51
minerallash jarayoni tugagan, suv normal mikroflorasi har xil vakillari bor bo‘lib, 1
ml suvda bir necha yuzdan bir necha minggacha bakteriyalar aniqlanadi.
Vodoprovod (ichimlik ) suvi: 1 mlda mikroblar soni 100 tadan ko‘p emas. 1
litr suvda aniqlanadigan ichak tayoqchalar soni koli-indeks deyilib, normada 3
tadan ortiq emas. Ichak tayoqchalar topilgan suvning eng kam hajmli koli-titr
deyiladi, normada 300 ml gacha.
Er osti suv havzalarida mikroorganizmlar juda kam uchraydi. Tuproq
qatlamlaridan suv filtrlanib o‘tishi oqibatida mikroorganizmlar
shu qatlamlarda
ushlanib qoladi. Artezian quduqlarning 1 ml suvida bir necha mikroorganizm
bo‘lishi mumkin.
Mikroorganizmlarning miqdori va ular faoliyati suvning yuzasi va tagida
turlicha. Suvning tagida, loyqasida chirish va bijg‘ich jarayonlari jadal kechadi.Suv
yuzasida esa mikroorganizmlar yupqa parda hosil qilib joylashadi va ularda faol
fotosintez ro‘y beradi. Suv havzalarining qirg‘oqlarida ko‘plab
tranzit
mikroorganizmlar uchraydi. Bu mikroorganizmlar tarkibida odam uchun patogen,
shartli-patogen bakteriyalar bo‘lishi mumkin.
Suv patogen, shartli-patogen mikroorganizmlarning yashashi va hayot
kechirishi uchun qoniqarli muhit bo‘lmasada, lekin ko‘pchilik mikroorganizmlar
unda ma’lum vaqtgacha yashay oladi, ba’zilari esa, hatto ko‘payadi.
Muayyan sharoitda mikroorganizmlarning suvda
qanchalik uzoq saqlanishi
suvning kimyoviy tarkibi, quyosh radiatsiyasi va suv manbaining turi muhim
ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: