Modul davomida egallanadigan kompetensiyalar (nomi, kodi) ro‘yxati: UK 1.Abstrakt fikr yuritish, hodisalarni tahlil va sintez qilish qobiliyatiga ega bo‘lish;
UK 2.Dunyoqarashni shakllantirish uchun falsafiy bilimlarning asoslaridan foydalanish qobiliyati;
UK 3.Nostandart vaziyatlarda harakat qilish qobiliyati, qabul qilingan qarorlar uchun ijtimoiy va axloqiy javobgarlikni olishga tayyorlik;
UK 4.O‘z-o‘zini rivojlantirishga, anglashga, o‘qishga, ijodiy salohiyatdan foydalanishga tayyorlik;
UK 5. Atamalar haqida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish;
UK 6. Tajribada hayvon preparatlaridan foydalana bilishi va mohiyatini tushuna olish;
UK.7 Tajribalarni bajarishda aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilish;
UKK 1.Kasbiy faoliyatning standart vazifalarini axborot, bibliografik manbalar, biotibbiyot terminologiyasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligining asosiy talablarini hisobga olgan holda hal qilishga tayyorlik;
UKK 2. Professional faoliyatdagi muammolarni hal qilish uchun og‘zaki va yozma ravishda rus va xorijiy tillarda muloqot qilishga tayyorlik;
UKK 3.Kasbiy muammolarni hal qilishda fiziologik qonuniyatlarga asoslangan holda ish ko`rish;
UK – umumiy kompetentsiya
UKK – umumiy kasb kompetentsiya
Modul bo‘yicha talabalar bilimini nazorat qilish va baholash mezonlari Mikrobiologiya bo‘yicha nazorat turlari va baholash mezonlari haqidagi ma’lumot modul bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Talabalarning modul bo‘yicha o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‘tkaziladi:
- joriy nazorat (JN);
- yakuniy nazorat (YAN).
Modulga ajratilgan 5 kreditni joriy nazoratda yig‘adi.
JORIY NAZORAT (JN) Joriy nazoratda talabaning modul mavzulari bo‘yicha bilim, amaliy ko‘nikma va kompetensiyalarni egallash darajasini aniqlash va baholab borish ko‘zda tutiladi. Mikrobiologiya moduli bo‘yicha JN og‘zaki, o‘rgatuvchi-nazorat testlari, tarqatma materiallari bilan ishlash, vaziyatli masalalar, surtma va preparatlar bilan ishlash, uyga berilgan vazifalarni tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin.
Baholashda talabaning bilim darajasi, amaliy mashg‘ulot materiallarini o‘zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta’limning interaktiv usullarida ishtirokining faollik darajasi, shuningdek, amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasi, kompetensiyalarni egallash (ya’ni nazariy, analitik va amaliy yondoshuvlar) hisobga olinadi.
Har bir mashg‘ulotda barcha talabalar baholanishi shart. Maksimal ball 100, o‘tish bali 60 ball.
Joriy nazorat uchun 5 kredit ajratiladi:
modulga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtira olish- 2 kredit
mavzu bo‘yicha beriladigan vaziyatli masalalarni yechishda ijodiy fikrlay olish - 1kredit
olib borilgan amaliy mashg‘ulot yuzasidan xulosa va qaror qabul qilish
- 1 kredit
“Mikrobiologiya” moduli bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lish va mustaqil mushohada yuritish – 1 kredit