29
8-rasm. Vezuviy vulqoni.
Vulqon krateridan chiqqan qattiq va quyuq
mahsulotlar uning atrofida
yig`ilib, konus shaklida qavat-qavat bo`lib joylashadi. Vulqondan otilib chiqqan
lava vulqon kraterida uzoq vaqt qotmay yotadi. Kraterdan gaz va bug` otilib turadi.
Bu tipdagi vulqonlarga eramizdan 700-yil avval otila boshlagan Etna (Sitsiliya),
Vezuviy (Italiya), O`rta dengizdagi Vulkano va boshqa vulqonlar kiradi.
Ko`pgina vulqonlar qatlam-qatlam yoki stratovulkanlar tipiga kiradi. Bunday
vulqonlardan suv bug`lari va gazlar, juda ko`plab kul, palaxsa-palaxsa toshlar yoki
vulqon bombalari, lapilali, ya'ni sovib
qotib qolgan lava parchalari, suyuq lava
otilib chiqadi. Ular qatlam-qatlam tuzilgan vulqon konuslarini hosil qiladi.
Stratovulkanlarda oqib chiqqan lava qatlamlari bilan g`ovak jinslar qatlamlari
ustma-ust
yotadi.
Klyuchi
Sopkasi,
Kronoki
Sopkasi
va
Fudziyama
stratovulkanlarning klassik namunasidir. Ular yon bag`rining qiyaligi 30° ga yaqin.
Yon bag`irlarini chuqur jo`yaklar yoki barrankoslar o`yib tushgan.
Keng krateri
kaldera deyiladi.
Dostları ilə paylaş: