52
Bakterial aerozollar ma’lum biologik xususiyatga ega bo‘lgan kolloid sistemadir.
Bakterial aerozollar tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Tabiiy aerozollar tabiiy
sharoitda disperslanish jarayonida hosil bo‘ladi: suv tomchisi +
bakteriyalar yoki
chang zarrachasi + bakteriyalar. Asosiy disperslaydigan omillar shamol,
suyuqlikni tog‘
jinslariga tegib parchalanishi, mikroblarni so‘lak bo‘laklari bilan
tarqalishi. Sun’iy bakterial suspenziyalar yoki changlarni sun’iy disperslash
natijasida hosil bo‘ladi. Mikrob aerozollarining tarqalish kinetikasida 3
ta faza
ajratiladi:
1.
Yirik-o‘zakli yoki tomchili.
2.
Mayda dispersli yoki tomchi - o‘zakli.
3. Bakterial chang yoki chang fazasi.
Chidamsiz patogen mikroorganizmlar, bemor yaqin turgan masofaga, so‘lak
zarrachalari bilan beriladi - havo-tomchi yo‘li (qizamiq, gripp, ko‘k yo‘tal). Chang
zarrachalari bilan kokklar,
sporalar, chidamliroq mikroorganizmlar (sil, kuydirgi
qo‘zg‘atuvchilari) - havo-tomchi yo‘li bilan beriladi.
Atmosfera havosining mikroorganizmlar bilan ifloslanishi, asosan, tuproqqa
bog‘liq, shuning uchun eng ko‘p uchraydigan
mikroorganizmlar atmosfera
havosining
erga
yaqin
qismida
uchraydi.
Atmosfera
havosidagi
mikroorganizmlarga quyosh nuri, haroratning o‘zgarishi,
shamolning tezligi,
yomg‘ir, qor ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun havo mikroflorasi
o‘ta o‘zgaruvchan bo‘lib, tez-tez almashinib turadi.
Havo uchun sanitar-ko‘rsatkichli mikroorganizmlar
tillarang stafilokokk,
gemolitik streptokokklar hisoblanadi.
Yopiq bino (xona, auditoriya) havosi yozda – mikroblar soni 1500 ta,
streptokokk-16 ta, qishda mikroblar soni 4500 ta, streptokokk-36 ta. Operatsiya
xonasi: operatsiyagacha 500 ta, operatsiyadan keyin esa 1000 ta (mikrob soni 1m
3
havo hajmida), stafilo-streptokokklar yo‘q.
Dostları ilə paylaş: