Microsoft Word yuldashev aziz furqatovich doc


O’zbekistonda investitsion loyihalarini moliyalashtirishda risklar



Yüklə 448,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/22
tarix17.05.2023
ölçüsü448,3 Kb.
#115028
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Loyihalarni moliyalashtirish

2.2. O’zbekistonda investitsion loyihalarini moliyalashtirishda risklar 
taxlili 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, investitsion faoliyatni rivojlantirish, eng 
avvalo, mamlakatimizning bank-moliya tizimi faoliyatiga bog’liq bo’ladi. Shu bois 
jahon iqtisodiy inqirozi kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda bank-moliya tizimi 
faoliyatini mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash alohida muhim ahamiyat 
kasb etadi. Bu yo’lda o’tgan yilning o’zida “O’zsanoatqurilishbank”, “Asakabank”,
kabi etakchi banklarning kapitallashuv darajasini oshirish bo’yicha muhim qarorlar 
qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni moliyalashning asosiy kredit markazlaridan biri bo’lgan 
“Mikrokreditbank”ning nizom jamg’armasini ko’paytirishga oid farmoni qabul 
qilindi. Natijada mamlakatimiz banklarining jami kapitali, qo’shimcha resurslarni 
jalb etish hisobidan, 2007 yil bilan taqqoslaganda 40 foizga ko’paydi. Bu 
ko’rsatkich 2010 yilgacha bo’lgan davrda ikki barobar oshadi
18
.
Bugungi kunda respublika banklarining umumiy aktivlari hajmi aholi va 
yuridik shaxslarning hisob raqamlaridagi mablag’lardan ikki barobardan ham ko’p, 
bu esa ushbu mablag’larni ishonchli himoya qilish hamda ularga o’z vaqtida va 
to’la hajmda xizmat ko’rsatishni kafolatlaydi. 
Biroq, moliyaviy-itqisodiy inqirozi investitsiya loyihalarida risk omillarining 
ko’payishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday sharoitda risklarni 
aniqlash, tahlil etish va baholash bank-moliya xodimlarining diqqat markazida 
bo’ladi. Risklarni aniqlash va baholashning deyarli barcha usullaridan samarali 
foydalanish talab etiladi va inqiroz sharoitida loiyha risklarini pasaytirish yoki 
uning oldini olishning eng optimal usuli uni samarali boshqarishdir.
Loyiha risklarini boshqarishning u yoki bu turdagi vositalarining, 
mexanizmlarining qo’llanilishi amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari 
risklarining aniq turlari va ularni keltirib chiqaruvchi omillar ko’lamiga, 
shuningdek, ularning loyihani amalga oshirish natijalariga ta’siriga bog’liqdir. 
Risklar barcha loyihalar uchun umumiy bo’lgani kabi har bir investitsiya 
loyihasining o’ziga xos xususiyatlariga, muayyan tasniflariga qarab maxsus risklar 
ham bo’lishi mumkin. Bunday sharoitlarda risklarni tahlil etish, ularni boshqarish 
vositalarini ishlab chiqishda kuchli va tajribali mutaxassisning malakali bilimiga 
tayaniladi. Bunda loyiha risklarini boshqarish bir martalik yoki bitta jarayondan 
iborat bo’lmasdan, balki u bir qancha bosqichlarni o’z ichiga qamrab oladi. Bu 
jarayonlar investitsiya loyihasini amalga oshirishdagi risklarni pasaytirish yoki 
bartaraf etishnigina emas, shuningdek loyihaning ijobiy natijalarini ta’minlash yoki 
oshirishga ham bo’ysundirilgan bo’ladi. 
Quyida investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda aniqlanuvchi, hisobga 
olinuvchi risklarni tahlil qilish va ularni loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish 
jarayonlaridagi boshqarish tizimining bosqichlari keltirilgan. 
1. Risklarni boshqarishni rejalashtirish. 
18
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va 
choralari. – T.: O’zbekiston, 2009. 16-b. 


2. Risklarni tasniflash. 
3. Risklarni sifatli baholash. 
4. Risklarni miqdoriy baholash. 
5. Risklarni rejalashtirish (aniqlash) va ularni hal etish uslublarini tanlash. 
6. Risklarning monitoringini olib borish. 
Loyiha risklarini boshqarishning yuqoridagi barcha bosqichlari bir-biri bilan 
o’zaro bog’liqlikka ega. Har bir bosqich har bir loyihada bir marta bajariladi.
Investitsiya loyihalarining amalga oshiriladigan tarmoq xususiyatiga qarab 
yuqorida tilga olingan bosqichlar qisman o’zgarib turishi mumkin. Masalan, 
elektroenergetika i transport, neft va neftni qayta ishlash tarmoqlari vash u kabi 
davlat ahamiyatiga ega boshqa tarmoqlar iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga 
nisbatan qat’iy yuqri ahamiyat kasb etuvchi davlat tomonidan nazorat qilib 
boriluvchi tarmoqlar hisoblanadi. 
1. Risklarni boshqarishni rejalashtirish. 
Risklarni boshqarishni rejalashtirish deganda aniq loyiha bo’yicha 
boshqarishni rejalashtirish va qabul qilish yuzasidan qarorlarni qabul qilish 
jarayoni tushuniladi. Shuningdek mazkur jarayon o’z ichiga loyiha risklarini 
boshqarish jarayonini kadrlar bilan ta’minlashni tashkil etishni ham qamrob olishi 
lozim.. 
2. Risklarni tasniflash. 
Risklarni tasniflash jarayonida doirasida loyihaga haqiqatan ham ta’sir 
ko’rsatishi mumkin bo’lgan risklar aniqlanaddi va bu risklarning tasnifi keltiriladi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda risklarni 
tasnflash ularni boshqarishning eng muhim jarayonlaridan hisoblanadi. 
3. Risklarni sifat jihatdan baholash. 
Risklarni sifatli baholash - loyihada tasniflangan risklarning sifatli tahlilini 
amalga oshirish va ulardan eng xatarlilarini ajratib olishdir. 
Risklarni sifatli baholash risklarning paydo bo’lish shart-sharoitlarini 
baholashni va ularning standart yoki nostandart usullar va vositalar bilan loyihaga 
ta’siri aniqlanadi. Bizning fikrimizcha, aksariyat hollarda tahlilning universal 
usullarini qo’llash olinadigan natijalarning ko’zlangan darajadagi ishonchligini 
ta’minlashga imkon bermaydi. 
4. Risklarni miqdoriy baholash. 
Adabiyotlarda risklarni miqdoriy baholash sifatida risklarning paydo bo’lish 
ehtimolligini aniqlash va ularning loyihaga ta’siri tushuniladi. 
Bizning 
fikriizcha, 
miqdoriy 
tahlil, 
aksariyat 
hollarda, 
risklarni 
boshqarishning mustaqil bosqichi hisoblansada, u risklarni sifatli baholash 
bosqichi bilan uzviy bog’liqlikda qo’llanilishi lozim.
5. Risklarni rejalashtirish (aniqlash) va ularni hal etish uslublarini tanlash. 
Adabiyotlarda risklarni rejalashtirish (aniqlash) va ularni hal etish uslublarini 
tanlash sifatida loyihaga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi risklarni pasaytirish uslublari va 
texnologiyalarini ishlab chiqish tushuniladi. 
6. Risklarning monitoringini olib borish. 
Risklarning monitoringini olib borish bosqichi doirasida aniqlangan risklar va 
ular tarkibining stabilligi, bartaraf etilmagan risklar va risklardan himoyalansh 


rejasining bajarilishi ta’minlanganligi aniqlanadi hamda uni ng samaradorligini 
baholash ishlari olib boriladi. 
Shuni e’tiborga olish lozimki, investitsiya loyihalari risklarini boshqarishda 
ularning tahlil qilinish natijalariga asoslanib, boshqarish usullari tanlanadi. Bunda 
risklar tahlilini: 
1. Ehtimollik usullari. 
2. Kritik (zararsizlik) nuqtalarni aniqlash usuli. 
3. Loyihaning sezgirlik tahlili usuli orqali amalga oshirish ham maqsadli 
hisoblanadi. 
Mazkur usullar ichida sezgirlik tahlili loyihaning turli ta’sirlar va omillarga 
sezgirligini aniqlashga yordam beradi. Biroq kritik (zararsizlik) nuqtalari tahlili 
usuli esa esa muhim ahamiyatga ega bo’lib, uning yordamida investitsiya 
loyihaning daromadlilik darajasi va cho’qqisini aniqlash mumkin bo’ladi. 
Risklarni aniqlash va boshqarish uchun uni keltirib chiqaruvchi omillarni 
to’g’risida bilimga ega bo’lish lozim. Riskni keltirib chiqaruvchi omillar 
quyidagilar bo’lishi mumkin: 
- tabiat, iqtisod, siyosat va sohalardagi noaniqliklar; 
- sub’ektning bilimsizligi; 
- sub’ektning mansabini suiste’mol qilishi; 
- qarama-qarshi kuchlarning mavjudligi. 
Riskni boshqarish turli faoliyat doiralarida riskni kamaytirish bo’yicha 
texnologiyalarni va bilimni talab kiladi. Hozirgi vaqtda riskni boshqarish 
faoliyatini quyidagi asosiy bosqichlarga bo’lish mumqin: 
1. Risklarni aniqlash. 
2. Risklarni baholash. 
3. Risklarni boshqarish choralari va usullarini tanlash. 
4. Risklarning oldini olish va nazorat qilish. 
5. Risklarni moliyalashtirish (zaxira fondini tashkil etish). 
6. Natijalarni baholash. 
Riskni aniqlash va uni baholash bosqichlari risklar tahlili deb ataladi. Bunda 
riskni aniqlash - sifat tahliliga; riskni baholash - miqdor tahliliga kiradi. 
Risk tahlilining miqdor usullari orasida riskni boshqarish nazariyasida eng 
mashhurlari quyidagilar: statistik usul, statistik tajribalar usuli; maqsadga muvofiq 
keladigan xarajatlar tahlili; ekspert baholari usuli; analitik usullar va boshqalar. 
Riskni boshqarish choralari va usullarini tanlash juda muhim bosqich 
hisoblanadi. Aniq tanlangan usul doirasida aniq chora-tadbirlarni qo’llash mumkin. 
Bu bosqich loyihani amalga oshirishni boshlash haqidagi qarorni qabul qilishdan 
avval o’tkazilishi talab etiladi. Tanlashda kechikish investitsiya loyihasi 
ishtirokchisi uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi yoki ishtirokchilar 
o’rtasida jidtsiy kelishmovchiliklar kelib chikishiga sabab bo’lishi mumkin. Riskni 
boshqarishda chora va usullarning optimal variantlarini tanlash barcha loyiha 
ishtirokchilari o’rtasida jiddiy muzokaralar o’tkazilishini talab qiladi. 
Risklarning oldini olish va nazorat qilish bosqichi ma’lum reja va dasturlar 
asosida aniq tashkiliy-texnik tadbirlarni ko’rib chiqadi. Bu bosqichda quyidagi 
tadbirlar amalga oshiriladi: risklar monitoringi; riskni istiqbolini belgilash; taxdid 


soluvchi xatarlar haqida rahbarlarga ma’lumot berish va bu bilan bog’liq 
ko’rsatmalarni ishlab chiqish; risklarning oldini olish va nazorat qilish dasturi 
doirasida maxsus tashkiliy-texnik tadbirlarni qabul qilish. 
Odatda, aksariyat risklarning oldini olish va nazoratini olib borish mumkin. 
Lekin shunday risklar mavjudki, ularning oldini olish yoki kamaytirish mumkin 
emas, ya’ni ular investitsiya loyihasi ishtirokchilari ta’siridan tashqarida bo’ladi. 
Shunday risklar ko’p xarajat talab qilganligi sababli ularni, ya’ni risklarni 
moliyalashtirish usuli qo’llaniladi. Bunda loyiha ishtirokchilarining o’z-o’zini 
sug’urtalash, tajribali sug’urtachilar yordamida sug’urtalanishga mablag’ ajratishi 
tushuniladi. Sug’urta shartnomalarida riskning ko’pgina turlari bo’yicha sug’urta 
kompaniyasining zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishi ko’rib o’tilgan 
moddalar 
mavjud 
bo’ladi. 
Risklarni 
aniqlash 
va 
hisoblashda 
loyiha 
ishtirokchilaridan tashqari, sug’urta tashkilotlari ham bevosita ishtirok etadi. Ular 
riskni baholashda o’z usullari va yo’llarini tanlaydilar va amalga oshiradilar, bu esa 
amalga oshirish reja - dasturlarini nazorat qilib borishga imkon beradi. 
Natijalarni baholash - bu ma’lum bir loyiha doirasidagi risk-menejmenti 
bo’yicha faoliyatlarining yig’indisi. U keng ma’lumotlar to’plami asosida 
o’tkaziladi va risk tahliliga tuzatishlar kiritish, risk-menejmentining alohida 
choralarini qo’llash samaradorligini baholash, riskni boshqarishda barcha qilingan 
xarajatlarni baholash maqsadida o’tkaziladi. Natijalarni baholash orqali olingan 
ko’rsatma va xulosalar keyingi loyihalarni amalga oshirishda qo’llaniladi. 
Yuqorida ko’rib o’tilgan risklarni aniqlash va boshqarish bosqichlari va 
risklarni baholash usullari yordamida risk sababli bo’ladigan yo’qotishlarni 
pasaytirish, ular bilan bog’liq ko’ngilsiz oqibatlarni kamaytirish usullarini taklif 
qilish mumkin. 
Risklarni boshqarishdagi asosiy vazifa - amaldagi bozor kon’yunkturasiga 
mos darajada risklarni minimallashtirish, kreditlash xizmatlari bozorida bank 
pozitsiyasini minimum saqlab qolishdir. Riskni boshqarishdagi asosiy yo’llar 
quyidagilar: risklarni ajratish; riskarni loyiha ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash; 
moddiy ta’minotni olish (garov); moliyaviy ta’minotni olish (kafolat yoki kafillik); 
risklarni kredit bo’yicha yuqori foiz stavkasiga ko’chirish; risklarni venchur 
kreditlashga qabul qilish; qarzlar bo’yicha yo’qotishlarni qoplash uchun fondlarni 
shakllantirish. 
Bular riskni boshqarish bo’yicha quyidagi ish yo’nalishlarini talab qiladi: har 
bir mijoz bo’yicha doimiy monitoringni olib borish; ma’lum bir mijozning asosiy 
xo’jalik faoliyatiga aloqador tarmoq holatining doimiy monitoringini yuritish;
kafolatni jalb qilish va tahlil etish; risk 
uchun 
kompensatsiya 
olish 
(garov, kafolat va boshqalarni amalga oshirish). 
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi risklarga qarab ularni boshqarish 
uslublari tanlanadi. Bunda biz loyiha risklarini korxonalar nuqtai nazaridan 
quyidagicha tavsifladik. 



Yüklə 448,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin