63
Tetratsiklinlar suyak skleti va tish emalining
shakllanishini buzadi, shuning
uchun homilador ayollar va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga berish mumkin emas.
Levomitsetin va sulfanilamidlar qon ishlab chiqaruvchi organlarga tasir qiladi va
boshqalar.
Antibiotiklarning zaharlashga ta’sirini oldini olish uchun,
bemorga zararli
ta’siri kam preparatlarni ishlatish, organlarining holatini doim kuzatib turish
kerak.
P-guruh asoratlar -
disbiozlar. Keng ta’sir spektriga ega bo‘lgan
antibiotiklardan foydalanganda nafaqat kasallikning qo‘zg‘atuvchilari, balki ushbu
preparatga sezuvchan meyordagi mikroflora xam halok bo‘ladi. Shuningdek,
ikkilamchi endogen infeksiyaning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan bakterial va
zamburug‘li infeksiyalar rivojlanadi. Disbiozning oldini
olish uchun iloji boricha
tor spektrli antibiotiklardan foydalanish kerak; ikkinchidan,
antibakterial
antibiotiklar bilan birga zamburug‘larga qarshi antibiotiklar (nistatin) buyurish
me’yordagi mikroflorani tiklash uchun eubitiklar qo‘llash kerak.
Sh-guruh asoratlar -
antibiotiklarni immunitetga salbiy tasiri bilan bog‘liq
bo‘lgan asoratlar:
1.
Allergik reaksiyalar, taxminan 10% holda kuzatiladi.
Toshma toshish,
qichishish, qizilcha, Kvinke shishi va boshqalar. Kam xolda og‘ir
kechadigan anafilaktik shok allergik reaksiyalarni oldini olish uchun
bemorni shu preparatga
sezuvchanligini xisobga olib, so‘ngra buyurish
kerak.
2.
Immundepressiv ta’sir, masalan, levomitsetin antitelo hosil bo‘lishini
to‘xtatadi, tetratsiklinlar esa fagotsitozni. Yuqoridagilarni hisobga olgan
holda antibiotiklarni buyurish kerak.
Dostları ilə paylaş: