Microsoft Word yuldashev aziz furqatovich doc



Yüklə 448,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/22
tarix17.05.2023
ölçüsü448,3 Kb.
#115028
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Loyihalarni moliyalashtirish

Mamlakatlar 
risklari 
Ijtimoiy-
siyosiy 
risklar 
Makroiq-
tisody 
risklar 
Mikroiq-
tisodiy 
risklar 
Moliyaviy 
risklar 
Valyuta 
risklari 
Foiz risklari 
Portfel 
risklari 
Tijorat 
risklari 
Boshqa turdagi 
tadbirkorlik 
risklari 
Texnik risklar 
Qurilish-
montaj 
risklari 
Ekspluata-
tsiя risklari 
Investitsion tsiklning 
birinchi 
bosqichining 
tugatilmaslik risklari 


Yuqorida keltirilgan risklarning tasnifi shartli ravishda bo’lib, har bir loyiha 
uchun ahamiyatli risklarni aniqlash nuqtasiga yo’naltirish sifatida qaraladi. Bunday 
risklar aniq holatlarda mutaxassislar va ekspertlar tomonidan tarmoqqa tegishliligi, 
masshtablari, tanlangan texnologiya, loyihani amalga oshirayotgan mamlakat va 
boshqa loyihaning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, investitsiya loyihasini ishlab chiqishda 
mazkur jarayon va loyihani amalga oshirish davrida yuzaga kelishi mumkin 
bo’lgan risklarning har bir turini alohida hisobga olish, o’rganish, aniqlash va tahlil 
qilish, ularni pasaytirish choralarini ishlab chiqish zarur bo’ladiki, bu risklarga 
qarshi kurashishning eng o’rinli, foydali vaqti va samarali usuli hisoblanadi. Bunda 
risklarning o’ziga hos xususiyatlarini ham e’tiborga olish maqsalga muvofiqdir. 
Masalan, ularning alohida turlari bir-birini qoplovchi “umumiy doira”ga ega. 
 
1.3. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda risklarni aniqlash va 
baholashning nazariy-uslubiy asoslari 
Investitsion loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqlik 
masalasini hal etishda risk tahlili asosiy o’rinni egallab, bu asosida loyiha 
yuzasidan mumkin bo’lgan barcha yo’qotishlar o’rganilib, ularning oldini olish 
yoki tegishli vaziyatlarda ularni benuqson hal etish yoki pasaytirish choralari 
ishlab chiqiladi. Riskdan keladigan yo’qotishlarni kamaytirish yoki barham 
toptirish va ular bilan bog’liq salbiy oqibatlarni kamaytirish usullarini taklif etish 
uchun, eng avvalo, risklarning vujudga kelishiga imkon beruvchi omillarni 
aniqlash, ularning ahamiyatini baholash, ya’ni “risk tahlili” deb nomlanuvchi ishni 
bajarish lozim bo’ladi. 
Risk tahlilining maqsadi investorga investitsiya loyihasini amalga oshirishda 
qatnashishning maqsadga muvofiqligi to’g’risidagi qarorlarni qabul qilish va 
mumkin bo’lgan moliyaviy yo’qotishlardan himoyalanish bo’yicha chora-tadbirlar 
ishlab chiqish uchun kerakli ma’lumotlarni taqdim etishdan iborat. Shunga ko’ra, 
risk tahlilini loyihaning barcha ishtirokchilari mustaqil tarzda olib borishlari 
maqsadga muvofiqdir. Risk tahlili investitsion loyihaning barcha ishtirokchilari - 
buyurtmachilar, pudratchilar, bank, sug’urta kompaniyalari, lizing kompaniyalari
mol etkazib beruvchilar tomonidan olib borilishi lozim. U, odatda, bir-birini 
to’ldiruvchi ikki turga:
- risklarning turlari, omillari va doirasini aniqlash maqsadini ko’zlovchi sifat 
tahlili;
- alohida risklar kabi loyihalarning ham hajmini hisoblash imkonini beruvchi 
miqdoriy tahlil. 
Risklarning sifat tahlili - risk omillarni va turlarini aniqlash maqsadiga ega. 
Loyihaviy risklarning sifat tahlilini o’tkazish jarayonida loyiha bo’yicha aniq risk 
turlari aniqlanadi, ularni paydo bo’lish sabalari o’rganiladi, risklarni pasaytirish 
barcha takliflarda loyihani amalga oshirish oqibatlari tahlil qilinadi. Loyiha 
risklarining sifat tahlilida, eng avvalo, loyiha bo’yicha bari risk turlari aniqlanadi, 
ya’ni loyiha riski tarkibidagi texnik risklar, loyiha qatnashchilari riski, siyosiy 
risklar, huquqiy risklar, moliyaviy risklar, marketing risklar, ekologik risklar, 


xarbiy risklar, qurilish-ekspluatatsion risklar va boshqalar. 
Risklarning miqdor tahlili - alohida risklar hajmini miqdor jihatdan aniqlash 
imkonini beradi Loyiha risklarini miqdor jihatdan tahlil qilishda quyidagi usullar 
qo’llaniladi: 
- sezgirlik tahlili 
- stsenariy tahlili
- Monte-Karlo ulushida risklarni imitatsion modellashtirish. 
Loyihaviy risklarning miqdoriy tahlilini o’tkazishda loyihaning hisob-
kitoblariga asoslanadi. 
Miqdoriy tahlilning vazifasi loyiha samaradorligi mezonlariga asosan riskli 
omillarning o’zgarishiga ta’sirini miqdor jihatdan o’lchash. Sezgirlik tahlili usuli 
loyiha risklarini baholashdagi imkon beruvchi eng oddiy usul zararsizlik nuqtasi 
tahlilidir. Zararsizlik tahlili deganda loyiha bo’yicha ishlab chiqarish jarayonida 
ishlab chiqarish hajmi, mahsulot tannarxi va foydaning bir-biriga bog’liqligini 
tadqiq qilish tushuniladi. Loyihaning sezgirligi tahlilini o’tkazishning yana bir 
usuli matematik dasturlashdir. 

Yüklə 448,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin