2-rasm. Vulqon bombasi.
Vulqonning suyuq mahsulotlariga turli tarkibli lavalar kiradi. Magmaning
16
yer yuzasiga chiqib quyilgan qismi lava deyiladi.
Lava lotincha “labes” so’zidan olingan bo’lib, “o’pirilish” ma’nosini
anglatadi. Lava vulqon kraterlari, yer yoriqlaridan oqib yoki otilib chiqadigan
olovsimon suyuq va qovushqoq modda (magma). Lavaning sovib qotishidan
effuziv tog` jinslari hosil bo’ladi.
Kraterdan chiqayotgan lavaning harorati 1000-1300
0
ga yetishi mumkin.
Lava oqimining usti sovib, qotib qolgandan keyin g`adir-budir po’st hosil qiladi.
Vulqon otilgandan so’ng bir yil o’tgach, po’stning tagida 20 m chuqurlikda lava
issiqligi 200-300
0
bo’lishi mumkin.
Lavaning kimyoviy tarkibi asosan quyidagilardan: kremnezyom (silikat
kislotasi), alyuminiy oksidi, temir oksidi, kalsiy oksidi, magniy oksidi, natriy
oksidi, kaliy oksididan iborat.
Lavaning harorati kimyoviy tarkibi va undagi gaz miqdoriga qarab keskin
farq qiladi. Macalan, Kamchatkadagi vulqonning andezitli lavasining harorati
700—750°, Lassen-Pik (Kaliforniya) dastit lavasiniki — 75°, Klyuchi Sopkasi
bazalt lavasiniki — 870—1200° .
3-rasm. Lava oqimi.
Tarkibidagi silikat kislota miqdoriga qarab asosli (SiO
2
< 52%), o’rta (SiO
2
> 65%) va nordon (SiO
2
< 65%) lavalarga bo’linadi.
17
Nordon lava (65—75%) dan obsidian, liparit, kvarsli porfir, felzit va boshqa
nordon vulkanitlar hosil bo`ladi. Bunday jinslar O`rta Osiyoda ham Qorjantov,
Chotqol, Qurama, Hisor tog` tizmalarida yuqori toshko’mir, perm, quyi trias
davrlari yotqiziqlari orasida uchraydi. Nordon lavalar quyuqroq bo’lgani uchun
katta maydonlarga yoyilmay do’nglik (gumbaz)lar hosil qiladi. Odatda, nordon
lavalar uchuvchan komponentlarga boy bo’lib, shiddatli vulqon otilishlarini
vujudga keltiradi. Nordon lavadan kvarstli porfir, liparit, dastit, felzitlar hosil
bo’ladi.
Asosli lava qotganda — bazalt, diabaz va boshqa jinslar, o`rta lavadan —
andezitlar, traxitlar hosil bo`ladi. Lava gazlarga boy bo`lsa pemza deb ataluvchi
g`ovakli jins hosil bo`ladi. Asosli va o’rta lavalardan bazalt, andezit va diabazlar
paydo bo’ladi.
Vulqon kraterlaridan yer betiga otilib chiqqan mahsulotlar effuziv jinslar
deb ataladi. Nordon lava ichida obsidian, liparit, kvarsli porfir, felzit va kvarsli
felzitlar ko’proq uchraydi. Bundan tashqari vulqondan otilgan va qattiq jinslardan
hosil bo’lgan tuf-brekchiya, tuf-konglomerat, tuf-qumtosh, tuf-alevrolitlar hosil
bo’ladi. Vulqondan chiquvchi suyuq jinslar ichida asos jinslardan bazalt, diabaz va
boshqalar, o’rta jinslardan andezit, porfirit, traxit, andezitli porfiritlar uchraydi.
Vulqon mahsulotlaridan o’ziga xos tog` jinslari hosil bo’ladi. Vulqon tog`
jinslari ya’ni vulkanitlar — vulqonlarning otilishidan paydo bo’lgan tog` jinslaridir.
Otilishi tarziga ko’ra, vulqon tog` jinslari 2 xilga bo’linadi: effuziv va
vulkanogenbo’lakli jinslar.
Effuziv vulqon tog` jinslari lavaning yer yuziga oqib chiqib qotishidan hosil
bo’ladi. Masalan bazaltlar, andezitlar, diabazlar, vulqon shishasi.
Vulkanogen-
bo’lakli jinslar vulqonning portlab otilishidan vujudga keladi. Bular o’z navbatida
ikkiga bo’linadi: bo’sh (vulqon kuli, qumi) va zichlashgan, sementlashgan (vulqon
tuflari, tuf brekchiyalari).
Effuziv jinslarning shakli lavaning yopishqoqligi va vulqon oblastlari
relyefiga bog`liq. Kam yopishqoq bazalt lavalari qoplam va oqimlar hosil qiladi.
18
Oqib chiqqan yopishqoq lavaladan gumbaz va ignasimon shakllar hosil bo’ladi.
Kanallardan oqib chiquvchi lava qotib, dayka va nekklar tarkib topadi.
Vulqon tog` jinslari qadimgi va zamonaviy vulqon oblastlarida ko’p
tarqalgan. O’zbekistonda qadimgi vulqon tog` jinslari Qurama, Chotqol, Hisor va
O’zbekistonning g`arbidagi tog`larda mavjud. Vulqon tog` jinslari bilan oltin
(Qo’shbuloq) polimetall va boshqa rudali konlar bog`liq. Ushbu tog` jinslari
ko’proq qurilish materiali, abraziv materiali sifatida ishlatiladi.
Vulkanogen cho’kindi jinslar — vulqon va cho’kindi materiallardan tashkil
topgan tog` jinslari bo’lib, vulqonlarning portlab otilishidan hosil bo’lgan qattiq,
bo’lakli va kimyoviy (suvda erigan) bo’lishi mumkin. Bo’lakli yoki piroklastik
materiallar (suyuq lava mahsulotlari, vulqon qattiq va boshqa jinslarning
maydalangani) bo’sh, palaxsalar, vulqon bombalari, lapillalar, vulqon qumlari va
kullari to’plamini tashkil etadi. Cho’kkan joylarida sementlashishidan yoki boshqa
joyga olib borib yotqizilganda toza, ko’pincha bir xil tarkibli, ozroq cho’kindi
mahsulotli (10% dan ko’p emas) vulkanogen cho’kindi jinslar vulqon tuflari hosil
bo’ladi. Ko’proq qo’shimchalar aralashganda tuffitlar va juda oz tuf komponentga
qo’shimchasi bo’lgan cho’kindi jinslar hosil bo’ladi. Bo’laklarning katta-
kichikligiga ko’ra vulkanogen cho’kindi jinslar dag`al bo’lakli (10 mm dan katta),
yirik (0,1—2 mm), o’rtacha (0,1—2 mm), mayda (0,01—0,1 mm) va juda mayda
(0,01 mm dan kichik) bo’lakli turlarga bo’linadi.
Mineral tarkibi bo’yicha, eng avvalo vulqon komponentining tarkibiga qarab
farqlanadilar. Issiq va suyuq holda otilgan jinslar suv ostida yoki quruklikda
yotqizilsa xemogen vulqonogen cho’kindi jinslar hosil bo’ladi. Masalan, ko’pchilik
yashmalar, ba’zi bir temir, marganes rudalari, fosforitlar va boshqalar kiradi.
O’zbekistonda Chotqol-Qurama tog`larida vulqon jinslari tarqalgan joylarda
vulqon tog` jinslari uchraydi.
Piroklastik jinslar (yunoncha rug — olov va Mao — sindiraman) vulqondan
otilib chiqqan mahsulotlar qotishidan paydo bo’lgan chaqiq tog` jinslari. Tarkibi
bazalt, andezit, liparit, traxitli vulqon jinslaridan iborat.
19
Vulqon otilganda chiqqan kul va har xil kattalikdagi jinslar aralash issiq
yomg`ir (harorati 500
0
gacha yetadi) o’simlik, qishloq va hatto shaharlarni vayron
etadi. Vezuviy vulqoni milodning 79-yilida to’satdan otilib, Gerkulanum, Pompeya
va Stabiya kabi shaharlarni xarobaga aylantirgan va ko’mib yuborgan.
Milodiy 79-yilning 24-avgustida bu vulqon otilganini 30 km uzoqlikdan
ko’rgan tarixchi Kichik Pliniy Rim yozuvchisi Tatsitga yozgan xatida ushbu
hodisani tasvirlab bergan: “Vezuviy ustida juda balandda bulut paydo bo’ldi. Bu
bulut juda baland qarag`ayga o’xshar edi. Bir zumda osmon quyuq kul qatlami
bilan qoplandi va atrofni qorong`ilik bosdi. Vulqon kuli va mayda qum, toshlar
yerga yog`ildi, tog` yonbag`irlari bo’ylab esa yallig`langan lava oqimi mavj urar
edi. Qisqa vaqt ichida dengiz bo’yida joylashgan Pompeya, Gerkulanum va
Stabiya degan shaharlarga kul va mayda toshlar yog`ila boshladi. Shahar lovillab
turgan suyuq lava oqimi bilan qoplandi”.
Vulqon kuli juda uzoq joylarga olib borib tashlashi mumkin. Masalan,
Italiyadagi Etna vulqonining kuli Afrikaning shimoliga yetib borgan.
Effuzim magmatizmdan hosil bo’lgan qattiq jinslarda har xil foydali
qazilmalar hosil bo’ladi va bu jarayon natijasida yer po’sti rivojlanadi. Masalan,
Olmaliq, Qoramozor va boshqa polimetall konlari o’rta va yuqori paleozoy erasida
vulkanizm jarayoni natijasida hosil bo’lgan.
Dostları ilə paylaş: |