4
va bu jarayon hamda uning mahsulotlaridan xalq xo’jaligida foydalanish
imkoniyatlarini tahlil qilish dolzarb ahamiyatga ega. O’zbekistonda
garchi
harakatdagi va so’ngan vulqonlar uchramasa ham, ammo o’tgan geologik
davrlarda bu jarayon bizning hududimizda ham faol geologik jarayonlardan biri
bo’lgan. Mamlakatimizning ayrim hududlaridan topilgan
vulqon mahsulotlarini
aniqlash, undan xalq xo’jaligida foydalanish ham dolzarbdir. Mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan keng bunyodkorlik ishlari, qurilish materiallari bo’lgan
talabning oshib borishi hamda bu sanoatni rivojlantirish to’g`risida qabul
qilinayotgan
qarorlar, hukumat darajasida olib borilayotgan ishlar qurilish sanoati
xomashyosini qidirib topish zaruriyatini taqazo etmoqda. Vulqon mahsulotlari
qurilish sanoati uchun bebaho xomashyodir. Ayniqsa sement xomashyosi uchun
vulqon tufining ahamiyati beqiyosdir.
Bundan tashqari effuziv magmatizm haqida to’liq tushuncha beradigan o’zbek
tilidagi adabiyotlarning yo’qligini ham aytib o’tish lozim.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi vulqonlar faoliyati bilan bog`liq relyef
shakllarini o’rganish hamda ularning geografik tarqalishini tahlil qilish.
Ushbu bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi va maqsadidan kelib chiqqan
holda quyidagi
vazifalarni bajarish belgilab olindi:
Vulqonlarning paydo bo’lishi va rivojanishini o’rganish;
Vulkanizm jarayonida hosil bo’ladigan vulqon mahsulotlari tavsifini
keltirish;
Vulqon tuzilishini tahlil qilish;
Vulqonlarning tiplariyb o’rganish;
Vulqon otilishidan hosil bo’lgan relyef shakllariga tavsif berish;
Vulqonlarning geografik tarqalish qonuniyatlarinii tahlil qilish;
Bitiruv
malakaviy ishning amaliy ahamiyati shundaki, unda keltirilgan
ma’lumotlardan umumta’lim maktablarida geografiya fanini o’qitishda hamda oliy
ta’limda
geografiya, umumiy tabiiy geografiya, geologiya, geomorfologiya,
geofizika, geokimyo fanlarini o’qitishda qo’shimcha
manba sifatida foydalanish
mumkin.
5
Bitiruv malakaviy ish kirish, 2 bob, 5 qism, xulosa va takliflar,
foydalanilgan adabiyotlar hamda ilovalardan iborat.
Mening kelajagim o’qituvchilik kasbi bilan bog’liq ekanligini hisobga olib
bitiruv malakaviy ishni bajarish asnosida
adabiyotlar bilan ishlash, o’rganilgan
bilim bo’yicha xulosa chiqarish, nazariy bilimlarning amaliy ahamiyatiga baho
berishni o`rgandim. Bu ishda yaqindan ko`mak bergan, 4 yil o`zlarining bilim
va tarbiyalarini bizdan ayamagan kafedradagi barcha zahmatkash ustozlarimga
o`z minnardorchiligimni bildiraman.
Dostları ilə paylaş: