 
qiladi. U KPSS safida bo‘lgan va keyinchalik undan voz kechgan. Hozirgi kunda esa u 
O’zbekiston Respublikasi xalq noibi sifatida Oliy Kengash rayosati Oshkoralik qo‘mitasi 
rahbaridir. U Respublika adiblar ittifoqi boshligi hamdir. U adabiyotimizning qutlug‘ 
dargohiga o‘sha o‘rta maktab quchogidaligidayoq o‘zining beg’ubor, mazmundor she’rlari 
bilan kirib kelgan. Shoir G’ayratiy rahbarlik qilgan adabiy to‘garaklarda pishgan, 
chiniqqan. Uning birinchi she’riy to‘plami 1961 yilda «Tong nafasi» nomi bilan bosilib 
chiqqan edi. Shundan buyon shoirning o‘ttizdan ortiq she’riy majmualari o‘z o‘quvchisiga 
yetib borgan. Jumladan, shoirning «Qo‘shiqlarim sizga” (1962), «Yurak va aql» (1963), 
«Mening yulduzim» (1964), «Nido» (1965), «Lirika» (1965), «Palatkada yozilgan 
doston» (1967), «Yoshlik devoni» (1969), «Charog‘bon» (1970), «Dostonlar» (1973), 
«Xrzirgi yoshlar” (1971), «Muhabbat», «Tirik sayyoralar» (1980) kabv she’riy 
guldastalari va dostonlari o‘z kitobxoniga manzur bo‘ladi. Shuni ham alohida qayd etish 
lozimki, shoir she’riyati o‘zining ikki muhim xususiyati bilap o‘zga tengdosh shoirlar 
ijodidan farqlanib turadi. Avvalo, Erkin Vohidov — shoir deganda klassik 
adabiyotimizning ming yillik go‘zal va boy an’analarini hozirya davrda yangi pog‘onaga 
ko‘tarayotgan falsafiy shoir ko’z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Qolaversa, inson va 
jamiyat muammosi shoir she’riyatining bosh o‘zagini tashkil etadi. U xoh tabiat haqida
xoh muhabbat haqida, xoh paxta va paxtakor haqida, xoh xorijiy mavzuda bo‘ladimi 
hamma-hamma o‘rinda jamiyat taqdiri, inson kelajagi haqida o‘zining falsafiy 
mushohadalarini o‘rtaga qo‘yadi. Shoir «Inson» she’rida: 
Sobitu sayyorada inson o‘zing, inson o‘zing 
Mulki olam ichra bir hoqon o‘zing, sulton o‘zing,— 
degan xulosaga kelishi ham fikrimizning dalili desa bo‘ladi. 
Erkin Vohidov faqat ijtimoiy-ishqiy she’riyat yaratib qolmay, balki hajviy-yumoristik 
she’rlar muallifi hamdir. Uning «Manfaat falsafasi», «Sen menga tegma», «Majlis qiling», 
«Donish qishloq latifalari» kabi she’rlarida ham kamoli inson uchun kurash muammosi 
bosh g‘oyani tashkil etadi. Erkin Vohidov bir qator ajoyib dramatik dostonlar muallifi 
sifatida ham ma’lum va mashhurdir. Xususan, uning «Ruhlar isyoni», «Istambul fojeasi» 
kabi dostonlari o‘zining badiiy barkamolligi, o‘tkir dramatik xususiyati bilan alohida 
ajralib turadi. Ayni chog‘da u mohir dramaturg hamdir. Uning «Oltin devor» asari ko‘p 
yillardan buyon Hamza nomli teatr sahnasidan tushmay kelishi ham shundandir. 
Erkin Vohidov otashin publitsist va adabiyotshunos sifatida ham samarali ijod qilib 
kelmoqda. Uning «Shoiru, she’ru, shuur» kitobi shundan dalolat beradi. Shu bilan birga 
u mohir tarjimon sifatida S. Yesenin, L. Ukrainka, M. Svetlov, A. Blok, R. Hamzatov, S. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin