3
KIRISH
Mamlakatimizning
kelajakdagi taqdiri, shubhasiz har tomonlama kamol
topgan iqtidorli yoshlarimizning
bilim saviyasiga, hayotning ulug`vor
yo’nalishlaridagi faolligiga bog`liq. Hozirgi davrda Oliy va o’rta maxsus ta’lim
vazirligi tomonidan xalqimizni nurli va istiqbolli yo’lga boshqaradigan uddaburon,
zukko yoshlarni tarbiyalashga va yetuk mutaxassislar tayyorlashga katta e’tibor
berilmoqda.
O’zbekistonda joriy etilayotgan ta’lim tizimi bo’yicha islohotlar yoshlarda
mustaqil fikrlash
qobiliyatini tarbiyalashda, bevosita yoshlarimizning tafakkuri,
ongi, ruhiyatini o’zgartirishga qaratilgan. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev
rahbarligida 2019 yilning 19 martida yoshlar bilan
ishlashni samarali tashkil
etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o’qishga qiziqishni
oshirish bo’yicha 5 ta tashabbus doirasida kitobxonlikning targ`ib
qilinishi ham
katta ahamiyatga ega.
Men bo’lg`usi geografiya fani o’qituvchisi sifatida kitobxonlik faqat badiiy
kitoblarni o’qish emas, balki har bir o’qituvchining o’z mutaxassisligi bo’yicha
chuqur izlanishi deb bilaman. Shu sababli men geograf
sifatida ona sayyoramizni
chuqurroq anglashga, uni bilishga harakat qilaman.
Ayniqsa Yerning ichki va
tashqi qismida sodir bo’ladigan turli geodinamik jarayonlar hamda hodisalar,
paleogeografik o’zgarishlar meni qiziqtirib keladi.
Shu ning uchun bitiruv
malakaviy ishimda endogen jarayon hisoblangan vulqonlarni,
ularning paydo
bo’lishi va rivojlanishi, oqibati va ahamiyatini o’rganishga jazm qildim. Ular hosil
qilgan relyef shakllari, umuman ichki va tashqi kuchlarning o’zaro
munosabatini
chuqur anglash mening kelajakdagi pedagogik faoliyatimda katta yordam berishiga
ishonaman.
Dostları ilə paylaş: