Microsoft Word Вулқонлар Айбуллаева Ситора



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/25
tarix05.04.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#93692
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
522c4820b5c6e4cf78ed686631ff3529 Vulqonlarning Yer yuzida geografik tarqali

monogen vulqonlar deyiladi (grekcha “yolg`iz tug`ilgan” degani). 
Suv ostidagi vulqonlarning otilishidan vulkanik orollar hosil bo`lgan, 
shularni ba’zilari tez-tez harakat qilmasdan qolsa, uni okean to`lqinlari yemirib suv 
osti sayozligiga aylantiradi. Masalan: Afrika bilan Sitsiliya orasida 1831-yilda 
harakatga kelgan Tirrel suv osti vulqoni balandligi 120 metr va aylanasi 5 km.li 
orol hosil qilgan. Hozir u suv osti sayozligiga aylangan, bunday relyef shakli banka 
deyiladi. Ko`proq bankalar yer po`stidagi tektonik harakatlar oqibatida yuzaga 
keladi. 
(Shimoliy 
dengizdagi 
Dogger-Bank, 
Barens 
dengizidagi 
Gusinaya bankalari.) 
Ko`pincha magma tog` jinslari orasiga yorib kirib, ustki qatlamlarni ko`taradi 
va bukadi, biroq o`zi yer betiga oqib chiqa olmay, intruziyalarni hosil qiladi. 
Intruziyalar tog`larda kichik relyef shakllari hosil qiladi, tekisliklarda esa ular 
yetim tog`lar singari, juda yaqqol ko`rinib turadi. Shimoliy Kavkazdagi Pyatigorsk 
shahri atrofida tekis plato yuzasidan balandligi 200 m dan 900 m gacha bo`lgan 
konus va gumbaz shaklidagi bir qancha tog`lar qad ko`targan, ularning ba'zi: 
birlarida cho`kindi jinslar qoplami qisman saqlangan (Lisaya tog`i), boshqalarda 
magmatik jinslar ochilib qolgan (Jeleznaya tog`i). 
 
11-rasm. Fransiyadagi Pay de Dum gumbazsimon vulqoni 


39 
Vulkanik magmatik gumbazlar — otilib chiqqan jinslarning katta, to’ntarilgan 
qozon shaklidagi jism ko’rinishida yotishi. Ularning yonbag`ri tik bo’lib, 
balandligi 800 m gacha yetadi. Yer yuzasiga vulqon bo’g`zidan yopishqoq nordon 
lavaning siqilib chiqishidan vujudga keladi. Ko’pincha o’ziga xos radial va 
konsentrik ko’rinishida yoriqchalar bo’ladi. 
2.3 Vulqonlarning geografik tarqalishi 
Yer sharidagi vulqonlarni o`rganish vulkanizm bilan yer po`stining 
rivojlanish tarixi juda yaqin aloqada ekanligini ko`rsatdi. Vulkanizm Yerning 
hozirgi tektonik faoliyatining oqibati va ko`rinishlaridan biridir.
Yer sharidagi so’nagan vulqonlar ham, xuddi yer qimirlashi singari yer 
po’stining harakatchan va yoriqlar sodir bo’lgan joylarida uchraydi. Buning sababi 
shundaki, Yerning ichki qismidagi o’ta qizigan va turlicha fizik xossalarga ega 
bo’lgan silikatli eritmadan iborat magma bosimning o’zgarishi tufayli suyuqlashadi 
va hatto, qisman gaz holatiga o’tadi. Ajralgan gazlar magmaning hajmini 
kattalashtirib yuboradi, natijada yer po’stining yoriqlari orqali yuqoriga ko’tarila 
boshlaydi. Magma yuqoriga ko’tarilgan sari bosim kamayadi, aksincha, gaz ajralib 
chiqsa bosim ortadi. Natijada o’sha gazlarning tazyiqi ostida magma yoriqlardan 
otilib yer betiga chiqadi. Shuning uchun ham yer sharidagi aksariyat harakatdagi 
vulqonlar tez-tez yer qimirlab turadigan hududlarda tarqalgan.
Yer yuzida nechta vulqon bor degan savolga turli manbalardan turlicha 
javob olish mumkin. Hozirgi vaqtda ma’lum bo’lgan harakatdagi 500 dan 800 
tagacha vulqon borligi qayd qilingan. Jumladan vulqonshunos olim Makdonald 
1972-yilda 513 ta harakatdagi va 228 ta yaqinda so`ngan vulqonlar borligini 
aniqlangan. V.I.Vlodovesning ma’lumotiga ko’ra 1000 ga yaqin otilib turadigan 
so’nmagan vulqon bor. 
Eng yangi manbalarda hozirda 800 ga yaqin so`nmagan vulqon borligi, 
shulardan eng faol vulqonlar 50 dan ortishi, so`ngan vulqonlar soni o`ng minglab 
ekanligi qayd etiladi. Vulqonlarni so`ngan va so`nmagan deb ajratish ancha 


40 
shartlidir. Chunki so’ngan deb hisoblangan vulqon ham uyg`onishi ya’ni harakatga 
kelishi mumkin.
Harakatdagi vulqonning 418 tasi Tinch okean rayonida joylashgan. Tinch 
okeanda kuchli suv osti vulqonlari ham otilib turadi. Bunday vulqonlar otilganda 
balandligi 30 m ga yetadigan suv to’lqinlari (sunami) ko’tarilib, qirg`oqqa yaqin 
ko’p shahar va qishloqlarni vayron qiladi. Kamchatka yarimorolida 28, Kuril 
orollarida 40 vulqon mavjud. 
O’zbekistonda vulqonlar to’rtlamchi davrda so’nib bo’lgan. Vulqon 
kraterlari va jinslari Qurama, Tomditog`larida ko’p tarqalgan. 
So’nmagan vulqon geosinklinal oblastlarda keng tarqalgan. Ularning deyarli 
uchdan ikki qismi Tinch okean qirg`oqlari va orollarida, Uzoq Sharqda Kamchatka 
yarimorolida va Kuril orollarida, so’ngan vulqonlar Kavkaz, Zabaykale, Markaziy 
Osiyo, Ukraina (jumladan Karpat tog`larida), Qrim yarimorolida joylashgan. 
1970-yillarda okeanlarni tekshirishlar natijasida vulqonlarni quruqlik va 
okean ostida ma’lum bir yo`nalishda joylashganligi aniqlandi. Alp va Tinch okean 
geosinklinallarida vulqonlar faoliyati ayniqsa kuchli bo`ladi. Masalan “olovli 
halqa” deb ataluvchi Tinch okean tog`lar mintaqasida 400 dan ortiq so`nmagan 
vulqon bor. Aleut, Kuril, Janubiy Sandvich orollar yoyi vulqon konuslari 
zanjirlaridan iborat. Kamchatka yarim oroli, Yaponiya, Filippin, Katta va Kichik 
Zond orollarida, And va Kordilyera tog`larida vulqonlar ko`p.
Antarktidada ikkita vulqon bor. Kichik Antil orollari ham vulqon faoliyati 
natijasida paydo bo`lgan.
Okeanlar o`rtasidagi rift tizmalari sistemasi vulqon mintaqasi hisoblanadi. 
Yan-Mayen, Islandiya, Azor, Vozneseniye orollari O`rta Atlantika suv osti 
tizmasining suv betidan yuqori ko`tarilib turgan qismlaridir. 
Tinch okeanda ham vulqonlar juda ko`p. Ular orasida so`nmagan vulqonlar 
ham bor. Bulardan eng kattasi Gavayi vulqonlaridir. Ko`p vulqonlar allaqachon 
so`nib qolgan. Hozirda issiq mintaqadagi so`ngan vulqonlarning konuslarida 
marjon orollari vujudga kelgan. 
Materik platformalarida va yoshargan tog`larda ham vulqonlar bor, biroq 


41 
o`nlab vulqonlargina tarixiy davr mobaynida harakatda bo`lgan. So`ngan vulqonlar 
Sharqiy Sibirda, Britaniya orollarida, Markaziy Yevropada, Hindistonda, 
Arabistonda, Janubiy va Sharqiy Afrikada bor. 
Vulqonlar asosan ikki yo`nalishda bo`lib, birinchisi Tinch okean halqasi 
deb ataladi, bu yerda ma’lum bo`lgan barcha harakatdagi vulqonlarning 60% i 
joylashgan. Tinch okeanining g`arbidan - Kamchatka yarim orolidan boshlangan 
bu vulqon halqasi Kuril orollari orqali janubi-g`arbga davom etadi. Yaponiya, 
Filippin, Yangi Gvineyadan o`tib, Yangi Zelandiyagacha cho`zilib boradi. Tinch 
okeanning sharqida Amerika materigining janubidagi Olovli Yer orolidan shimol 
tomonga — And, Kordilera tog`larining yonidan o`tadi va shimolda Aleut orollari 
(Ko’p orollar vulqon tog`laridan iborat. Unimak orolidagi eng baland Shishaldin 
vulqoni 2860 m ga yetadi. Aleut orollarida 25 ta so’nmagan vulqon bor) va 
Alyaska orqali yana Kamchatka yarim oroliga borib tutashadi. Bu vulqon halqasi 
Tinch okean geosinklinal mintaqasi (Tinch okean “olovli” halqasi) deb yuritiladi.
Alyaskaning janubidagi Kodyak orolida 1912-yida Katmay vulqoni otilishi 
natijasida yer yuzasi vulqon kullari bilan qoplangan. Vulqon kullari ba’zi joylarda 
qalinligi 6 m ga yetadi. Kaskad tog`larining eng baland joyi 4392 m bo’lgan 
Reynir vulqoni hisoblanadi.
Gaiti orolining yer yuzasi asosan ohaktoshlardan tuzilgan plato va vulkanik 
massivlardan iborat. So’nmagan Sufrier vulqoni bor. Uning balandligi 1467 m 
bo’lib Kichik Antil orollaridagi eng baland cho’qqidir.
Gvatemala davlatining janubida bir qator vulqonlar bor: Taxumulko — 
4217 m, Akatenango —3975 m. Gvatemala shahri 1541 yilda Agau vulqoni 
otilganda vayron bo’lgan. 
Gvadelupa oroli ham vulqonlardan hosil bo’lgan. Hozir ham bu yerda bir 
necha vulqon cho’qqilari bor. Ular orlning eng baland nuqtasi hisoblanadi (840 m). 
Dominika Kichik Antil orollari arxipelagidagi Shamolli orollar guruhiga 
mansub vulkanik orol bo’lib, yer yuzasi tog`lik, eng baland joyi 1447 m bo’lgan 
Dyabloten vulqonidir. 


42 
Galapagos orollari Tinch okeanning ekvator qismidagi bir guruh (13 ta yirik 
va bir qancha mayda) orollar iborat bo’lib, vulqon otilishidan paydo bo’lgan.
Indoneziya orollarda 400 dan ortiq vulqon bor, shundan 100 tasi 
harakatdagi vulqon. 
Bundan tashqari Tinch okeanning markaziy qismida ham bir qancha 
harakatdagi vulqonlar bor. Masalan, ekvator yaqinidagi Galapagos orolida ikkita 
harakatdagi vulqon bor, undan janubda Pasxa va Xuan-Fernandes, g`arbda Samoa, 
Tonga, Kermadek vulqonli orollari bor.
Karolina orollari 936 vulqon oroli va atollardan iborat. Vanuatu
Respublikasida 60 ga yaqin vulqondan 10 tasi harakatdagi vulqonlardir. Gavayi
orollari 3600 km ga cho’zilgan 24 ta vulqon orolidan iborat. Harakatdagi 
vulqonlar ko’p. Gavayi orollari birlashib ketgan bazalt qalqonli beshta vulqon: 
Mauna-Kea (4205 m), Mauna-Loa (4170 m), Xuala-Lai (2521 m), Koxala (1678 
m) va Kilauea (1247 m) dan iborat. Mauna-Loa va Kilauea — harakatdagi 
vulqonlardir.
Ikkinchi yirik vulqon halqasi yosh tog`lar o`lkasida joylashgan, ya’ni 
g`arbda O`rta dengizdagi Apennin yarim oroli orqali Kavkaz va Kichik Osiyoga 
o`tib boradi va O`rta dengiz yoki Alp-Kavkaz vulqon halqasi deb ataladi. Bu 
halqaga, Italiyadagi Vezuviy, Etna vulqonlari, Lipari orollaridagi va Egey 
dengizidagi vulqonlar (Santorin) va Kavkaz tog`laridagi so`ngan Elbrus, Kazbek, 
Ararat, Erondagi Damavent vulqonlari kiradi. Italiyada bir necha so’ngan va 
so’nmagan vulqonlar (Amiata — 1734 m, Vezuviy — 1277 m) bor. Italiya 
orollarining relyefi, asosan, tog`lik, orollarda Etna (3340 m), Stromboli, Vulqono 
vulqonlari bor. 
O`rta dengiz halqasi sharqqa tomon davom etib, Tibet tog`i, Hindiqush tog` 
tizmalari orqali Malayya arxipelagiga borib tutashadi. Malayya arxipelagi va 
undan janubdagi harakatlanuvchi vulqonlarga Sumatrada 11 ta, Yavada 15 ta, 
Kichik Zond orollarida 3 ta vulqon kiradi, ular Tinch okean halqasiga borib 
qo`shiladi. 


43 
2-jadval 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin