Microsoft Word Вулқонлар Айбуллаева Ситора



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/25
tarix05.04.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#93692
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
522c4820b5c6e4cf78ed686631ff3529 Vulqonlarning Yer yuzida geografik tarqali

Klyuchi sopkasi vulqoni — nomi ruscha bo’lib “Buloqli tog`” ma’nosini 
anglatadi. Ushbu vulqon Kamchatkaning sharqiy qismida joylashgan harakatdagi 
vulqon bo’lib Yevrosiyoda nisbatan baland (4750 m) va eng faol vulqon 
hisoblanadi. Ushbu vulqonning tepasi doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan. 
Vulqon andezit va bazalt lavalaridan tuzilgan. Stratovulqonlar tipiga kiritiladi. 
Vulqonning quyi qismida 84 ta yon konus va krater mavjud. Etagida vulnologik 
stansiya joylashgan. So’nggi 270 yil davomida 50 marotaba kuchli otilgan, 
chiqarib tashlagan mahsuloti 34 km kubga yetgan.
12-rasm. Klyusi Sopkasi. 
Umuman Kamchatkada hammasi bo’lib, 180 dan ortiq vulqon hisobga 
olingan, bulardan 13 tasi harakatlanib turadi, 9 tasi so’nib bormoqda, qolganlari 
so’nib bo’lgan. Kamchatka yarimorolida vulqonlar paleozoy erasidan beri mavjud, 
ular goh so’nib, goh harakatlanib turadi. Hozirgi ma’lum vulqonlar taxminan bir 
million yildan beri harakatlanib turadi.


48 
Kamchatka yarimorolida yana Karim, Avachi; kamroq harakatlanuvchi 
Sheveluch, Mutnovskiy, Goreliy, Ploskiy, Tobachik; juda kam otiladigan 
vulqonlardan Juninovskiy, Maliy Semyachik, Koraka, Ksudach, Ilinskiy va 
Kizimen vulqonlari bor. 
1200 km cho’zilgan Kurill orollarida 60 dan ortiq so’ngan va 40 ga yaqin 
harakatlanuvchi vulqonlar mavjud. Orollar atrofida bir qator suv osti vulqonlari 
aniqlangan.
Apo vulqoni — Filippinda joylashgan, mamlakatning dengiz sathidan eng 
baland nuqtasi hisoblanadi. Balandligi 2965 m bo’lgan ushbu vulqon Mindanao 
orolida joylashgan. Yonbag`irlaridan sulfit angidrid, karbonat angidrid, suv 
bug`lari chiqib turadi. Apo vulqoni Apo milliy parki hududida joylashgan. 
Asama — Yaponiyaning Xonsyu orolidagi so’nmagan vulqon bo’lib 
Dzyosin’estu-Kogen milliy parki hududida joylashgan. Mutlaq balandligi 2542 m. 
Tez-tez bu vulqondan kul otilib turadi. 1783-yildagi otilishida katta halokat 
keltirgan. Oxirgi marta 1958-yilda otilgan. 
Armaniston tog`ligidagi eng baland tog` bo’lgan Aragas yoki Alago’z
(4090 m) ham so’ngan vulqon hisoblanadi. Lava va tuflardan tuzilgan. Vulqon 
kraterida muz stirki hosil bo’lgan. Yon bag`rida Byurakan astrofizika rasadxonasi 
bor. 
Damovand — Elburs tog`laridagi o’chgan vulqon. Balandligi 5604 m
yetadi va Erondagi eng baland cho’qqi hisoblanadi. Damovand yonbag`irlaridan 
issiq gaz, shifobaxsh balchiq va oltingugurtli buloqlar chiqib yotadi. Cho’qqisida 
uncha katta bo’lmagan muzliklar bor.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin