Microsoft Word yuldashev aziz furqatovich doc



Yüklə 448,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/22
tarix17.05.2023
ölçüsü448,3 Kb.
#115028
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Loyihalarni moliyalashtirish

 
 
 
 

Investitsion loyihalarda risklar tahlili

 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
Aniq risk turini kamaytiruvchi yoki oshiruvchi tashqi va ichki omillarni 
aniqlash 


 
 
 

 
 
 
 


Aniqlangan omillar tahlili 
 

 
 
 
 

 
 
 
 

Ikki xil yondoshuvni qo’llash orqali moliyaviy nuqtai
nazardan aniq risk turini baholash 


 

 

 
 
 
 
 

 

 
 
Moliyaviy holatni baholash
(loyiha likvidligi) 
 
Iqtisodiy samaradorligini (maqsadga 
muvofiqligini) aniqlash (loyihaga moliyaviy 
mablag’lar qo’yishning samaradorligi) 
 
 
 
 

 

 
 
 
 
 
 
 


Mumkin bo’lgan risk darajasini belgilash 
 


 
 
 
 

 
 
 
 


Tanlangan risk darajasi bo’yicha alohida operatsiyalar tahlili 
 


 
 
 
 

 
 
 
 


Riskni kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish 


 
4- chizma.Investitsion loyihalarda risklar tahlili 


Risklar tahlilida tashqi omillarga moddiy resurslarga bo’lgan narxning 
tebranishi, iqtisodiy o’sish va kelgusi mahsulotga bo’lgan talabning o’sishi, 
inflyatsiya, bank foiz stavkasining o’zgarishi, texnologiyaning rivojlanishi, siyosiy 
holat, iqtisodiy siyosat, shu jumladan, soliq siyosati, ekologik qonunchilik, tabiiy 
omillar va boshq. Ichki omillarga esa loyihalashtirilayotgan ob’ektning qurilish 
grafigi, joriy va ekspluatatsion xarajatlar, ishlab chiqarish quvvatlarining 
o’zlashtirilishi kabilar kiradi. 
Risklarni baholash deganda risk darajasini sifat va miqdor jihatdan aniqlash
tushuniladi. Risklarni pasaytirish usullari turlicha bo’lib, ular risk turiga va risk 
guruxiga 
qarab 
tanlanadi. 
Birinchi 
bosqichda 
risklar 
tahlili 
loyiha 
tashabbuskorlariga investitsiya kiritish yoki kiritmaslik haqida sodir bo’lishi 
mumkin bo’lgan zararlar xaqida ma’lumot beradi. Ammo risklar loyiha hayotini 
barcha bosqichlarida bo’lganligi sababli risklar tahlili loyiha tugagunga kadar 
davom etadi. 
Umuman olganda, risklarni aniqlash - sifat tahliliga; risklarni baholash - 
miqdor tahliliga taaluqlidir. 
Risk tahlilining miqdor usullari orasida ommabop usullar quyidagilardir: 
statistik usul, statistik tajribalar usuli; maqsadga muvofiq keladigan xarajatlar 
tahlili; ekspert baholash; analitik usullar va boshqalar. 
Risk tahlilining ahamiyati investitsiya loyihasining salohiyatli ishtirokchisiga, 
investorlarga loyihani maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish haqidagi 
qarorlarini qabul qilishi uchun zaruriy ma’lumotlarni berishi bilan izohlanadi. 
Bugungi kun amaliyotida loyiha risklarini tahlil qilishda bir qancha usullardan 
foydalaniladi. Jumladan: 
- ekspert baholash usuli; 
- zararsizlik nuqtasi (sezgirlik) tahlili; 
- qarorlar daraxtini barpo etilishi usuli; 
- Monte-Karlo usuli va boshq. 
1. Ekspert baholash usuli. 
Bu usul riskni tahlil qiluvchi iqtisodchi (ekspert)ning malaka darajasiga 
asoslanadi. Ehtimollik subektiv tarzda aniqlanganida har bir kishi bitta 
hodisasining qiymatini turlicha belgilashi va u haqda turlicha qaror qabul qilishi 
mumkin. Bu usulda bankning faoliyatida o’tkazilgan barcha operatsiyalar bo’yicha 
mavjud statistik malumotlar tahlil qilinishi lozim. Bunda imkoni boricha ko’proq 
yo’qotishlarga olib kelishi mumkin bo’lgan operatsiyalarni tahlil qilish ko’zda 
tutiladi. Bank riski aniqlanganida bankning o’zidagi va bo’lish ehtimoli bo’lgan 
yo’qotishlar va ularning davr oralig’ini aniqlab olmoqlari lozim. Bu oraliqni 
aniqlash ham risk darajasini kamaytirishga yordam beradi. Yo’qotishlar oralig’ini 
quyidagi tenglama bo’yicha aniqlash mumkin: 
Y = YX / S (1) 
bu erda: Y - yo’qotishlar oralig’i darajasi; 
YX - yo’qotishlarga olib keluvchi holatlar soni; 
S – statistik tahlil qilinayotgan holatlarning umumiy soni. 


Bu erda S – bankning faqat yo’qotish, zararlarga olib kelishi mumkin bo’lgan 
operatsiyalarning soni emas, balki barcha operatsiyalarni, jumladan foyda 
keltiruvchi operatsiyalarni ham o’z ichiga oladi. Agar shu qoida inobatga olinmasi, 
bankning oraliq yo’qotishlar darajasi va u bilan bog’liq risk darajasi juda yuqori 
chiqishi mumkin, yani Y – yo’qotishlar oralig’i darajasi 0< Y < 1 oralig’ida bo’lib, 
ushbu “Y” qancha “0” soniga yaqin bo’lsa, risk darajasi shuncha kichik bo’ladi. 
Agar “Y” qanchali “1” soniga yaqin bo’lsa, risk darajasi shunchali yuqori bo’ladi. 
Shuni ta’kidlash mumkinki, bu usul risk darajasini yoki yo’qotishlar bo’lishi 
ehtimolini statistik ma’lumotlarga asoslanib yuqori aniqlikda matematik ifodalab 
beradi. Risk darajasini aniq son jihatdan aniqlab berish uchun barcha 
operatsiyalarning ehtimoliy natijasi va uning oqibatlarini oldindan ko’ra bilish 
lozim. 
Loyiha risklarini ekspert baholash algoritmi quyidagilarni qamrab oladi: 
- loyiha hayotiyligi tsiklidagi fazalarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan risklar 
tarkibini ishlab chiqish; 
- risklarni muhimlik darajasi bo’yicha himoyalash. Bu maqsadda risklarning 
ehtimolligi, ushbu riskning xavflilik darajasi ekspert yo’li bilan aniqlanadi.
Investitsion risklarni ekspert baholash usulining asosiy afzalligi, loyiha tahlili 
jarayonida ekspertlar tajribasini qo’llash imkoniyatining mavjudligi va turli xil 
sifat omillarining ta’sirini hisobga olishda namoyon bo’ladi. Loyiha rahbari (firma) 
ekspert so’rovnomalari ko’rinishida baholash mezonlarini ishlab chiqadi, 
kompyuter yordamida hisoblab chiqadi. Bunday yondashuv investitsiyalarning 
qoplash davri yoki boshlang’ich investitsion harajatlarni qaytish davrini aniqlashga 
mo’ljallangan. Investitsion loyihaga pul mablag’larini qo’yish yuzasidan qaror 
qabul qiluvchi shaxslarga investitsiyalarni qoplash davri bo’yicha zarur 
ma’lumotlarga ega bo’lish kerak va bu loyiha riskini aniqlashga ko’maklashadi. 
2. Zararsizlik nuqtasi (sezgirlik) tahlili. 
Zararsizlik tahlili deganda loyiha bo’yicha ishlab chiqarish jarayonida ishlab 
chiqarish hajmi, mahsulot tannarxi va foydaning bir-biriga bog’liqligini tadqiq 
qilish tushuniladi. Ba’zi hollarda bunday tahlil harajatlar, ishlab chiqarish hajmi va 
foydaning bir-biriga nisbatini tahlil qilish db ham ataladi. Bunda eng asosiy 
maqsad harajatlarni qoplash uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish hajmini 
aniqlashdan iborat va bu holat korxona rahbarlariga va loyiha menejerlariga 
quyidagi omillarning o’zgarishi foydaga ta’sirini aniqlash imkoniyatini beradi: 
- doimiy harajatlar (miqdori ishlab chiqarish hajmiga qarab o’zgarmaydigan 
harajatlar, masalan, qarz foizi, garov puli, ijara haqi, renta to’lovari va boshqalar); 
- o’zgaruvchan xarajatlar (miqdori ishlab chiqarish hajmiga nisbatan to’g’ri 
mutanosiblikda o’zgarib turuvchi harajatlar, masalan, ish haqi, xom ashyo, 
yoqilg’i, yuk tashish harajatlari va boshqalar); 
- sotish hajmi; 
- mahsulot tannarxi; 
- sotilishi ko’zda tutilgan mahsulot assortimenti. 
Harajatlarni qoplash uchun zarur bo’lgan sotish hajmi maxsus nuqtani 
tavsiflaydi, ya’ni u ishlab chiqarish hajmining kritik nuqtasini ifodalaydi. Mana 
shuning uchun ham bunday tahlil zararsizlik nuqtasi db nomlanadi. Bunda korxona 


foyda ham olmaydi, zarar ham ko’rmaydi, ya’ni mahsulot sotishdan tushgan 
tushum mahsulotning to’liq tannarxiga (harajatlarga) barobardir.
Zararsizlikni tahlil etish mahsulotni sotishdan tushgan tushumning sotilgan 
mahsulot ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo’lgandagi, algebraik va grafik yo’l 
bilan topiladigan tenglik nuqtasini aniqlashdan iboratdir. Agar mahsulot sotish 
hajmi ushbu nuqtadan past bo’lsa (mahsulot tannarxidan past bo’lsa), u holda 
korxona ko’rgan zarari uchun chidashga majbur bo’ladi, agarda sotishdan tushgan 
tushum ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo’lsa, bu holat uning o’z faoliyatini 
zararsiz yuritayotganidan dalolat beradi. 
Zararsizlik nuqtasini aniqlash uchun, eng avvalo, sotish hajmi (Q) 
o’zgarishining foydaga (P) ta’sirini aniqlash lozim bo’ladi. Bunday o’zgarishlar 
nisbatini aniqlashdagi elementlar bo’lib, mahsulot birligi narxi (P), mahsulot 
birligidagi o’zgaruvchan xarajatlar (V) va mahsulot birligidagi doimiy harajatlar 
(C). Formula quyidagi ko’rinishga ega: 
P = P*Q – (V*Q + C) 
(2) 
bu erda: Q - sotish hajmi; P – foyda; P - mahsulot birligi narxi;V - mahsulot 
birligidagi o’zgaruvchan xarajatlar; C - mahsulot birligidagi doimiy harajatlar.
Ishlab chiqarishning zararsizlik nuqtasida P = 0 ga teng bo’ladi va bundan 
zararsizlik nuqtasi kelib chiqadi: 
Q = C / P -V 
Shunday qilib, zararsizlik nuqtasini aniqlashda sotish narxi, mahsulot birligiga 
ketgan o’zgaruvchan harajatlar hamda ma’lum vaqt (yil yoki oy) davomidagi 
doimiy harajatlar eng muhim omillardandir. 
Shunday qilib, zararsizlik tahlilidan quyidagi amaliy xulosalarni qilish 
mumkin: 
- yuqori zararsizlik nuqtasi istalmas bo’lib, u firma ishlab chiqarish (mahsulot 
sotish) darajasining o’zgarishiga bog’liq bo’ladi; 
- doimiy xarajatlar qanchalik yuqori bo’lsa, zararsizlik nuqtasi shunchalik 
yuqori bo’ladi; 
- sotiladigan mahsulot birligi bahosi va o’zgaruvchan nisbiy xarajatlar 
o’rtasidagi farq qanchalik katta bo’lsa, zararsizlik nuqtasi shanchalik kichik 
bo’ladi. 
3. Qarorlar daraxtini barpo etilishi usuli. 
Bu usul loyiiha rivojlanishining turli xil variantlari mavjud bo’lganda uning 
eng optimal variantlarini tanlash va tegishli qarorlar qabul qilish, shuningdek, 
loyiha bo’yicha turli xil oraliqlarda qarorlar qabul qilinishi avvalgi qabul qilingan 
qarorlarga bevosita bog’liqligi va uni istiqbolda yanada rivojlantirish holatini 
aniqlab beradi. Bunda riskni tahlil qiluvchi barcha ma’lumotlarga ega bo’lishi 
kerak. 
Qoida tariqasida, loyihani amalga oshirish davomida qilingan harajatlar bir 
martalik moliyaviy qo’yilmalarni amalga oshirishni talab qilmasdan, uzoq muddat 
davomida amalga oshirishni taqozo etadi. Bu holat loyiha menejeriga kapital 
qo’yilmalarni qayta baholash zaruriyatini hamda loyihani amalga oshirishdagi 
o’zgarishlarga tezkorlik bilan munosabat bildirishni talab qiladi. Mablag’larni 


investitsiyalashni amalga oshirish uzoq muddat talab etsa, loyiha bo’yicha risklar, 
ko’p hollarda, qarorlar daraxti usuli yordamida baholanadi. 
“Qarorlar daraxti”ni barpo etish uchun ma’lumotlar to’plashning ketma-ketligi 
quyidagicha: loyiha hayotiyligi tsiklining davomiyligi va tarkibini aniqlash; 
loyihaning istiqboldagi rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy holatlarni aniqlash
asosiy holatlarning sodir bo’lish vaqtini aniqlash; asosiy holatlarning sodir bo’lishi 
natijasida qabul qilinishi mumkin bo’lgan qarorlarni shakllantirish; har bir qabul 
qilingan qarorlarning ehtimolligini aniqlash; loyihani amalga oshirish har bir 
bosqichining qiymatini aniqlash hamda olingan ma’lumotlar asosida “Qarorlar 
daraxti”ni barpo etiladi. 
4. Monte-Karlo usuli. 
O’zbekiston Respublikasida xozirgi davrda Monte-Karlo usulini qo’llash katta 
ahamiyatga ega. Chunki ushbu davr loyihalarni amalga oshirishda noaniqlikni 
yuqori darajasi bilan, bozor iqtisodiyoti qonunlari to’liq amal qilinmasligi bilan va 
mutaxassislarni tahlil natijalari sub’ektiv ekanligi bilan belgilanadi. Monte – Karlo 
usuli - bu loyiha sezgirligini tahlil qilish usuli va stsenariylar usulining 
uyg’unlashtiruvchi usul bo’lib, uni asosi bo’lib ehtimollar nazariyasi xizmat qiladi. 
Agar stsenariylar tahlilida mutahassis 3 xil variantdagi stsenariy tuzsa, Monte–
Karlo usulida bu variantlar soni 500 ta va minglab stsenariylarni tashkil etadi. 
Ba’zi bir (yoki bir nechta) loyiha parametrlarini o’zgartirib tahlilchi ularni uchta 
variantdan ko’rib chiqadi va har bir variantga loyiha natijasini hisoblab chiqadi. 
Ushbu natijalar eg’indisi asosida qaror qabul qilinadi. 
Bu usulni yana immitatsion modellashtirish yoki statistik modellashtirish deb 
ham atashadi. Immitatsiya deganda ushbu loyihani ma’lum parametrlarini va shart-
sharoitlarini o’zgartirib, loyihani turli xil variantalari yaratish, amaliyotdagi 
vaziyatni immitatsiya qilish tushiniladi. Barcha immitatsiyalar natijasi statistik 
usulda son jihatidan hisoblab chiqiladi. Monte-Karlo usuli tashqi omillarni 
o’zgarishini maksimal darajada hisobga olinishini ta’minlaydi. 
Monte–Karlo usulini qo’llashda zamonaviy kompyuter texnologiyalari 
bo’lishi zarur. Ularsiz hisob-kitoblar juda ko’p vaqtni oladilar va mutaxassis bu 
murakkab jarayonda xatolarga yo’l qo’yishi mumkin. Ulardan Risk Master, Risk, 
Crystall Ball va boshqa kompyuter dasturlari tahlilga katta yordam beradi. Ko’p 
xollarda kompyuterlarni o’zi bir nechta parametrlarni o’zgargan miqdorini olib, 
loyihaning tasodif variantlarini ishlab chiqadilar. 
Monte-Karlo usulining asosiy bosqichlari: 
- usul modelini tayyorlash, ya’ni tahlil uchun asos qilib olingan 
ko’rsatkichlarni( NPV, IRR, sof foyda, naxt pul oqimi yoki boshq.) matematik 
ko’rinishini kompyuterga kirgizish lozim; 
- ehtimollarni taqsimlash bosqichi, ya’ni parametrlarni o’zgarish chegaralarini
va ehtimollik qonuniyatlarini aniqlash; 
- korreletsiya shartlarini belgilash -o’zgaruvchan miqdorlarni o’zaro 
bog’lanishini ko’rsatib berish; 
- immitatsiya natijalarini yig’ish;
- natijalarini statistik tahlil qilish.
Har bir loyiha stsenariysi ma’lum ehtimol miqdorini anglatadi. 


Masalan, loyiha bo’yicha kompyuter 500 stsenariy tuzgan bo’lsa, ularning har 
bittasi vujudga kelish ehtimoli 0,2% teng. 
R=100/n 
n- stsenariylar soni; 
r-stsenariy ehtimoli. 
Agar 5000 stsenariy tuzgan bo’lsa, ehtimollik ko’rsatkichi 0.02% teng. 
Agar ushbu 500ta stsenariylar ichida 304tada NPV noldan yuqori bo’lsa, 
60,8% ehtimoli bilan loyiha samarali bo’lishi kutilmoqda va risk 39.8% variantni 
tashkil qiladi.
Bu usulning afzalliklari deb quyidagilar hisoblanadi: bozorni turli 
ko’rinishlari va o’zgarishlarini modellashtirish imkoniyati; modellarni kengaytirish 
imkoniyati va vaqt bilan chegaralanmaganligi(faqat loyiha xayoti davrida emas); 
tashqi omillarni barchasini hisobga olish imkonini beradi. 
Usulni kamchiliklari: hisob-kitoblar serquvvat kompyuter programmalarini 
talab qiladi; tahlilchi ma’lum matematik va statistik bilim va tushunchalarga ega 
bo’lishi lozim; hatolar ehtimoli mavjudligi. 
Ko’p xollarda tahlil natijalari bo’yicha diagramma yoki gistogramma tuziladi. 
Ularda tahlil natijasi yaqqol namoyon bo’ladi. 
Umuman olganda, loyiha risklarini aniqlash, tahlil qilish, baholash va 
pasaytirish tadbirlarida risklarni boshqarish tizimi qonuniyati sifatida quyidagi 
masalalarga e’tibor qaratiladi: loyiha risklarining tasnifi; loyiha risklarini aniqlash 
va baholash usullari; loyiha risklarini boshqarishning axborot ta’minoti; risklarning 
monitoringi va istiqbolini belgilash; risklarning oldini olish; risklarni kamaytirish 
texnologiyalari; risklarni boshqarishni tashkil etish; risklarni taqsimlash; risklarni 
sug’urtalash; risklarni boshqarish xarajatlarining optimal darajasini asoslash va 
samaradorlikni baholash; risklarni moliyalashtirish; natijalarni o’rganish va 
monitoring olib borish; monitoring ma’lumotlari asosida risklarni boshqarishda 
qo’shimcha chora-tadbirlarni qabul qilish. 
Xulosa qilib aytganda, risklar barcha investitsiya loyihalari uchun xos 
hisoblanadi. Riskni bartaraf etish uni loyiha ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash, 
daromad va yo’qotishlar, samaradorlikning pasayishi kabi holatlar bo’yicha risklar 
tahlilini olib borish orqali zaruriy choralar ko’rish bilan amalga oshiriladi. 



Yüklə 448,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin