Microsoft Word Вулқонлар Айбуллаева Ситора



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/25
tarix05.04.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#93692
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
522c4820b5c6e4cf78ed686631ff3529 Vulqonlarning Yer yuzida geografik tarqali

9-rasm. Vulqon krateri. 
Shakli eng oddiy vulqonlar maarlardir. Ular faqat bug` va gaz otadi. Vulqon 
otilgan joyda otilish naychasi deb ataladigan teshik va konussimon kengayib 
boruvchi krater qoladi. Mana shu krater maar deb ataladi. Maarlarning diametri 
300 dan 3000 gacha, chuqurlngi 300 gacha bo`ladi. Nam iqlimli o`lkalarda 
bu kraterlarda ko`llar paydo bo`ladi. 
Maarlar – so’ngan vulqonlarda uchraydi, uning voronkasimon, silindrsimon 
o`yiq, tog`orasimon relyef shakli uchraydi. Zabaykale tog`idagi Obruchev va 
Mushketov vulqonlarining kraterida yog`in suvi to`planib ko`l hosil qilgan. 
Obruchev vulqoni gumbazi balandligi 150 m, kraterini chuqurligi 500 m. Ular 
doira shaklida bo`lib, qirg`oq chizig`i tekis bo`ladi, o`rtasiga yaqinlashgan sari 
chuqurligi orta boradi. Kamchatkadagi Kronotskiy ko`li va Shtutgart yaqinidagi 
Ural hududida 50 km
2
maydonda maar ko`llar tarqalgan. Dengiz qirg`oqlarida yoki 
orollarda joylashgan krater va kalderalar suv yuzasi bilan barobar bo`lsa suv to`lib 
qolib, qo`ltiqlar hosil qiladi. Kamchatkadagi Avachinskiy qo`ltig`ining bir qismi 


37 
Tariya ko`rfazi kraterga va Atlantika okeanidagi Svyatoy Pavel oroli kalderaga 
misol bo`la oladi. 
10-rasm. So’ngan vulqon krateridagi ko’l. 
 
Diatermlar ham maarlarga o`xshash bo`ladi, lekin farqi faqat shuki 
diatermlarning suv bilan to`lgan kraterlari bo`lmaydi. Janubiy Afrikadagi 
Kimberliy diatermlari ayniqsa mashhurdir. Bular silindrsimon quduqlardir. 
Magmadan ajralib chiqadigan yer osti gazlari yer po`stidagi tog` jinslarining kichik 
yoriqlarida siqilgan va nihoyat portlash natijasida yorib chiqqan, shu yo`l bilan 
quduqlar hosil bo`lgan.
Ba’zi vulqonlarni lavasini ko`proq qismi kul bo`lib ketadi, bu tipga Vezuviy 
vulqoni xosdir. 
Agar vulqon qattiq otqindi jinslar (bombalar-kattaligi mushtdan to kalladek 
keladigan dumaloq lava bo`laklari, lapilla mayda toshlar, vulqon kuli) bilan birga 
vaqti-vaqti bilan lava ham chiqarib turadigan bo`lsa, konus qatlamli tuzilishda 
bo`ladi. Bular strato vulqonlardir. Bunday holat poligan vulqonlar uchun xos. Bu 
vulqonlar yonbag`rining qiyaligi 30-35
o
bo`ladi. Bu vulqonlarni krater va konusi 


38 
o`sib boradi. Chimbarosa- 6272 m, Elbrus - 5633 m, Klyuchi-Sopkasi - 4750 m, 
Fudzyama - 3376 m, Ararat -5156 m. Bir marta otilib tamom bo`ladigan vulqonlar 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin