www.ziyouz.com кутубхонаси
99
Normurod Narzullayev adabiyotga oid bir qator ilmiy, adabiytanqidiy maqolalar
muallifidir. «Xalq bulbuli», «Do‘stlik mushoirasi» hujjatli filmlari ssenariysi, «Vijdon
isyoni» dramasi ham uning qalamiga mansub.
Normurod Narzullayev «Narziy» taxallusi bilan qo‘shiqnavis shoir sifatida mashhur.
Uning she’rlari asosida yaratilgan ko‘plab qo‘shiqlar Butunittifoq va respublika
konkurslarida maxsus sovrin va diplomlar bilan taqdirlangan. Ayni paytda shoirning 200
dan ortiq qo‘shiqlari muvaffaqiyat bilan ijro etilmoqda.
Normurod Narzullayev badiiy tarjima sohasida ham samarali ijod etmoqda. Ayniqsa,
Osiyo va Afrika mamlakatlari shoirlarining ijodidan qilgan tarjimalari o‘zbek
kitobxonlariga manzur bo‘ldi.
Ijodkor 1974 yilda «Mehr chashmasi», «Zarafshon zarlari», «Ufqlarda ko‘zlarim»
she’riy to‘plamlari uchun O’zbekiston Lenin komsomoli mukofoti laureati unvoniga
sazovor bo‘lgan.
1984 yilda O’zbekiston respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy
unvoni berildi.
Normurod Narzullayev o‘z ovozi va ijod dastxatiga zga serqirra ijodkor bo‘lib, uning
asarlarida yuksak grajdanlik, samimiyat, burchga sadoqat, Vatanga muhabbat, jonajon
o‘lka tabiatiga, o‘z ona eliga maftunkorlik tuyg’ulari yetakchi o‘rinni egallaydi. Chindan
ham u o‘zi aytganidek:
Hayot bo‘lib keldim dunyoga,
Qo‘shiq bo‘lib qolayin, deyman!,— deganda haq.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
100
UCHQUN NAZAROV
(1934)
Uchqun Nazarov ko‘p qirrali ijod sohibi. U ham adib nosir, kinodramaturg, kinorejissor
1934 yili Toshkent shahrida tavallud topgan. O’rta maktabni tugatgach, Toshkent teatr
va rassomchilik oliy bilimgohishgag rejissyorlik bo‘limida tahsil olgan.
Avval Qo‘qon shahridagi Hamza drama teatrining bosh reyissyori, hozirgi kungacha
esa «O’zbek film» kinostudiyasining yetakchi mutaxassislaridan bo‘lib faoliyat ko‘rsatib
keladi.
Uning adib sifatidagi ijodining boshlanpshi 60-yillarga to‘gri keladi. U o‘zining
dastlabki «Odamlar» (1961) hikoyasi bilan keng kitobxonlarga, ustozlarga tanilgan.
Ulkan adib Abdulla Qahhor o‘sha yillarda yozuvchi O’lmas Umarbekovning
«Boboyong‘oq» hikoyasi bilan Uchqun Nazarovning mazkur «Odamlar» hikoyasini
yoshlarning eng yaxshi asarlari qatoriga qo‘shgan edi. Shundan buyon adibning
«G’urur» (1965, hikoyalar), “Jur’at” (1977, qissa va hikoyalar), «Sadoqat» (1965),
“Listopad» (1976,) Moskvada rus tilida nashr etildi. Shuningdek, adibning «Vernost»
(M., 1987, rus tilida) hikoya va qissalaridan iborat nasriy asarlari to‘plami chop etildi.
Uchqun Nazarov o‘zining “Iqror», «Odamlar», «G’urur» kabi hikoyalari bilan keng
kitobxonlar orasida munosib obro‘ topdi. Nasr sohasidagi uning so‘nggi va eng yirik asari
«Chayon yili» romani ham o‘quvchiga manzur bo‘ldi.
Ma’lumki, Uchqun Nazarov bir qancha sahna asarlari ham yaratgan bo‘lib, ular
orasida «Oina» (1987) dramasi shuhrat topdi va Hamza nomli drama teatrida
sahnalashtirildi.
U kinorejissyor, kinostsenarist sifatida ham barakali ijod qilib kelmoqda. Ayniqsa,
uning — «Surayyo», «Siz va yigit», «Shiddat», «Alangali sohil» va uch bo‘limdan iborat
«Qo‘qon voqeasi» kabi badiiy filmlari elga, tomoshabinga manzur bo‘lgan. Ana shu
so‘nggi filmi uchun unga 1977 yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti
berilgan. U «O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” hamdir. Eng muhimi, ijodkor qaysi
janrda, qanday mavzuda asar yozmasin, hamisha insoniylikni ulug‘lashga, ular
o‘rtasidagi mehr-oqibat va sadoqatni ehtiyot qilishga, o‘zaro birbiriga muruvvatli,
shafqatli bo‘lshnga chorlab keldi. Xuddi shu hol u yaratgan qahramonlarning ma’naviy-
axloqiy butunligini ta’minladi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: |