Microsoft Word Вулқонлар Айбуллаева Ситора


Mon-Pele tipidagi vulqonlar



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/25
tarix05.04.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#93692
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
522c4820b5c6e4cf78ed686631ff3529 Vulqonlarning Yer yuzida geografik tarqali

4. Mon-Pele tipidagi vulqonlar nomi 
Martinika orolidagi Mon-Pele 
vulqoni nomidan olingan. Mon-Pele tipidagi vulqonlar lavasi nordon bo`ladi, 
kremniy oksidi salkam 55% ni tashkil etadi. Bu tipdagi vulqonlar boshqa 


30 
vulqonlardan kuchli portlashi va kraterida lava qotib qolishi bilan farq qiladi. 
Ushbu tipdagi vulqonlar lavasi quyuq va yopishqoq bo’lganidan kraterdan 
chiqmasdanoq qotib qoladi. Magmadan ajraluvchi gaz krater ichida to`planadi. Gaz 
bir necha yillardan so`ng to`satdan portlab otiladi. Lavasi vulqon bo`g`zini qattiq 
berkitib qo`yadi va vulqon otilgandan keyin qotib qolib, ustunsimon shakllar hosil 
qiladi. 
Masalan, 1902-yilda Mon-Pele vulqoni to`satdan juda qattiq kuch bilan 
otilgan paytda fransuz geologi Lakurua vulqon otilishini kuzatgan. Uning 
aytishicha, vulqon krateridan qizigan pemza, lapillalar qip-qizil bo`lib kul, gaz va 
quyuq suv bug`lari bilan juda baland otilib chiqqan. 
Chiqqan mahsulotlar tog` yonbag`ri bo`ylab minutiga 950 m tezlikda pastga 
harakat qilgan. Qizigan gaz, kul va boshqa mahsulotlar harorati taxminan 700—
800° ga yetgan. Martinika orolidagi San-Per shahri bir necha minut ichida vulqon 
kuli ostida qolib ketgan. Mon-Pele vulqoni to`xtagach, kraterdan quyuq yopishqoq 
lava krater tepasida katta ustundek (300 m) baland ko`tarilib qotgan. Biroq bu 
andezitli lava bo’lgani uchun keyinchalik nurab, yemirilib pasayib qolgan.
5. Bandaysan tipidagi vulqonlar
(Yaponiyadagi eng yirik vulqon 
nomidan olingan) tipidagi vulqonlar — quvursimon otiluvchi vulqon deb ham 
ataladi. Bu vulqon harakati yer ichida to`plangan juda ko`p suv bug`i, gazni va o`z 
ustidagi jinslarni uzun quvurdan yuqoriga birdan otib yuborishi bilan boshqa 
vulqonlardan farq qiladi; yuqori qismi voronkasimon shaklda bo`ladi. 
Voronkasimon quvur kraterining eni 250 dan 3000 m gacha bo`lib, atrofida jins 
uyumi aylana shaklida to`planadi. Bunday vulqonlar Yevropada Reyn bo`yi oblasti 
yaqinida uchraydi. Uning krateri ko`pincha suv bilan to`lgan bo`lib, mahalliy nom 
bilan maar 
deb ataladi. 
Janubiy Afrikadagi Kimberli yaqinida ham xuddi shunday vulqon uchraydi. 
Vulqon jinslari orasidan qimmatbaho mineral — olmos olinadi. Bu vulqon 
kraterida suv bo`lmasligi bilan maar deb ataladigan vulqondan farq qiladi. Bundan 
tashqari, dunyodagi mashhur vulqonlardan biri Krakatau vulqoni ham shu 
vulqonlar jumlasidandir. Bu vulqon Yava va Sumatra orollari orasidagi tor 


31 
bo`g`ozda joylashgan. 1883-yilda juda kuchli otilishi natijasida dengiz sathidan 
800 m baland bo`lgan oroldagi vulqon konusi o`rnida dengiz sathidan 300 m past 
joy vujudga kelgan. Bu harakat asosan krater ostida to`plangan gazning kuchli 
bosimi ta’sirida ro`y bergan. Vulqondan chiqqan gaz, bug`, chang yuqoriga 25—
30 km ko`tarilgan. Bu mahsulotdan juda ko`p pemza, lapilla, kul uzoq-uzoqlarga 
borib tushgan. Yava va Sumatra orolida yashovchi aholiga katta zarar yetgan. 
Krakatau vulqonidan ko`tarilgan chang va to`zon atmosferaning yuqori qismini 
qoplagan. Alyaskadagi 1912-yilda otilgan Katmay vulqoni va boshqa vulqonlar 
ham Bandaysan tipidagi vulqonlarga kiradi.
Bundan tashqari balchiq vulqonlar ham mavjud bo`lib, ularning mahsuloti 
suyuq balchiq aralash suv va gazdan iborat bo`ladi. Balchiq vulqonlar Sitsiliya, 
Yangi Zelandiya orollarida, Markaziy Amerikada, Apsheron, Taman va Kerch 
yarim orollarida va boshqa yerlarda uchraydi. 
Balchiq vulqonlar yer qatlamlari ichidagi gaz va bug`larning turli g`ovak 
qatlamlardan o`tib, ular orasidagi gilli jinslarni yumshatib, yopishqoq balchiqqa 
aylantirishi natijasida vujudga keladi. Neft konlari bor yerlardagi balchiq vulqonlar 
o`zidan ko`p miqdorda uglevodorod chiqaradi. Otilib chiqayotganda harorati past 
bo`ladi. 
Rus olimi I.M. Gubkin neft konlari bilan balchiq vulqonlar bir-birlari bilan 
uzviy bog`liq bo`lib, ular bir jarayonning tarmoqlari ekanligini ta’kidlab o`tgan. 
Ozarbayjonda Apsheron yarim orolida va Kura pasttekisligida turli xil katta-
kichik balchiq vulqonlar keng tarqalgan. Bunday vulqonlar mahsulotidan Kaspiy 
dengizida bir qancha orollar (Bulla, Los, Svinoy, Oblivnoy Kumani) vujudga 
kelgan. 
Vulqonlar krateridan o`qtin-o`qtin suyuq loy, gaz va neft chiqaradi. Balchiq 
vulqonlar ham boshqa vulqonlarga o`xshab harakatlanadi va so`nadi. 
Lok-Batang balchiq vulqoni (Boku shahridan 25 km janubi-g`arbda) 1887-
yil 17-yanvarda harakatlangan. Bunda, avval uzoqdan kelgan zambarak ovoziga 
o`xshash, lekin bir oz cho`ziq tovush eshitilgan. So`ngra yer shunday kuchli 
larzaga kelganki, hatto derazalarning oynalari ham dirillab ketgan; vulqon 


32 
otilganda balandligi 107 metrcha keladigan olov fontani — gazning yongani 
ko`rinib turgan. Bu vulqon bir necha marta harakatlangan, 1935-yil 23-fevralda 
ham juda kuchli otilgan. Vulqon otilishi natijasida yer po`stida ikkita katta yoriq 
paydo bo`lgan, so`ngra vulqon tepasidagi konus harakatga kelgan va juda ko`p 
balchiq otilib chiqqan, ajralib chiqayotgan uglevodorod gazlari tog`dagi bir-biriga 
mahkam yopishib ketgan shag`allarni ham qizdirib yuborgan. 
A.A. Yakubov va boshqa tadqiqotchilarning bergan ma’lumotlariga 
qaraganda, vulqon otilishidan yer yuzasiga chiqqan balchiqning hajmi 40 000 m
3
ga yaqin bo`lgan, yer po`stida yoriqlar va o`pirilishlar ro`y bergan. Yoriqlarning 
uzunligi 500 m ga yaqin bo`lib, krater chekkasining sharqiy qismi 16—20 sm 
cho`kkan. Balchiqning palaxsa jinslari orasida neftga shimilgan qumtosh 
parchalari ham bo`lgan. Shunday qilib, balchiq vulqonlar qatlamlar orasidagi gaz 
va neft, suvlarning katta bosim ostida harakatga kelishidan dalolat beruvchi ajoyib 
tabiiy hodisadir. Balchiq vulqonlarning tarixini, tarqalishini o`rganish okean va 
dengizlarda gaz va neft konlarini topilishidagi omillardan biridir. 
Ammo turli adabiyotlarda ularning tasnifi turlicha keltiradi hamda turli 
xususiyatlari inobatga olinadi. Jumladan so’nmagan vulqonlar otilish 
xususiyatlariga qarab Gavayi, Stromboli, Vulqon, Gumbazli tiplariga bo’linadi:
1) Gavayi tipidagi vulqondan harorati 1200—1300° bo’lgan suyuq bazalt 
lavasi to’xtovsiz chiqib turadi. Gavayi orollaridagi Mauna-Loa, Kilauea hamda 
Kamchatka yarimorolidagi (Ploskiy, Tolbachik) vulqonlar kiritiladi. 
2) Stromboli tipidagi vulqonlar kuchli portlab, vulqon bombalari otilib, 
harorati 1200—1300° bo’lgan bazalt, andezit tarkibli lavalari oqib chiqadi. 
Stromboli tipdagi vulqonlarga Apennin yarimorolidagi Vezuviy, Kamchatka 
yarimorolidagi Klyuchi sopkasi kiritiladi.
3) Vulkan tipidagi vulqonlarga (Tirren dengizining janubi-sharqida 
joylashgan vulqon nomidan) otilganda qattiq portlaydi, vulqon bombalari va 
kullari otilib chiqadi. Kamchatka yarimorolidagi Jupanov, Karim sopkasi bu 
tipdagi vulqonlarga kiradi. 


33 
4) Vulqon otilishining Gumbazli tipi uchun quyuq yopishqoq (andezit, 
dastit, liparit) lavani gaz bosimi tufayli vulqon kanalidan siqib, itarib chiqarib 
gumbazlar (Pyui-de-Dom va Kamchatkadagi Markaziy Semyachik vulqoni), 
kriptogumbazlar (Syova-Sindzan vulqoni), konusgumbazlar (Ivanov vulqoni) va 
obelisklar hosil bo’lishi mumkin.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin