Microsoft Word Вулқонлар Айбуллаева Ситора



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/25
tarix05.04.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#93692
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
522c4820b5c6e4cf78ed686631ff3529 Vulqonlarning Yer yuzida geografik tarqali

Jabal-druz, Ad-Druz — Suriya janubi va Iordaniyadagi vulkanik massiv. 
Eng baland joyi 1803 m. Yonbag`ri va cho’qqilari pliotsen davrida harakatda 
bo’lgan vulqon kraterlaridan iborat. Asosan bazaltlardan tuzilgan. 
Kerinchi — Barisan tizmasidagi harakatdagi vulqon, Indoneziyaning 
Sumatra orolida. Balandligi 3805 m ga yetadi va orolning eng baland cho’qqisi 
hisoblanadi. Andezit lavalaridan iborat. Kraterida chuqur 400 m li ko’l bor. 


49 
Kirisima  — Yaponiyadagi harakatdagi vulqonlar guruhi, Kyusyu orolining 
janubida joylashgan bir-biri bilan tutashib ketgan 23 ta lava gumbazi 
bazaltandezitli, diametri 15 km li qalqon hosil qilgan. Eng baland joyi 1700 m. 742 
y.ildan hozirgacha 60 marta otilgan.
Krakatau — Zond bo’g`ozida joylashgan harakatdagi vulqon
Indoneziyaning Yava va Sumatra orollari oralig`ida joylashgan. Maydoni 10,5 
km2 ga teng orolni vujudgakeltirgan. Bazalt, andezit va riolitlardan tashkil topgan. 
Eng baland joyi 813 m. Vulqon og`zining diametri 4— 5,5 km. 1883-yil avgustda 
juda kuchli otilgan, vatijada vulqon konusining katta qismi qo’porilgan va katta 
(18 km
2
dan ortiq) hududni vulqon kuli qoplagan. Vulqon otilishi natijasida yuzaga 
kelgan dengiz to’lqini atrofdagi orollarning ko’plab aholisini halok bo’lishiga 
sabab bo’lgan. So’nggi marta 1972— 73 yillarda otilgan.
13-rasm. Krakatau vulqoni. 
Fudziyama yoki Fudzi, Fudzisan — Xonsyu orolidagi so’nmagan vulqon, 
Yaponiyadagi eng baland cho’qqi (3776 m). Aynlar tilida Fusxi — olov 
ma’budasi, yaponcha yama, san — tog` degan ma’noni anglatadi. Tokio shahridan 
taxminan 100 km janubi-g`arbda. Bazalt va andezit lavalaridan tuzilgan. So’nggi 


50 
bor 1707—08 yillarda otilgan. Krateri to’g`ri konus shaklida, diametri 700 m, 
chuqurligi 250 m. Yilning 10 oyida muz bilan qoplanib yotadi. Fudziyama —
yaponlarning «muqaddas tog`i» bo’lib, turistlar ko’p boradi. 
Okeaniyada joylashgan mashhur vulqonlarga quyidagilar kiradi: 
Kilauela — Gavayi oroldagi doimiy harakatdagi vulqon bo’lib, balandligi 
1247 m. Bazalt lavalaridan tuzilgan yassi qalqonsimon konus bo’lib, krateri 
(vulqon og`zi) keng. Oxirgi marta 1983—85 y.larda kuchli otilgan. Gavayi milliy 
parki tarkibida. Vulkanologik stansiya ishlab turibdi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin