25
tipdagi vulqonlarga o’xshasa ham, ularning krateri quruq bo’ladi, bunday
vulqonlar
diaterm deb ataladi. Janubiy Afrikadagi dunyoga mashhur diatermlar
buning misolidir.
Ma’lum bo`lishicha, diaterm vulqonlar
harakatga kelganda magmadan
ajralgan ko`p miqdordagi gazlar yuqori bosim va harorat ta’sirida chuqur yer
yorig`idan zarb bilan ustki qatlamni irg`itib tashlaydi. Diatremning tuzilishi
silindrsimon bo`lib, uning yon atrofida va qisman ichida qumtosh,
ohaktosh,
o`zgargan jinslardan zmeevik va ularning parchalaridan hosil bo`lgan brekchiyalar
uchraydi.
Geyzerlar vulqon otilib turadigan joylarda vujudga keladi. Geyzer vaqt-
vaqti bilan otilib turadigan issiq suvlardir. “Geyzer” so’zi islandcha “geysir”
so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “shiddatli oqim” ma’nosini bildiradi.
Geyzerlar asosan, so’nish arafasidagi yoki yaqinda so’ngan vulqonlar yon
atrofida vujudga keladi. Yoriqlardan suv katta bosim va yuqori haroratda shiddat
bilan (qaynoq suv 20—40 m, bug` 150 m balandlikkacha) otilib chiqadi. Geyzer
suvi
nisbatan toza, bir oz minerallashgan (1—2 g/l). Kimyoviy tarkibi xlorid-
natriyli yoki xlorid-gidrokarbonat-natriyli. Silikat angidridi (SiO
2
) ko’p bo’ladi.
Vulqon kanalining og`zida va yon bag`rida geyzerit hosil bo’ladi. Geyzerlar
muntazam va nomuntazam turlarga bo’linadi. Geyzerning otilish sikli va alohida
bosqichlari
muntazam xilida doimiy, nomuntazamida o’zgaruvchan. Geyzer
bosqichlarining harakati bir necha minut yoki undan ko’proq davom etishi
mumkin. Tinchigan vaйti esa bir necha minutdan bir qancha soat yoki kun bo’ladi.
Geyzerlar quyidagicha vujudga keladi: Yer yoriqlarida qadimiy vulqon
kanallarida joylashgan suv avval tinch turib, uning usti soviydi, tagi esa issiq, hatto
bug` holatida bo’ladi. Bug` sovigan suvni yuqoriga
qattiq zarb bilan favvora
singari otadi. Bunday geyzerlar Rossiyaning Kamchatka yarimorolida, Islandiyada,
AQShning Yellouston milliy bog`ida va Yer yuzining boshqa joylarida uchraydi.
Kamchatka yarimorolidagi Geyzernaya daryo vodiysida o’nlab kichik va 20 ta
yirik geyzerlar bo’lib, eng kattalari Velikan, Troynoy, Fontan va boshqalardir.