27
II BOB. VULQON HOSIL QILGAN RELYEF SHAKLLARI
2.1 Vulqonlarning tiplari
Vulqon jarayonlarini va mahsulotlarini muttasil kuzatish va tekshirish
natijasida tarkibi uning har xil ekanligi aniqlanadi. Natijada vulqon mahsulotlari
tarkibiga ko`ra quyidagi guruhlarga bo`linadi:
1. Gavayi tipidagi vulqonlar. Bunga Gavayi
orollarida va Islandiyada
joylashgan vulqonlar kiritiladi. Gavayi orolida bir qancha vulqon kraterlari bor.
Gavayi tipidagi vulqonlardan asosiy, ya'ni tarkibida kremniiy kam bo`lgan
bazalt lavasi otiladi. U sekin otiladi va sekin-asta sovur ekan,
atrofga keng
yoyiladi. Bunday vulqonlar qalqon qoplamlari hosil qiladi; qalqon qoplamlari
maydoni juda katta va yuzasi yassi bo`ladi. Gavayi orollarining eng kattasi —
Gavayi uchta vulqonning qo`shilishidan hosil bo`lgan.
Bu vulqonlarning tepasi
ancha baland bo`lishiga qaramay (Mauna Loa — 4170 m. Mauna Kea—4205 m,
Gualalai — 2251 m), yon bag`irlari juda yotiq — 6° atrofida. Gualalai (2521 m),
Mauna-Loa va boshqa vulqonlar yer yorig`i ustida joylashgan. Bular ichida eng
balandi Mauna-Loa vulqoni bo`lib, dengiz sathidan 4166 m balandda joylashgan.
Bu vulqon 1843-yildan boshlab 1896-yilgacha har 2—3 yilda, ba’zan har yili
otilib, o`zidan va yon yoriqlaridan juda ko`p olivinli bazalt lava chiqarib turgan.
Kamchatkadagi Tolbachek vulqoni ham qalqonli vulqonlarga kiradi.
Islandiyadagi so`nmagan vulqonlardan Kodlouttadingya (1180 m) vulqoni
uncha baland bo’lmasa ham mahsuloti va harakati bilan boshqa
vulqonlardan farq
qiladi. Vulqondan harorati 1200° C ga yetadigan suyuq bazalt lava oqib chiqib
turadi. Qiya joylarda lava sekundiga 4—5 m, tik joylarda 8 m gacha harakat qilib,
80 km gacha masofaga oqib boradi. Lava suyuq bo`lganligidan balanddan pastga
qarab xuddi daryo sharsharasidek sharillab turadi. Bu xil vulqonlardan bomba, kul
chiqmaydi va ular portlamaydi. Bunday vulqonlar mahsuloti qavat-qavat bo`lib,
qiyaligi 5—8°, ustidan qalqonga o`xshab ko`rinadi.